1. Muskullar kuchi umumiy sog’liqni yaxshilashi va sport faoliyatini oshirishi


Download 261.02 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi261.02 Kb.
#1481703
Bog'liq
mustqil ish 1



Reja:


1. Muskullar kuchi umumiy sog’liqni yaxshilashi va sport faoliyatini oshirishi
2.Jismoniy faoliyat sog’liq uchun ta’sri
3.Jismoniy faoliyatning muskullarga ta’sir korsatishi
Muskullar kuchi umumiy sog’liqni yaxshilashga yordam beradi. Sport faoliyatlari muskullarni kuchli qilishga yordam beradi. Muskullar kuchini oshirish uchun, jismoniy mexnat va sport bilan shug’ullanish kerak. Muskullar kuchini oshirishning bir qismi muskul tolalaridagi miofibrillar soniga bogʻliq; yaxshi rivojlangan muskullarda ular koʻp, suyet rivojlanganlarida kam. Yuz va boshning barcha muskullari 2 guruhga: mimika va chaynov muskullariga boʻlinadi
Bolalarda ikkinchi signal tizimi, insonning oliy nerv faoliyatiga xos anglash, abstrakt fikrlash va so’zlash qobiliyatiga ega bo’lishiga olib keladi. Bu tizimning rivojiga tasir etuvchi omillar haqida ko’proq ma’lumot olish uchun ilgari web-saytlardan yordam olishingiz mumkin.
Birinchi signal sistemasining asosiy qonuniyatlari ikkinchi signal sistemasida ham  ro’yobga chiqadi. Birinchi va ikkinchi signal sistemalari bosh miyadagi nerv jarayonlarining shakllari hisoblanadi va turli darajada murakkabligi bilan farq qiladi. Odamning hayot sharoiti yaxshi bo’lganda ikkinchi signal sistemasi ma’lum darajada birinchi signal sistemasini va his- tuyg’u faoliyatini boshqarib turadi. Hayot davomida birinchi va ikkinchi signal sistemasi rivojlanib boradi. Bog’cha yoshidagi bolalarda kechikuvchi shartli reflekslar boshqa refleks-larga nisbatan juda qiyinlik bilan sekin hosil qilinadi. Kechikuvchi shartli reflekslarni tez-tez hosil qilish  mudrash, uyquchanlikka, ba’zan fiziologik uyquga sabab bo’ladi. Ular tez-tez va kuchli hosil qilib turilsa, buning natijasida ayrim hollarda bolalar nerv sistemasida vaqtincha o’zgarishlar paydo bo’ladi. Shartli refleksning kechikishi faqat shartli ta’sirlovchilar tabiati bilan emas, balki bola nerv sistemasining tipi, holati bilan ham belgilanadi. Bolalarda ta’sirlovchilar asta-sekin nozik tabaqalanadi.
1. Birinchi signal sistemasining bevosita shartli reflekslari. Bunda tashqi bevosita ta’sirlovchilar (ko’rish, eshitish, sezgi, hidlash, ta’m bilish) organlarga ta’sir qilib, bola organizmida harakat yoki vegetativ reak-siyalarni paydo qiladi. Ikkinchi signal sistemasi shakllanmaganidan shartli reflekslarda so’z ishtirok etmaydi. Bunday shartli reflekslar bola hayotining birinchi oylarida hosil qilinadi. 2. So’z ta’sirida bevosita shartli reflekslar hosil qilish. Masalan, bolaning tili  chiqishidan ancha oldin atrofidagi odamlarning so’zlariga vegetativ shartli reflekslar yordamida javob qaytaradi. Bunday shartli reflekslar bola 6 oylik bo’lganida, ayniqsa yoshiga to’lganda hosil bo’ladi. 3. Bevosita so’zga shartli reflekslar hosil bo’lishi. Bunday shartli reflekslar kishilar va narsalarning nomlarini va hodisalarni bola ma’lum so’zlar bilan bog’lashga o’rganishi natijasida vujudga keladi. Bola yuqorida aytib o’tilgan ikki guruh shartli reflekslarga uchinchi guruh shartli reflekslarni bog’laydi. 
Bolalarda qiyosiy tormozlanish qiyinlik bilan vujudga keltiriladi, asta-sekin mashq qilib  turish bilan u takomillasha boradi. Masalan, bolada qizil koptokka harakat shartli refleksi hosil qilingan bo’lsa, koptokning rangi yoki hajmi bir oz o’zgartirilganda qiyosiy tormozlanish hosil bo’ladi. Bunday tormozlanish organizmning tashqi muhit ta’sirlariga moslashishiga imkon beradi. O’qituvchi dars berishda taqqoslash, solishtirish va boshqa usullardan foydalanadi. U qo’shishni ayirish bilan, o’lik va tirik tabiatdagi hodisalarni o’zaro solishtirib ko’rish usullaridan foydalanadi.
odam va hayvonlar gavdasi aʼzolari; nerv impulslari taʼsirida qisqarish xususiyatiga ega toʻqima (muskul toʻqimasi)dan tashkil topgan. Silliq, koʻndalangtargʻil va yurak muskullari birgalikda organizmning muskul sistemasini tashkil etadi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Koʻndalangtargil va silliq muskullarga boʻlinadi. Silliq muskul lardan ichki aʼzolar, qon va limfa tomirlari devorining muskul pardalari, shuningdek, teri muskullari hosil boʻladi. Silliq muskullar kishi ixtiyoridan tashqari qisqaradi, shuning uchun ular gʻayriixtiyoriy muskullar deyiladi. Silliq muskul nuqul mezenximadan vujudga keladi. Muskul tolasi uzunasiga ketgan muskul xujayrasidan iborat boʻlib, yupqa elastik pardasi — sarkolemmasi, sitoplazmasi — sarkoplazmasi, koʻp yadrolari va organoidlari bor. Muskul tolasining qisqaruvchi tuzilmasi — uzun ipga oʻxshaydigan miofibrillar tolaning bir uchidan ikkinchi uchigacha davom ladi. Koʻndalan gtargʻil muskullarga skelet muskullari va yurak muskuli (miokard) kiradi.
Koʻndalangtargʻil muskullar toʻqimasi kishining ixtiyoriga boʻysunadi. har qaysi muskul yumaloq yoki yassi pay vositasida bir suyakdan boshlanib, ikkinchisiga yopishadi. Muskul boʻgʻim yaqinida boʻlsa, albatta, shu boʻgʻimdan oʻtib, uning harakatlanishini taʼminlaydi. Muskullar shakliga koʻra uzun, qisqa, yumaloq, yalpoq boʻlib, joylashishiga qarab yuza, chuqur, oraliq guruhlarga boʻlinadi. Bajaradigan vazi-fasiga koʻra qisuvchi, kengaytiruvchi, koʻtaruvchi, tushiruvchi, yozuvchi, boʻquvchi, chaynovchi va h. k. Muskullarga ajratiladi. Uzun yoki duksimon muskulning yoʻgʻonroq qismi qorni, oxirgi pay qismlari boshi vadumi deb ataladi. Baʼzi muskullarning bir emas, balki 2—3 va hatto 4 ta boshi bor (mas, yelkaning ikki boshli, sonning toʻrt boshli muskuli). Muskullarning qoʻshimcha apparatiga fassiyalar, fibrozsuyak kanallari, sinovi-al qin va xaltalar kiradi.

Download 261.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling