1. Musiqa akustikasi?


Tovush balandligi va sathi?


Download 1.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/57
Sana10.02.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1184711
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57
Bog'liq
Akustika Yakuniy nazorat savollari

35. Tovush balandligi va sathi? 
Tovush balandligini his etish o‘lchamini birinchi bo‘lib G.Barkgauzen kiritgan. Keyinchalik 
uning taklifi xalqaro ko‘lamda qabul qilindi. Shunga binoan, tovush balandligi sathi kattalik 
o‘lchami sifatida kiritildi. 
Tovush balandligi sathining etaloni sifatida 1000 Gs chastotali sof ton jadalligi olingan. Tovush 
balandligining o‘lchov birligi fon deb ataladi. Fonlarda o‘lchangan 1000 Gs chastotadagi tovush 
balandligi sathi uning desibellardagi jadalligi sathiga teng. Qandaydir tovushning balandlik 
sathini aniqlash uchun 1000 Gs chastotali sof ton olib uning balandligini aniqlanayotgan tovush 
balandligi bilan barobar bo‘lguncha o‘zgartirish yetarli, bunda etalon ton jadalligi son jihatdan 
aniqlanayotgan tovush balandligi sathiga teng bo‘ladi. 
Sub’ektiv statistik usul bilan teng balandlikdagi sof tonlar jadalligining chastotaga bog‘liqligi 
egri chizig‘i aniqlangan. Bu egri chiziqlar tovushning teng balandlik egri chiziqlari deb ataladi 
1.7 - rasm. 
Rasmdan ko‘rinib turibdiki, tovush balandligi oshgan sari teng balandlik egri chiziqlari 
birozgina tekislanadi. 
Masalan, nolinchi sathli tovush balandligi uchun (eshitish bo‘sag‘asida) 100 Gs chastotali ton 
jadalligi 38 dB teng, 500 Gs chastotali ton esa 7 dB teng. 80 fonga teng bo‘lgan tovush 
balandligini olish uchun (1.7 - rasm 80 dB egri chiziq), shu tonlar-ning jadallik sathiga mos 
holda 83 va 80 dB teng bo‘lishi kerak, ya’ni ikkala ton amalda bir xil jadallik sathiga ega bo‘lsa, 
tovush balandligi ham teng bo‘ladi. Demak, yuqori chastotalarda tovush balandligining chastota 
tavsifi bir muncha tekis bo‘lib, fizik va sub’ektiv tavsiflar bir biriga yaqin. Bu holat ikkita 
amaliy tavsiyaga olib keldi. 
Faraz qilaylik, tovush 80 fonga teng bo‘lgan sathda tinglanayapti, biz tembr boshqargichini 
o‘zimizga optimal bo‘lgan eshitish holatiga o‘rnatganmiz. Endi kuchaytirgichni 30 dB 
pasaytiramiz, tovush yangrashi jadalligi ham 30 dB ga pasayadi. Buning natijasida 1000 Gs 
chastota yaqinida joylashgan chastota tarkiblari 50 fonga teng balandlik sathiga ega bo‘ladi, 
100 Gs chastota yaqinida joylashgan chastota tarkiblari balandligi sathi esa, 22 fongacha 
pasayib ketadi, ya’ni ular o‘rta chastota tovushlaridan pastroq yangraydi. 


Past chastotalarning yangrash balandligi o‘rta chastotalarnikidek qolishi uchun tovush uzatish 
traktining past chastotalardagi sezgirligi chastota tavsifini korreksiyalash kerak (100 Gs da 
17÷20 dB ga ko‘tarish kerak). Radio qabulqilgichlarda kuchaytirish koeffitsienti kamaysa past 
chastotalarda ularning kuchayishi avtomatik ravishda korreksiyalanadi. 
Yuqori sathli shovqin balandligini o‘lchaganda shovqin o‘lchovchi asbob (shumomer)ning 
sezgirligi chastotaga bog‘liq bo‘lmasligi kerak, bu tovush balandligini sub’ektiv eshitishga mos 
keladi. Past chastota tovush balandligini o‘lchaganda esa, shovqin o‘lchagichning ko‘rsatkichi 
eshitish a’zoimizning past chastotalardagi sezgirligi o‘rta chastotalardagi sezgirligiga nisbatan 
pastroqligi inobatga olingandagina sub’ektiv bo‘lishi mumkin. Shuning uchun shovqin 
o‘lchagichlarda tovush balandligini past chastotalarda o‘lchaganda kuchaytirish koeffitsienti 
pasaytirilib korreksiya kiritiladi. Masalan, 30 fonlik tovush balandligi o‘lchanayapti, bunda 100 
Gs chastotada 1000 Gs chastotadagiga nisbatan tovush balandligi sathining pasayishi taxminan 
30 dB bo‘lishi kerak 
Tovush balandligi sathi tovushni sub’ektiv eshitishni xarakterlasa ham haqiqiy sub’ektiv 
eshitish masshtabiga mos emas. Masalan, tovush balandligini 40 fondan yuqori diapazonda 10 
fonga oshirish, tovush balandligi sub’ektiv sezgirligini ikki barobar oshishiga teng. Fon, tovush 
balandligining o‘lchov birligi sifatida noqulayligi shundaki masalan, ikkita har xil chastotali 
sinusoidal signallarning tovush balandligini bilgan holda ularni oddiygina qo‘shib ikki tonalli 
signalning tovush balandligini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun tovush balandligi S 
o‘lchov birligi sifatida - son kiritilgan. S=1 son 1000 Gs chastotada qiymati 40 dB bo‘lgan 
sinusoidal tovush bosimiga mos keladi. 

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling