1. Mumtoz ulamo, fuzalo va adiblar dunyoqarashi qanday maf-kuraga tayangan?
Download 23 Kb.
|
3-amaliy. Tasavvuf
Amaliy mashg'ulot 1. Mumtoz ulamo, fuzalo va adiblar dunyoqarashi qanday maf-kuraga tayangan? 2. Jadiddar islomga qarshi edimi yoxud xurofiy shariatning xukmronligigami? 3. Respublikamizning milliy istiqloli mumtoz merosii tadqiqqilinishi uchun qanday imkoniyatlar yaratib 6epdi? 4. Prezident I. A. Karimov asarlarida milliy qadriyatlar va mumtoz ma'naviy merosni o‘rganishga doir qanday g‘oyalar olg‘a surilgan? 5. Mumtoz ma'naviy merosii badiiyat qonuniyatlari asosida o‘rganish uchun nimalarga ahamiyat berish zarur deb uylaysiz? 6. Ma'rifat atamasi qanday ma'nolarga ega? 7. Ma'rifat so‘ziiing o‘zagi va u bilan bog‘liq atamalarni sanang. 8. Ilm va ma'rifat o‘rtasidagi yaqinlik hamda tafovutlarni ko‘rsatib bering. 9. Haqqni o‘rganadilarmi yoxud taniydilar? Bu ikki fe'l ma'nolari o‘rtasidagi tafovut nimadan iborat? 10. Ma'rifiy adabiyot nima? Nega «tasavvuf adabiyoti» bi- rikmasidan faol foydalanish ma'qul emas? 11. Shariat va tarikat o‘rtasida farq bormi? Ular iimalarda namoyon bo‘ladi? 12. Suluk va solikni siz qanday izohlaysiz? Marifat tushunchasi bilish,bilim,ma’lumot,tanish,tanishish manolarini bildiradi.Umuman,uning lug’aviy manosi bilimdir.Atama sifatida esa u ta’biyat,jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar ,ma’lumotlar majmuasini bildiradi .Ma’rfat degani bilimli ,muayyan sohada ma’lumoti bor ,degani bo’lib,insonparvarlik ma’naviyati zaminidagina o’z mohiyatiga ega bo’ladi.Kishilarning bilimini, madaniyati oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiyaga ham ma’rifat deb ham qaraladi.Bu so’z ilm-u urfon ma’nolarida ham ishlatiladi. Ma’rifat –kishilarning ong –bilimini ,madanyatini oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiya ,maorif hamdir.Maorif umumiy va o’rta mahsus ta’lim beruvchi maktab va o’quv yurtlari tarmoqlarini qamrab oladi. Ma’rfat tushunchasi kenroq bo’lib ,blim va ma’naviyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o’zida uyishtirgan.Lekin ma’naviyat bilan ma’rifat,maorif tushichalarini izoxlaganda,ular o’rtasiga “Xitoy devori” ni qo’yib ham bo’lmaydi,ya’ni ular bir-birini to’ldiruvchi,mukammallashtiruvchi tushichalardir. Prezidentmiz I.Karimov “…Ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash,ta’lim va maorifni yuksaltirish,milliy uyg’onish g’oyasini ro’yabga chiqaradigan yangi avlodni voya\ga yetqazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi “ ,deya ta’kidlab, “bizga bitiruvchilar emas ,maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan shahislar kerak “lidini aytgan edi. Ma’rifat tushinchasi bilan bo’liq ma’rifatchilik Garbda XVIII asrda yaxlit oqm sifatida shakillangan bo’lsa, “ma’rifat “ atamasi mashhur nemis atamasi Immanuel Kantning “Ma’rifat nima ?” nomli maqolasidan (1784-yil) so’ng ilm –fanlar uzul-kesil qaror topgandir.G’arbning tarixiy va falsafiy fanida “ma’rifat” deganda inson aql-idroki,kuch va bilimlari tantanasiga cheksiz ishonch anglashilgan. O’rta asr musulmon olami olimlari nuqtayi nazariga ko’ra,kishining odobi ,hulqi unng ma’rifati,bilimdonligi bilan chambarchas bog’yiq bo’lib ,inson qanchalik ma’rifatli bo’lsa ,uning hulqi shunchalik yaxshi va mukammal hisoblangan.Ma’salan,Rohib Isfaxoniyning fikicha,ilim,amal ,adab yuksak mnvonga ,oliy janob nasabga va boylikka tengdir. Madaniyat tushinchasi ham ma’rifat bilan chambarchas bog’liq bo’lib ,u keng va tor ma’noda ishlatiladi . Bazi mutasavviflar «marifat»ni «haqiqatdan» oldin zikr qilishgan. Jumladan, turk mutasavif shoiri Yunus Emro ham: Ahli shariat; Ahli tariqat; Ahli marifat. Ahli haqiqat, deya tasnif qilgan. Naqshbandiy shayxi Mahmud Asad Jo'shon bu tasnifni shunday izohlaydi: «Shariat qavmini boshlang'ich maktab deylik. Tariqat o'rta maktab va lisey. Marifat universitet. Haqiqat esa olimlik, ya`ni hamma ilmni egallab, ixtisosligi bo'yicha eng yuqori pillapoyaga chiqish demakdir» . Shariat, tariqat va haqiqat borasida Turkiston mashoyixlari ham bir qator asarlarida va suhbatlarida fikru mulohazalar bildirishgan. Yassaviya tariqatining asoschisi, Piri Turkiston Ahmad Yassaviy hazratlari «Faqrnoma» risolasida yozadilar: “Hazrati Ali raziyallohu anhu rivoyat qilurlarkim, darvishlik maqomi 40 turur. Agar bilib amal qilsa, darvishlik pok turur va agar bilmasa va o'rganmasa, darvishlik maqomi onga harom turur va johil turur. Va ul qirq maqomdan o'n maqom shariatda turur va o'n maqom tariqatda turur va o'n maqom ma`rifatda turur va o'n maqom haqiqatda turur”, deb ularni birma bir sanab o'tadilar. IX asr boshlariga kelib tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so’fiylarning amaliy, ruhiy-psixologik mashqlari, o’z-o’zini tarbiyalash va chiniqtirish tabdir-usullari shakllandi. TARIQAT, MA’RIFAT, HAQIQAT degan tushunchalar yuzaga kelib, tasavvufning ushbu uch qismiga oid qarashlar majmui tuzildi — tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi. So’fiylar dastlabki paytlar tasavvufni nuqul siru asror, tushuntirib bo’lmaydigan holatlar («iboraga kelmaydigan ishoratlar») deb hisoblagan bo’lsalar, bora-bora bu holatlar haqida fikr-mulohazalar bayon qilina boshlandi, so’fiyni tarbiyalash vazifasi, pir-muridlik qoidalari, odobini yaratish zarurati tug’ildi. Natijada, tariqat va shariat orasidagi munosabatlar, olam, odam va Xudo orasidagi aloqa-muomala mohiyati, tavhid — vahdat masalalari munozalarga sabab bo’ldi. Din arboblari bilan so’fiy shayxlari, ayniqsa falsafiylashgan tasavvuf tarafdorlari jiddiy mafkuraviy tortishuvlargacha bordilar. Tasavvuf butun Islom olamini zabt etib, barcha qadimiy shaharlarda xonaqohlar qurildi, yo’llarda rabotlar, aziz-avliyolarning mazorotida shayxlar maskan tutib, ko’plab shoigrdlarni tarbiyaga oldilar. Solik (arab. — yoʻlchi, yoʻldan yuruvchi) — tasavvufda suluk — tariqatni ixtiyor qilib, uni oʻzlashtirish harakatiga tushgan, lekin hali biror maqom yoki martabaga erishmagan murid. Download 23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling