1. Tanlangan sport turlarini nazariy va amaliy ahamiyati
Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish asoslari
Download 375.44 Kb.
|
маъруза 6(2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘rgatish metodlari
- So‘z metodi va undan foydalanish
Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish asoslariYengil atletik turlarning texnikasini o‘rgatish va uni takomillashtirish — mashq jarayonining tarkibiy qismidir. Yengil atletika ayrim turlari texnikasini o‘rgatish metodikasining umumiy asoslari quyida bayon etilgan. Ulardan eng muhimlari – o‘rganilayotgan texnika to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishning, to‘g‘ri harakat qilish va to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishni amalda bilishning, bajara olishni baholashning, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishning metodlari va vositalaridir. O‘rgatish metodlariSport texnikasini o‘rgatish uchun, o‘qituvchi uchta asosiy metoddan foydalanadi: so‘z metodi orqali — tushuntirish, ko‘rsatmali metod orqali — ko‘rsatish va amaliy metod orqali — bajartirish. Bu metodlarning asosiy vazifasi o‘rgatilayotgan yengil atletika turi haqida to‘g‘ri harakat tasavvurini hosil qilish, harakatni bilib olishga yordam berish, xatolarni ko‘rsatish va ularni tuzatishdir. Sport texnikasini o‘rgatish metodlarining har qaysisi, o‘zining ijobiy tomonlari borligiga qaramasdan, tez va samarali o‘rgatishni to‘la to‘kis ta’minlay olmaydi. Shuning uchun amalda hamma metodlar ayrim-ayrim ham, bir vaqtning o‘zida birga ham qo‘llanadi. Masalan, o‘qituvchi kerakli harakatni tushuntirayotib, bir vaqtning o‘zida ko‘rsatadi ham, o‘quvchi faoliyatini tuzatayotib, shu bilan birga qanday tuzatish kerakligini aytib ham beradi. Quyida ko‘rsatilgan metodlarni qulayroq bayon qilish uchun, ular alohidaalohida tasvirlangan. So‘z metodi va undan foydalanishSport texnikasini o‘rgatishda so‘zning roli juda katta. Lekin so‘z bilan murakkab faoliyat haqida, harakat tezligi haqida, qancha kuch sarflash haqida, inersiya paytlari va boshqalar haqida tasavvur hosil qilish qiyin. Asosiy rol o‘ynaydigani — amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi tushuntirishlar. Bunda o‘quvchi u yoki bu harakatni bajarishga intiladi, keyin, ko‘rsatma olib, kerakli harakatni qayta bajarishga urinib ko‘radi va hokazo. Ko‘p so‘zli, uzundanuzoq tushuntirishdan qochish kerak. Tushuntirishda ildamlab ketib qolmay o‘rgatishning ayni paytida nima kerak bo‘lsa, shu narsa to‘g‘risida gapirish kerak. O‘rgatish boshlarida qisqa, aniq tushuntirish kerak. Sport texnikasini o‘zlashtira borgan sari tushuntirish tobora ko‘proq detallarni o‘z ichiga olib, yanada chuqurroq bo‘la boradi. Oddiy tushintirish bilan birga, obrazli tushintirish ham qo‘llanadi. Bunda o‘quvchiga tanish bo‘lgan obraz va tasavvurlardan foydalaniladi. Masalan, yugurib kelib balandlikka «oshib o‘tish» usuli bilan sakrashni o‘rgatish paytida, ko‘pgina o‘quvchilar planka ustidan tik holatga o‘tishni bilib olishlari juda qiyin bo‘ladi. Bu qiyinchilikni yengish uchun, mana bunday obrazli tushuntirish qo‘llanadi: «Siz o‘tadigan plankani baland gimnastik stolga sakrab uning ustiga qorin bilan yotib olish kerak, deb faraz qiling». Masalan, yurish va yugurishda, odatda, sanoq yoki kerakli ma’romda bajariladigan boshqa tovush signallari yordamida ma’rom o‘rgatiladi. Texnikani o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida o‘rganilayotgan mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida, eslatish va aytib turish muvaffaqiyatli qo‘llanadi. Sportchiga ma’lum, lekin yaxshi xotirlab qolinmagan yoki bajarish paytida esidan chiqib qolayotgan joylarinigina aytib turish mumkin. Aytib turish vasiylikka aylanib ketmasligi kerak. Ayniqsa musobaqa vaqtida bunga o‘rgatish yaramaydi. Nihoyat, sport texnikasini o‘rgatish natijasini tahlil qilish kerak. O‘qituvchining sportchi bilan suhbati, o‘rgatish natijasini baholashga, o‘quvchining harakat to‘g‘risida tasavvurini amalda bajarishi bilan taqqoslashga, uning texnikani qanday tushunishini tekshirishga, kelgusi mashg‘ulotlar uchun vazifalar belgilashga imkon beradi. Tahlil har mashg‘ulotda o‘rgatish jarayonida va ayniqsa mashg‘ulot oxirida o‘tkaziladi. Download 375.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling