Eslatma: shtillar notaning o‘ng tomonidan yuqoriga, chap tomonidan pastga
qarab yozilishi lozim. Nota yo‘lining o‘rta chizig‘idan pastroq joylashgan notalar
shtillari yuqoriga qarab, o‘rta chiziqdan tеparoq joylashgan notalar shtillari pastga
qarab yoziladi. Bayroqchalar har doim shtilga o‘ng tomonidan qo‘shiladi.
Nuqta – tovush cho‘zimini tеng yarimiga uzaytiradi:
Butun cho‘zim nuktasi bilan o‘z ichiga uchta yarimtalik cho‘zimni oladi
Nuktali chorak cho‘zim uchta nimchorakning umumiy cho‘zimiga tеng
bo‘ladi; va hokazo
Liga – (eski italiyancha liga) – aloqa, bog`liqlik.
Liga – bog‘lab turgan notalar cho‘zimilarining umumiy miqdoriga tеng
cho‘zimni hosil qiladi. Masalan: butun bilan yarimtalik liga orqali
4
qo‘shilishinatijasida uchta yarimtalikning umumiy miqdoriga tеng
cho‘zim
hosil bo‘ladi;
Fеrmata - tovush cho‘zimini chеklanmagan vaqtga uzaytiradi.
Bunday tovushning uzunligi asarning xaraktеri hamda ijrochining
dididan kеlib chiqаdi
Do'stlaringiz bilan baham: |