1 Musiqiy tizim elementlari. Nota yozuvi elementlari. Nota cho‘zimlari va ularni uzaytiruvchi qo‘shimcha belgilar. Kalitlar Nazorat savollari va topshiriqlar
Download 417.86 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Amaliy Musiqiytizimelementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musiqiy tizim
- Asosiy pog‘onalar y еttita
1 1- Musiqiy tizim elementlari. Nota yozuvi elementlari. Nota cho‘zimlari va ularni uzaytiruvchi qo‘shimcha belgilar. Kalitlar Nazorat savollari va topshiriqlar: 1. Nota yozuvi elementlarini ta‗riflab bering. 2. Har xil cho‘zimlardagi nota yozing. 3. Cho‘zim uzaytiruvchi belgilarni qo‘llab nota va pauzalarni yozing. 4. Kalit nima qanday turlari bor 5. Kichik oktava notalarini barcha kalitda yozing Musiqiy tizim balandlik bo‘yicha muayan o‘zaro munosabatlarda bo‘lgan tovushlar qatoridan iborat. Tovushlarning balandligi bo‘yicha yuqorilama yoki pastlama tartibda kеtma-kеt joylashuvi musikiy tizim tovushqatori deyiladi. Tovushqatorning har bir tovushiga esa uning pog‘onasi aytiladi. (Pog‘onaning tartib raqami rim raqami bilan ifodalanadi). Musiqiy tizim tovushqatorining pog‘onalari asosiy va hosila pog‘onalarga ajraladi. Asosiy pog‘onalar yеttita bo‘lib, mustaqil nom va lotincha alifboning harfiga egadir. Asosiy pog‘onalarning nomlari butun tovushqatorning barcha asosiy pog‘onalarini qamrab olish uchun davriy tariqada takrorlanadi. Bunday holat har sakkizinchi tovush asosiy tonning birinchi obertoni bo‘lib chiqishiga bog‘liq. Birinchi oberton balandligi (tebranish tezligi) asosiy ton balandligidan ikki marta yuqori bo‘lib, sadolanishda u bilan uyg‘unlashib ketadi. (Jadvalda asosiy pog‘onalar qatorini Do tovushdan boshlab aytish odatlanganligi sababli unga I raqam berildi). Pog‘onaning nomi do re mi fa sol lya si do re mi fa sol lya si Harfiy bеlgisi C D E F G A H C D E F G A H Raqami I II II IV V VI VII I II II IV V VI VII Bir hil pog‘onalar orasiga oktava deyiladi. Hamma yettita asosiy pog‘onalarni o‘z ichiga oladigan tovushqatorning qismi ham oktava deyiladi. Shunday qilib, butun musiqiy tovushqator yettita to‘liq va ikkita to‘liqsiz oktavadan iborat. To‘liq oktavalar – kontroktava, katta oktava, kichik oktava, birinchi oktava, ikkinchi oktava, uchinchi oktava, turtinchi oktava; to‘liqsiz oktava – subkontroktava (uchta tovushdan iborat) va bеshinchi oktava (bitta tovushdan iborat). Musiqiy tovushqatorning hamma 88 ta tovushi fortеpiano yoki royal klaviaturasi 8 da mujassamlangan. Ular oq (52 ta asosiy pog‘ona) va qora (36 ta hosila pog‘ona) klavishlarga ajratilgan. Download 417.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling