1-mustaqil ish mavzu


Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi


Download 41.28 Kb.
bet5/6
Sana26.01.2023
Hajmi41.28 Kb.
#1125413
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Multimedia aloqa ASH

Multimedia-texnologiyalarining asosiy maksadi – tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan ta’minlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir.
Gipermatn, bu matnli ma’lumotlar bilan ishlash tizimi. Gipermedia tizimi - bu grafika, tovush, video va animatsiya bilan birgalikda ishlash tizimi deb xisoblanadi. Gipermatn va gipermedia tizimlarining birgalikdagi rivojlanishi multimedia yo‘nalishini kelib chiqishiga olib keldi.
Multimedia sinflari.
Multimediani uzatish nuqtai nazaridan, real vaqtda uzatiladigan (Real-Time – RT) yoki real vaqtda uzatilmaydigan (Non Real-Time – NRT) sinflarga bo‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi multimedia (RT), paketlarni kechikishiga chegarani talab etadi, xuddi shu vaqtda multimedianing ikkinchi turi (masalan matn va tasvir) bunday chegaralanishni talab etmaydi lekin ularni uzatishda xatoliklar paydo bo‘lmasligi uchun qattiq chegaralanishga ega.
Multimediali ma’lumotlarni uzatishda xatoliklarni nazorat qilish uchun ikkita asosiy yondashuv mavjud.
Birinchisi, yo‘qolgan yoki shikastlangan paketlarni uzatishda avtomatik takrorlash (Automatic Retransmission reQuest – ARQ). Bu yondashish transport satxidagi TCP (Transport Control Protocol) protokolida TCP/IP protokoli stekida qo‘llaniladi.
NRT-axborotini xatolarsiz uzatishni talab qiluvchi ilova, odatda aynan shu protokolni talab etadi.
Ikkinchi yondashishda (Forward Error Correction – FEC), paketlarni qayta uzatmasdan xatoliklarni aniqlash va to‘g‘rilash imkonini beruvchi ortiqcha axborot uzatiladi. Bunday yondashuv transport satxining boshqa protokolida UDP (User Datagram Protocol), TCP/IP protokolining shu stekida qo‘llaniladi. Multimediali ma’lumotlarni almashlovchi, xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi (RT kabi NRTda ham) ilova, odatda paketlarni uzatishda vaqtni yo‘qotishdan xoli bo‘lish uchun UDPni qo‘llaydi.
RT, diskret (Discrete media – DM) va uzluksiz (Continuous media – CM) multimediaga bo‘linadi. Bu asosan ma’lumotlar diskret yoki uzduksiz oqimda uzatilishiga bog‘liq. O‘z navbaida SM xatoliklarga yo‘l qo‘yuvchi va xatoliklarga yo‘l qo‘ymaydigan turlaga bo‘linishi mumkin.



Download 41.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling