-
Binobarin, bu naql ko‘p purhikmat naqldur!
Ajratib ko‘rsatilgan so‘z qaysi so‘z turkumiga oid?
-
modal so‘z
-
taqlid so‘z
-
undov so‘z
-
mustaqil so‘z
-
Yasama ravish qatnashgan qatorni toping.
-
to‘rttalab, yuzlab
-
bittalab, yaxshilab
-
charaqlab, ertalab
-
ertalab, kechalab
-
Qaysi qatorda ikki o‘rinda fe'l yasovchi qo‘shimcha ishtirok etgan?
-
Aqlliga aytdim, angladi - bildi, aqlsizga aytdim, shaqillab kuldi.
-
Qarindoshingni yomonlab, qaydan tuqqan toparsan.
-
Yomon bilan yo‘ldosh bo‘lsang, yomondan burun o‘lasan.
-
Yomonga yo‘liqsang, ''yov keldi'' qilar.
-
Baxtni har kim o‘zicha tushunadi. Kimdirning qorni to‘q, ust-boshi but. Shuni baxt sanaydi. Qorni uchun yashaydiganlar jamiyat uchun ortiqcha odamlardir.
Olmoshning ma'no turini aniqlang.
-
o‘zlik, ko‘rsatish
-
kishilik, ko‘rsatish
-
ko‘rsatish, gumon
-
o‘zlik, belgilash
-
Qaysi qatorda kompozitsiya usulida yasalgan sifat mavjud?
-
Kaltafahm odamdan yaxshi gap chiqmaydi.
-
Boychechakning tovlanib gulbarglari hammani ko‘nglidagi adovatga barham berdi.
-
Quruq gapirgan odamning gapi bemaza qovunga o‘xshaydi.
-
Eshik yonida bir mosh-guruch soqolli kishi turardi.
-
Donoxonga otaning gapi ma'qul kelib, birdan o‘rnidan turdi. Ismlarning munosabat shakllari sonini aniqlang.
-
4 ta
-
6 ta
-
7 ta
-
5 ta
-
Sayyora bor alamini ichiga yutdi. Ma'no ko‘chish usulini belgilang.
-
metonimiya
-
metafora
-
sinekdoxa
-
vazifadoshlik
-
Qaysi qatorda berilgan so‘zlar tarkibida faqat ot yasovchi qo‘shimcha mavjud?
-
suvoqchilik;
-
zargarlik;
-
yog‘ingarchilik;
-
to‘kinlik;
-
bilimdonlik;
-
taroqchi.
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6
B) 1, 2, 5, 6
C) 1, 2, 4, 6
D) 1, 2, 3, 6
-
Qaysi qatorda yasama so‘z berilgan?
-
terak
-
bilak
-
tilak
-
kerak
-
Qaysi qatorda zidlov bog‘lovchilari berilgan?
-
yoki, yoxud, goh
-
ammo, lekin, yo
-
ham, va, biroq
-
ammo, balki, biroq
-
Qaysi qatorda jarangsiz undoshlar ishtirok etmagan yasama so‘z berilgan?
-
gulsiz
-
lolazor
-
xatolik
-
achchiq
-
Zargarov sahrodagi ishlarnining miqyosini tasvirlab berdi. Aniqlovchi qaysi so‘z turkumi bilan ifodalangan?
-
ot
-
sifat
-
fe'l
-
son
-
Qaysi qatorda o‘zlik olmoshi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
-
O‘zining ovozi o‘ziga eshitilganday tuyuldi.
-
Bu ishlarni qilgan o‘zi.
-
Qurvonbibi fotihadan keyin biroz o‘ziga kelgandek bo‘ldi.
-
Rostini aytsam, o‘zim unchalik yomon bola emasman.
-
Qaysi qatorda inkor yuklamasi ishtirok etgan?
-
Bu payt ko‘chada na bir jon, na bir hayvon bo‘lardi.
-
Na uni chaqirding, na o‘zing kelding.
-
Gapimni hech qilmaysan, na unga ko‘nasan, na bunga.
-
Bo‘lgan ishlardan na akaning, na tog‘aning xabari bor edi.
-
Mazkur so‘zlar adabiy ilmlarni, ya'ni til va adabiyot bilan bog‘liq ilmlarni anglatadi.
Yordamchi so‘zni aniqlang.
-
bog‘lovchi, yuklama
-
ko‘makchi, bog‘lovchi
-
yuklama
-
modal so‘z
Do'stlaringiz bilan baham: |