MUSOBOQADA QATNASHISH TALABLARI
1. Musobaqa qatnashchilaridan quyidagilar talab qilinadi:
- Shaxsini va yoshini bildiruvchi xujjat, oldingi darsda zikr etilgan maxsus liboslar, kurashchining maxorat darajasini aniqlovchi guvoxnoma (razryad);
- Qaysi jamoaga mansubligi haqida muxrlangan guvoxnoma, shifokor ruxsati haqida ma’lumot.
Yuqorida ko’rsatilgan hamma xujjatlar musobaqadan oldin mandat komissiyasida ko’rilib, bosh shifokor va komissiya a’zolari tomonidan tasdiqdanadi. Yuqoridagi shartlar va talablarning bajarilishi uchun jamoa raxbarlari javobgardirlar.
2. Bosh hakam ruxsati bilan yosh kurashchilar (16-17 yoshli) katta yoshdagi polvonlar orasidagi musobaqrlarda ham qatnashishi mumkin.
3. Musobaqada bir vaznda kurashgan polvonlar ikkinchi vaznda qatnashishi man etiladi, lekin ular mutloq vaznda (bosh hakam ruxsati bilan) kurashishlari mumkin.
MUSOBOQA O’TKAZISH TARTIBI VA OLISHUV NATIJALARI.
Musobaqalar olimpiya tizimi bo’yicha o’tkaziladi; zarur bo’lgan xolatda XKA ruxsati bilan nizomga o’zgartirish kiritish mumkin;
xamma polvonlar orasida kuchlilarni hisobga olib ikki (A va B) guruhga bo’linadi;
polvonning tartib raqami qur’a tashlash yuli bilan belgilanadi va musobaqa tugagunga qadar saqlanib qoladi;
juft raqamli polvonlar A guruhiga, toq raqamli polvonlar B guruhita yoziladilar;
g’olib chiqqan polvon keyingi davra musobaqalariga qo’yiladi;
A va B guruh g’oliblari finalga chiqadilar va 1 — 2- o’rinlar uchun kurashadilar. Finalga chiqqan kurashchilarga boy bergan kurashchilar 3- o’rinni egallaydilar.
KURASH SPORTIDA KELTIRISH TUSHUNCHASI BOR. YANIY KURASHCHILAR SONI HAR BIR GURUXDA BIRINCHI DAVRADAN SO’HG QUYIDAGI SONLARGA KELTIRILISHI SHART
4 8 16 32 64 va hokozolar
A
B
KELTIRISHLAR A GURUXDA PASTDAN YUQORIGA
Do'stlaringiz bilan baham: |