1. Muso al-Xorazmiyning tabiiy fanlar rivojiga qo`shgan hissasi


Download 17.91 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi17.91 Kb.
#184180
Bog'liq
xorazmiy1


Savol va topshiriqlar.

1.Muso al-Xorazmiyning tabiiy fanlar rivojiga qo`shgan hissasi.

2.Muso al-Xorazmiy va ‘’Bayt al-Hikma’’.

3.Abu Abdulloh al-Xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati.

4.’’Mavotih al-ulum’’asari va uning ahamiyati haqida nimalar bilasiz?

Javoblari:

1.Xorazmiy geografik asarining yozilgan yili aniq ma’lum emas. Akademik V. V. Bartold bu asar 836—847 yillar orasida yozilgan-ligini aniklagan.1

Asar 1037 yili ko’chirilgan yagona arabcha nusxasida bizgacha etib kelgan bo’lib, bu nusxa Strasburg universiteti kutubxonasida saq-lanadi.

Kitobda shaharlar, tog`lar, dengizlar, orollar va daryolardagi 2402 ta geografik joyning koordinatlari keltiriladi. Shahar-lar, daryolar, tog`lar, orollar va boshqa ob’ektlar iqlimlar bo’yicha taqsimlangan. Iqlim so’zi aslida yunoncha klima — "og`ish" so’zi-dan kelib chiqqan bo’lib, uni fanga Gipparx (eramizdan oddingi II asr) kiritgan. Gipparx Erning odamlar yashaydigan qismini 12 ta iqlimga ajratgan. Undan so’ng Ptolemey iqlimlarning sonini 8 tagacha kamaytiradi, lekin o’z "Geografiya"sida u iqlimlar nazari-yasiga to’la rioya qilmaydi, chunki geografik joylarni mintaqalar va eparxiyalar bo’yicha taqsimlaydi.

Geografiyani iqlimlar nazariyasiga to’la rioya etgan holda bi-rinchi marta Xorazmiy bayon qiladi. U erning ma’mur, ya’ni in-sonlar yashaydigan obod qismini etti iqlimga ajratadi. Xoraz-miy qadimgi yunon olimi Ptolemeydan farqli o’laroq, mintaqa-lar, mamlakatlar va ulardagi geografik joylarni emas, balki 1-iklimdan to 7-iklimgacha joylashgan joylarni tavsif etadi.

Xorazmiyning geografik risolasi o’rta asrlardagi eng birin-chi geografik asar edi. Shuning uchun uning iqlimlar nazariyasi keyingi davrlarda geografiyaning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Xususan, uning iqlimlar nazariyasi Erning ma’mur qis-mini iqlim mintaqalari bo’yicha o’rganishni osonlashtirdi.

Xorazmiy ham Ptolemey kabi uzunliklarni Kapar orollaridan boshlab hisoblaydi. Xorazmiy ekvatordan janubda 8 shahar, 1-iqlimda 64-shahar, 2-iklimda 54 shahar, 3-iqlimda 59 shahar 4-iqlimda 146 shahar, 5-iqlimda 79 shahar, 6-iqlimda 63 shahar, 7-iqlimda 25 shahar va 7-iqlimdan shimodda 40 shaharning koordinatlarini keltiradi.

Risolaning ikkinchi bobida iqlimlardagi tog`lar tavsiflanadi. Tog`larning boshi va oxirining koordinatlari keltiriladi. Xorazmiy Yaqin va O’rta Sharqdagi hamda Kavkaz va Markaziy Osiyodagi tog`larni ham u erlardagi shaharlar kabi batafsil bayon qiladi.SHunga qaraganda olim u erning geografiyasi bilan shaxsan tanish bo`lgan ko`rinadi.Risolaning uchinchi bobida Xorazmiy dengizlarni,to`rtinchi bobida orollarning qirg`oq chiziqlari va ulardagi nuqtalarni beshinchi bobda esa daryolar va buloqlarni tavsiflaydi.Xorazmiyning bu asari ko`p olimlar tomonidan o`rganilgan.Lekin shu paytgacha to`laravishda tarjima qilinmagan.1983yili olimning 1200yillik yubileyi munosabati bilan bizda bu asarning o`zbekcha tarjimasi Xorazmiyning’’Tanlangan asarlari’ ’tarkibida chop etildi. Xorazmiyning yuqorida keltirilgan asarlari uning fanning qator tarmoqlarining asoschisi bo`lganligini ko`rsatadi.Uning g`oyalari matematika va astranomiyaning oyoqqa turishi varivojlanishiga sabab bo`ldi.Hozirgi davrda uning xizmatlari jahon afkor ommasi tomonidan e`tirof etilgan.Xorazmiy asarlari dunyoning trli ktubxonalarida saklanadi. Xozirda uning nomiga turli mamlakatlarda mukofot va medallar ta’sis etilgan.


2. Ma’lumki, al-Ma’mun 809 yiddan Marvda dastlab xalifa Xo-run ar-Rashidning noibi, so’ng 813 yildan boshlab xalifa bo’ladi va 819 yili Bag`dodga ko’chadi. Al-Ma’mun Marvda bo’lganida Xorazmiyni, muvarounnahrlik va xurosonlik boshqa olimlarni o’z sa-royiga jalb qilgan.

Xalifa al-Ma’mun davrida Bag`dodda Markaziy Osiyo va Xuro-sondan kelgan bir guruh yirik olimlar ijod etgan. Ular orasida Xorazmiy bilan bir qatorda Marvdan Yahyo ibn Abu Mansur, al-Farg`oniy, Habash al-Marvaziy, Xolid ibn Abdumalik al-Marvar-rudiy, Forobdan Abul Abbos al-Javhariy va boshqa olimlar bor edi.

Bag`dodsta al-Ma’mun otasi tomonidan asos solingan ilmiy mar-kaz — "Bayt ul-hikma" faoliyatini har tomonlama takomillashti-rib, unga yirik davlat muassasasi tusini berib, avvaliga tarji-monlik faoliyatini keng ko’lamda rivojlantirdi. Vizantiya, Hindistondan ko’plab kitoblar keltirilib, "Bayt ul-hikma"ning faoliyat doirasi birmuncha kengaytiriladi, uning qoshida ikkita yirik rasadxona: birinchisi 828 yidda Bag`dodning ash-Shammosiya mahallasida, ikkinchisi Damashq yaqinidagi Kasiyun tog`ida 831 yilda barpo etiladi. Ikkala rasadxonaning ham faoliyatini Mar-kaziy Osiyo va Xurosondan kelgan olimlar boshqaradi. Xorazmiy bu ilmiy markazning mudiri sifatida uning faoliyatini kuzatib turadi.

Xorazmiy davrida "Bayt ul-hikma"da ishlagan yirik tarji-monlar orasida Hajjoj ibn Yusuf ibn Matar, Abu Zakariyo Yuhanno ibn al-Bitriq, Hunayn ibn Ishoq va Kusto ibn Luqo al-Ba’al-bakkiylar bor edi. Bag`dodga kelgan Markaziy osiyolik olimlar orasida mashhur astronom Ahmad ibn Kasir al-Farg`oniy (vafoti 816 yil)ning nomini eslatish lozim. Marvlik Yahyo ibn Abu Man-sur Bag`dodning ash-Shammosiya mahallasidagi rasadxonaning asos-chisi va rahbari bo’ldi. Rasadxonadagi ishlar haqida u "Bayt ul-hikma"ning mudiri Xorazmiyga hisobot berib turardi. Yahyo 831 yili vafot etganidan so’ng Xorazmiy bu rasadxonani ham boshqa-radi va u erdagi kuzatishlarda faol qatnashadi. Yahyoning qalamiga mansub "Zij al-mumtahan" ("Sinalgan zij") nomli astronomik asari ma’lum. Damashq yaqinida Kasiyun tog`idagi rasadxonani Xo-lid ibn Abdumalik al-Marvarrudiy boshqaradi. U ham o’z "Zij"i-ni tuzadi. Xolid Er meridianining uzunligini o’lchash ishlariga boshchilik qiladi.

3.Milodning IX—XI asrlari Markaziy Osiyoda ilm-fan yuksak taraqqiy etgan va buyuk allomalar davri edi. O’sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiy bo’lgan.

Bu olim haqida saqlanib qolgan ma’lumotlar juda kam. Olimning to’liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o’tgan. Bu shaharlarda u tug`ilgan, voyaga etgan, yashagan, ta’lim olgan. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi vazir Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo’lib xizmat qilgan davrida cho’qqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u "al-kitob al-Xorazmiy" nomi bilan ham tanilgan. O’z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko’pgina allomalar bilan hamsuhbat bo’lgan. Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqini qo’lga kiritgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.

Olimning dunyoqarashi o’sha davrda keng tarqalgan qadimgi yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta’siri ostida shakllandi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha etib kelgan, ko’pchilik asarlari singari o’sha davrning ilm tili — arab tilida bitilgan, yagona ma’lum asari — "Mafotih al-ulum" ("Ilmlar kalitlari")-dir. "Mafotih al-ulum"ning qo’lyozma nusxalari juda ko’p emas. Yakin-yaqingacha uning to’rt nusxasi bor deb hisoblanib kelinar edi. Ana shu to’rt nusxadan;uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida 7528, 23429 va 2524 raqamlari hamda Berlin kutubxonasida 1051 raqami ostida saqlanadi.. Amriqolik olim K. Bosvort asrimizning 60-yillari-da ushbu asarning yana olti nusxasini Turkiya kutubxonalarida bor-ligini aniqladi. Barcha olti nusxa Istambul shahridagi kutubxonalardadir.

Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o’rta asrlardagi fanlar rivojlanishi tarixiga oid kamyob manba sifatida ko’pgana olim-larning diqqat-e’tiborini o’ziga jalb etdi. Birinchi bo’lib bu manbani o’rgangan va 1895 yilda nashr qilgan olim — gollandiya-lik sharqshunos Van Flotendir. Shuningdek, I. Yu. Krachkovskiy, V. V. Bartold, K. Brokelman, E. Videman, G. Sarton, M. M. Xayrullaev, U. I. Karimov, G. P. Matvievskaya, H. Hasanov, A. Sharipovlar ham asarning turli tomonlarini tadqiq qilganlar.

4. Mafotih al-ulum" o’ziga xos qomusiy asar bo’lib, o’sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o’z ichiga qamrab olgan. Muallif o’rta asrlardagi har bir ilm mazmunini sharhlash yo’li orqali tushuntirib beradi.

Olim ilmlarni ikkiga bo’lib, ularga "arab — shar’iy" va "arab bo’lmagan"larga ajratadi. Bu hol olim o’z davrining namoyandalari singari ilmlar tasnifida ularni ikki kismga bo’lish an’anasiga sodiq qolganligini ko’rsatadi.

Uning birinchi an’naviy "arab" ilmlari qismi o’n bir bobdan iborat fiqh, etti bobdan iborat kalom, o’n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, besh bobdan iborat she’r va aruz hamda to’qkiz bobdan iborat tarihdan tashkil topgandir. Ikkinchi qismiga esa "arab bo’lmagan" quyida-gi ilmlar kiritilgan: ular — uch bobdan iborat falsafa, to’qkiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, besh bobdan ibo-rat arifmetika, to’rt bobdan iborat handasa, shuningdek, to’rt bob-dan iborat ilm an-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mexanika va uch bobdan iborat kimyodir.

Shunday qilib, asar ikki qismdan iborat bo’lib, unda o’n besh ilm to’qson uch bobda bayon etilgan.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy ilmlar tasnifining shakli quyida-gicha:

I. Shariat va u bilan bog`liq "arab" ilmlari.

Fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi.

Kalom, ya’ni din asoslari.

Grammatika.

Ish yurgizish.

She’riyat va aruz.

Tarix.

II. "Arab bo’lmagan" ilmlar (yunon va boshqa xalqlar). 1. Nazariy falsafa:



a) tabiiy ilmlar — tibbiyot (tib, samoviy hodisalar — meteo-
rologiya, mineralogiya, alkimiyo, mexanika) — quyi;

b) riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, mu-


siqa) — o’rtanchi;

v) ilohiy, ya’ni metafizika — oliy ilm;

g) mantiq.

2. Amaliy falsafa:

a) axloq — etika (odamni boshqarish);

b) uyshunoslik (uyni boshqarish);



v) siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).

"Mafotih al-ulum"da ilmlar tasnifi har bir fanning pred-metini aniqlash hamda ularning asosiy atamalarini qisqa va aniq bayon etish bilan birgaliqda olib boriladi. Bu erda, biz zikr et-ganimizdek, Abu Abdulloh al-Xorazmiy o’z tasnifida o’sha davr an’anasi, ya’ni ilmlarni ikkiga bo’lishni qo’llab-quvvatlab, shar’iy va falsafiy ilmlarga ajratadi.
Download 17.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling