1-mustaqil ish mavzu


IP tarmoqlarda multimediyali trafik xususiyatlarini tahlil qilish


Download 41.28 Kb.
bet3/6
Sana26.01.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1125413
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Multimedia aloqa ASH

IP tarmoqlarda multimediyali trafik xususiyatlarini tahlil qilish.
Hozirgi kunda Internetning barcha tarmoq trafigini ikki sinfga ajratish mumkin – TCP protokoli asosida boshqariladigan trafik va UDP protokoli asosida boshqariladigan trafik. Oxirgi 5 – 7 yil davomida TCP va UDP trafiklarining proporsiyasi juda keng o’zgardi. Taxminan trafikning 90% TCP ulanishi orqali uzatiladi. TCP trafigining o’sishiga ta‘sir etuvchi ilovalar juda tez rivojlanmoqda, birinchi navbatda turli Web ilovalar va bir darajali tarmoqlararo ulanishlar tufayli. Xuddi shu vaqtda VoIP, IPTV va boshqa taniqli yangi ilovalarni o’sishiga bog’liq holda UDP trafigining taxminiy hajmi taxminan 90% ni tashkil etadi. Biroq yaqin yillarda bu trafik sinfining amaliy o’sishini kutish kuzatiladi.
Multimedia texnologiyalari Multimediali texnologiya (multi – ko’p, media – muhit) bir vaqtning o’zida ma’lu-mot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animasiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. So’nggi yillar davomida ko’plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o’rgatuvchi dasturlar, kompyuter taqdimotlari va boshqalar. Kompyuter taqdimotlari (Kompyuter vositasida tayyorlangan taqdimotlar). Ma’ruza, doklad yoki boshqa chiqishlarda odatda ko’rgazmali namoyish etish vositasi sifatida plakatlar, qo’llanma, laboratoriya tajribalaridan foydalaniladi. Bu maqsadda diaproyektorlar, kodoskoplar, grafik tasvirlarni ekranda namoyish etuvchi slaydlardan foydalaniladi. Kompyuter va multimediali proyektorning paydo bo’lishi ma’ruzachi nutqini ovoz, video va animasiya jo’rligida sifatli tashkil etishning barcha zaruriy jihatlarini o’zida mujassam qilgan ko’rgazmali materiallarni taqdimot sifatida tayyorlash va namoyish etishga imkon berdi. Endi bir savol tug’iladi- taqdimot nima uchun samarali? Biz bunga quyidagicha javob beramiz. So’nggi o’n yillik dunyoda kompyuter revolyutsiyasi davri bo’ldi. Kompyuterlar asosli ravishda hayotimizga kirib keldi. Insoniyat faoliyatining aksariyat jabhalarini kompyutersiz tasavvur qilish qiyin.
Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animasiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. Videodan farqli ravishda multimediali texnologiyalar axborotlarni boshqarishga imkon beradi, ya’ni interfaol bo’lishi mumkin. Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan-to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi.
Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animasiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. Multimediali vositalarni tasniflashda bir nechta yondashuvlar mavjud. Ko’p hollarda ular funksional yoki uslubiy maqsadi (vazifalari) bo’yicha tasniflanadi. 1.Multimediali o’quv vositalarini funksional maqsadlari bo’yicha tasniflash Ta’lim beruvchi o’quv axborotini taqdim etadi va o’quvchi egallagan bilimi, · imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta’lim olishini yo’naltiradi; Tashxis vositalari o’quvchining ongi va tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun mo’ljallangan; Jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun mo’ljallangan; Fanga yo’naltirilgan, modellashtirish uchun mo’ljallangan; Boshqaruv vositalari, ishni bajarish jarayonida o’quvchilar faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan; Ma’muriy vositalari, ta’lim jarayonini tashkil etish, hujjat tayyorlash va almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan; O’yin vositalari, turli xil o’yin va o’yinli o’quv faoliyatlarini ta’minlaydi.

Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling