1-mustaqil ish. Mavzu: Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1119904
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mustaqil



Muhammad al-Xorazmiy nomidagi 
Toshkent axborot 
texnologiyalari universiteti Samarqand filiali 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Fan : Ijodiy ta’lim.
Tayyorladi : Qurbonov M. (401-AKTKT g.) 
Tekshirdi : Xoliyarova F. 
 
 
Samarqand-2022 


1-mustaqil ish. 
Mavzu: Xorijiy davlatlar ta’lim tizimida kreativ ta’limning o’rni. 
Reja: 
1. Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim— tarbiya, maktab va maorif taraqqiyotining 
asosiy yo’nalishlari. 
2. AQShda ta’lim tizimining tuzili va o’ziga xos xususiyatlari. 
3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustakil. O’zbekiston Respublikasi ta’lim 
tizimidagi o’zaro uygunlik masalalari. 
4. Mustaqil O’zbekistonda ta‘limning uzluksizligi va izchilligi. 
Jaxonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta’lim-tarbiya ishlarining 
yo’lga qo’yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o’rganish orqali biz
mustaqil respublikamiz milliy ta’lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta’lim
tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o’z dolzarbligini yo’qotib borayotgan 
faoliyat shakllari va usullaridan tezroq xalos bo’lish, uni munosib tarzda yangilashda 
qo’shimcha boy manbalarga ham ega bo’lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta’limida davlat 
va jamiyat talabi va manfaatlari aks etib turishi kerak. 
Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli 
faoliyat ko’rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-
hunarga yo’naltirish hamda o’rta ta’limning ko’p variantli uchinchi bosqichini joriy 
etish, ta’lim-tarbiya berishda eng ilғor pedagogik vositalarni qo’llash, ta’limda 
tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo’l ochish, uning eng maqbul tizimlarini yaratish 
kabi chet el tajribalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda keng 
ko’lamdagi islohotlarni o’z boshidan kechirayotgan bizning ta’limimiz uchun bu katta 
ahamiyatga ega. 
Keyingi yillarda chet el ta’limi bo’yicha ko’pgina makolalar, broshyuralar, 
qo’llanmalar chop etildi, unga bag‘ishlab seminarlar, anjumanlar, o’quvlar, 
uchrashuvlar o’tkazildi. 
Bu bizning ta’lim tizimlarimizda, chet ellarda o’quv tarbiya ishlarining qo’yilishiga 
etibor va qiziqishning tez sur’atlar bilan o’sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta’limi 
tizimlarida chet el ta’limini o’rganish bilan shug‘ullanuvchi muassasalar ham tashkil 
topmoqda. Xalq ta’limi vazirligidan tashqari bu masala bilan Respublika o’quv-
metodika markazida, pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tarkibida maxsus 


bo’limlar faoliyat ko’rsatmoqda, malaka oshirish markaziy institutida bir qator 
kafedralar ish bilan shuғullanmoqdalar. 
Chet el ta’limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif kilishda BMTning 
O’zbekistondagi 
vakolatxonasi, 
elchixonalar, 
AQShning 
Tinchlik 
Korpusi 
mutaxassislari, Germaniya xalkaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer 
jamғarmasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, «Silm A. 
Sh.» firmasi, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko’plab tashkilotlar 
yaqindan yordam bermokdalar. 
Darhaqiqat rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning, mamlakat ichki siyosatiga faol 
ta’sir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e’tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham 
chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan mablaғ 
miqdori yildan-yilga oshib bormoqda. 
Yaponlarda, masalan, «maktab muvaffaqqiyat va farovonlik timsoli»gina bo’lib 
qolmay, «u insonlarni yaxshilaydi», degan fikr ishonch va e’tiqodga aylangan. 
Ta’lim to’q’risidagi g‘amxo’rlik taniqli siyosatchilarning ham hamisha diqqat 
e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun ham AQShning sobiq Prezidenti R. Reyganni, Buyuk 
Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Fransiya Prezidenti F. Mitteranlarni maktab 
islohotining tashabbuskorlari deb, bejiz aytishmaydi. F.Mitteran maktabni «Jamiyatni 
harakatlantiruvchi kuch» deb hisoblagan. 
Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko’p sonli 
ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, 
AQSh, Yaponiya ta’lim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy 
tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shuғullanmoqdalar. Ular 
faoliyatini esa xalqaro ta’lim markazlari, masalan, AQShda xalqaro ta’lim instituti 
muvofiqlashtirib bormoqda. Ko’pchiligining faoliyati o’quv dasturini takomillashtirish 
va qayta qurishga qaratilgan. 
80 - yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham AKShdagi singari o’rganilishi majburiy 
bo’lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar 
o’quv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo’ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish 
o’quvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. 
«Yangi dunyo»ning pedagogik ғoyalari Fransiya va Germaniya ta’limiga ham 
sezilarli ta’sir etayotir. 


Germaniya to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab 
olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv Dasturlari ham amalga 
oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora tuliqsiz o’rta maktab doirasidan chiqib, o’rta 
maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmokda. 
Fransiya boshlanғich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda 
matematikadan iborat asosiy, tarix, geografn, aholishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat, 
ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo’linadi. 
Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika ta’limi yo’lidan 
bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o’quv dasturida bir qator farqlar 
ko’zga tashlanadi. Yaponiyada o’quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy 
fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. 
Masalan, umumiy ta’lim maktablarining yangi musiqa ta’limi o’quv dasturiga milliy va 
jahon mumtoz musiqasini o’rganish ham kiritilgan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80-yillarda tabiiy ilmiy 
ta’lim dasturi tarkibiga fizika, ximiya, biologiya, ba’zi hollarda astranomiya, geologaya, 
mineralogiya, fiziologiya» ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, 
Buok Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o’qitiladi. O’quv predmetlarini 
integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo’la boshladi. Fransiyada 70-
80-yillarda to’liqsiz o’rta maktablar o’quv dasguridagi tabiiy-ilmiy va gumanitar 
turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi. 
Hozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o’quv dasturiga integratsiyalashtirilgan 
kurslarni kiritish to’la amalga oshirishdi. Fransiya maktablarida ularga 6-10 foiz, Buyuk 
Britaniya maktablarida q foiz o’quv soatlari ajratildi. 
Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim ishini tabaqalashtirish 
muammolarini keltirib chiqardi. 
Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta’limni tabaqalashtirish eng dolzarb 
masalaga aylangan. O’quvchilarni tabaqalashtirib o’qitish xorijiy mamlakatlarda 
asosan boshlanғich ta’lim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz 
pedagoglari ta’lim jarayonida sinf o’quvchilarini uch tabaqaga ajratib o’qitishnn afzal 
ko’radilar. Bular quyidagilar : 
1. Gomogenlar — matematika va gumanitar yo’nalishda ish olib borsa bo’ladigan 
o’quvchilar. 


2. Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o’zlashtira olishga moyil 
o’quvchilar. 
3. Gegeron — barcha predmetlarni xar xil saviyada o’zlashtiradigan o’quvchilar va 
hokazo. 
Tabaqalashtirish jarayoninig yangi muhim yo’nalishi to’ldiruvchi ta’limni 
rivojlantirish bo’lib qolmokda. 
To’ldiruvchi maktablar paydo bo’lishining sababi, AQSh va Ғarbiy Yevropada 
o’zlashtirmovchi hamda ulgurmovchi o’quvchilarning ko’payib borayotganligi
funksional savodsizlik avj olayotganligidir. 
80 - yillarda AQSh o’quvchilarinig 50 - yillarga nisbatan reyting ko’rsatkichi 973 dan 
893 ga tushdi. Fransiyada har uch litseychidan biri bu salbiy holatni bartaraf etish 
to’ldiruvchi ta’lim zimmasiga tushadi. 
To’ldiruvchi ta’lim maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab va litseylarda 
amalga oshirilmoqda. AQSh da bu xizmatga ommaviy axborot vositalarinig 
imkoniyatlari ham safarbar etilgan, Milliy telekompaniya maxsus o’quv kanali orqali 
130 soatlik o’quv ko’rsatuvlari tashkil etildi. 
O’quv jarayonlarini tabaqalashtirib olib borish bo’yicha chet
mamlakatlarining ko’pchiliida tadqiqotlar davom ettirilmoqda. 
Rivojlangan davlatlarda iqtidorli bolalarga e’tibor tobora ortib bormoqda. 
Keyingi davrlarda o’z tengdoshlariga nisbatan qobiliyatda bir necha barobor 
ilgarilab ketgan bolalar ko’plab topilmokda. Ular o’quvni juda erta boshlab ta’lim 
kurslarini o’zlashtirishda katta shov - shuvlarga sabab bo’ladigan darajada 
muvaffaqiyatlarga erishadilar. 
Shunday iqtidorlar maktabi Ғarbda 60 - yillardayoq paydo bo’lgan edi. Bunday
maktablarning o’quv dasturlari bolalar qobiliyati va imkoniyatini to’la ro’yobga
chiqarishni ta’minlab berish darajasida murakkab tuzilgan. 
Qobiliyatli bolalar bilan ishlash dasturlari AQShda keng quloch yoygan. Ayrim 
shaharlarda oliy toifali bolalar boғchalari ochilgan bo’lib, ularda 4-5 yoshli o’quvchilar 
maktab dasturida o’qitiladilar. AQShda «Merit» dasturi asosida har yil yuqori sinflar 
va kolleljlardan eng qobiliyatli bolalardan 600 mingtasi tanlab olinadi. Ular o’rtasida 
test sinovlari o’tkazilib eng qobiliyatli 35 ming o’quvchi tanlab olinadi va o’qitiladi. 


Ularga turli imtiyozlar, stipendiyalar, yaxshi shart - sharoitga ega bo’lgan turarjoy, eng 
oliy darajadagi universitetlarga qabul va boshqalar amalga oshiriladi. 
Lekin iqtidorli bolalarga qarama - qarshi qutbda turgan aqli zaif o’quvchilarning 
taqdiri ham chet ellik hamkasblarni tobora tashvishlantirmoqda, bunday holni kelib 
chiqish sabablarini o’rganish, oldini olish bo’yicha ko’pgina profilaktik ishlar olib 
borilmoqda va ular uchun maxsus maktablar ochilmoqda. Lekin statistik ma’lumotlar 
bunday bolalar soni tobora oshib borayotganligini ko’rsatayotir. 
70 - yillarda AQSh da kelajak maktabi umummilliy loyihasini amalga oshirishga 
kirishildi. Bu eksperiment mazmuni o’qituvchi buyrug‘i bilan ish tutish, ko’proq 
o’quvchilarga mustaqil ishlash imkoniyatini berishdan iborat. Ta’lim tarkibi sinfda 
ishlash, mustaqil mashg‘ulot, o’qituvchi konsultatsiyasini o’z ichiga oladi. 
Germaniya maktablarida sinfda o’quvchilar sonini qisqartirish sari yo’l tutilgan. 
Bunday o’quvchilarni - har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. 
Toshiriqlarni o’quvchi mustaqil bajaradi, lozim bo’lganda u o’qituvchidan 
konsultatsiya oladi. 
Yuqorida bayon qilinganlardan ko’zda tutilgan maqsadlari : 
- maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo’nalishlarini kuchaytirish. 
- o’quvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo’llarini qidirib topish. 
- tarbiyaning yangi formalarida - o’quvchilar kengashi, maktab 
kengashlaridan, tarbiyaviy o’yinlardan foydalanish. 
- Maktab o’quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o’zaro aloqasini 
mustahkamlash, takomillashtirish. 
- Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo’naltirish 
ishlarini kayta tashkil etish. 
- Tabaqalashtirib o’qitishni yo’lga qo’yish, maxsus o’quv muassasalarini
(ham, talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif o’quvchilar uchun) rivojlantirish. 
- Yangi, ya’ni o’quv texnik vositalarini ta’limdagi salmoqni oshirish, 
o’qituvchilar korpusida kompyuter ta’limini yo’lga qo’yish. 
- Pedagogik ғoyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment — 
tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir. 


Chet el ta’limidagi bunday ibratli jihatlarni Vatanimiz ta’lim tizimlarida qo’llash 
yosh, mustaqil Resublikamizda o’quv — tarbiya ishlarini isloh qilish jarayonini 
tezlashtiradi. 
2. 
AQShda 
ta’lim 
tizimini 
tuzilishi 
va 
o’ziga 
xos 
xususiyatlari.
Amerika Qo’shma shtatlarida ta’lim tizimining tuzilish quyidagicha: 
— bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya 
muassasalari; 
- 1- 8 - sinflargacha bo’lgan boshlang’ich maktablar (bunday maktablarda 6 
yoshdan 13 yoshgacha o’qiydilar); 
-9 - 12- sinflardan iborat o’rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo’lgan 
bolalar ta’lim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat. 
Amerika Qo’shma Shtatlarida navbatdagi ta’lim bosqichi oliy ta’lim bo’lib, u 2 yoki 
4 yil o’qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlar va boshqa oliy o’quv yurtlari tarkibida 
tashkil etilgan aspirantura yoki doktoranturalardir. 
AQSh da majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o’quv yurtlari 
davlat, jamoa, xususiylar tasarrufida va diniy muassasalar ixtiyorida bo’lishi mumkin. 
Amerikada 3 yoshgacha bolalar tarbiyasi bilan onalar shug‘ullanadilar, lekin ularga 
xech qanday imtiyozlar berilmagan. Uch yoshdan 5 yoshgacha xususiy yoki davlat 
boғchalaridan foydalanish mumkin, lekin bolalar boғchalari kichik va bu tizim kam 
rivojlangan. Enaga yonlash bir haftada 200 dollarga tushadi. Bolalarda yagona bir 
dastur mavjud emas. Kerak bo’luvchi hamma jihozlar va kunlik ovqatni ota-onalarning 
o’zi olib keladi. 5 yoshdan esa «Kinder garde» deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida 
ta’lim boshlanadi. Boshlanғich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo’lgan 
bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang‘ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga 
yo’naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan - sinfga ko’chish o’quvchining o’zlashtirganlik 
darajasiga boglik. Boshlanғich ta’lim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). 
Maktablarda turli xil to’garaklar, uchrashuvlar, shovlar va sayohatlar uyushtiriladi
ammo ularning hammasiga haq to’lash lozim. O’rta 
maktablar 
quyi 
vayuqori 
bosqilardan iborat. 9 - sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o’rta maktabga qabul 
qilinadi. Urta maktablarda to’rt yo’nalishda kasb - kor asoslari berib boriladi. 
1 - kasb-xunar ta’limi, 2 - biznes ta’limi, 3 - savdo va sanoat ta’limi, 4-qurilish ta’limi. 
Oliy ta’lim 4 asosiy bookichda amalga oshiriladi. 


1- kichik mutaxassis - 2 yillik kollejlarda amalga oshiriladi. 2-bakalavr 4 yillik 
kollejlarda, 4 yillik kollej yoki dorifununni tugatgan 3-bosqichni davom ettirish 
mumkin, bu 1-2 yillik magistr maktabi. 4 - bosqich aspirantura, doktorantura. 
Maktablarda, ta’lim televidiniyasi, elektron til laboratoriyasi, vidioapparatura, 
kompyuter va hokozolarni qo’llash yo’lga qo’yilgan. Maktablar ta’til vaqtida ham 
ishlab turadi. To’garaklar, kayta tayyorlash ishlari olib boriladi. Oliy ta’limda ikki 
yo’nalish mavjud: 1-ta’limni individuallashtirish, 2 - talabaning mustakil ishlashini 
amalga oshirish. O’qituvchi yo’naltiruvchi rol o’ynaydi. Asosiy maqsad talaba 
intilektini mashq qildirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishdir. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSh o’rta maktablarida o’z 
o’quvchilariga uch yo’nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo’nalishlarida bilim 
beradilar. Ayni paytda o’quvchilarga to’rt yo’nalishda: qishloq xo’jaligi, biznes ta’limi, 
savdo va sanoat, qurilish bo’yicha hunar, kasb~kor asoslari o’rgatiladi. 
AQShda xar bir o’quvchiga fanlar bo’yicha olgan bilimlari jamlangan 
attestatlar beriladi. Kollejlarda o’qish istagida hujjat topshirgan o’quvchilar yuqori
o’rta maktabning so’ngi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan
o’tkaziladi. O’g‘il - qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi. 
Maktablarda qo’llanilishi mumkin bo’lgan vositalar elektron yozuv apparatlari 
(kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar), 
ta’lim televidiniyasi, qo’lda ko’tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar,
videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat. 
XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika ta’lim 
strategiyasi» dasturi e’lon qilindi. 
Turli yo’nalishdagi asosiy maksadlar belgilangan mazkur dasgurda 2000 yilda 
barcha amerikalik kichkintoylarning maktabga tayyor holda kelishlari: aholining 90 
foizi oliy ma’lumotli bo’lishi, o’quvchilarning ingliz tili, matematika, tabiiy fanlar, tarix, 
geografiya fanlari bo’yicha jaxonga o’z shktidorlarini namoyish eta olishlari; 
talabalarning tabiiy va matematika fani yutuqlarini o’zlashtirishda jahonda eng oldingi 
o’rinlariga chiqishlari; xar bir voyaga yetmagan amerikalikning idtisodiyot sohasida 
jahonning barcha yoshlari bilan bellasha oladigan bo’lishlari; maktablarda 
giyohvandlik va zo’ravonlikka barham berish, o’qish uchun barcha shart - sharoitlar 
yaratish ko’zda tutilgan. 
Bu AQSh ta’lim istiqbollarini belgilab beruvchi muhim dasturdir. 


Oliy o’quv yurtlarida ilmiy izlanishlar olib borish bo’yicha AQSh jaxon mamlakatlari 
orasida yetakchi o’rinlardan birini egallaydi, Bu mamlakatda ilmiy izlanishlar uchun 
ajratilgan mablaғning 48 foizini davlat tomonidan, 50 foizini firma, konsern, 
sindikatlardan undiriladi, kolganlarini oliy o’quv yurtlarining manbalarlari tashkil 
qilindi. 
3. Rivojlangan xorijiy davlatlar va mustaqil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi 
o’zaro uyғunlik
Rivojlangan xorijiy davlatlardagi ta’lim – tarbiya va maktab haqida yuqorida bayon 
qilingan eng yaxshi tajribalarni o’z ta’lim tizimimizda joriy qilish Respublikamiz o’z 
mustaqilligini qo’lga kiritgandan keyin boshlandi.
Bu sohda bizga YuNISEF, YuNESKO kabi Xalqaro tashkilotlar, xorikiy davlatlarning 
O’zbekisgondagi elchixonalari amaliy yordam bermoqdalar. Respublikamizdagi ta’lim 
muassasalari ta’limni takomillashtirish bo’yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikning 
barcha shakllaridan foydalanayotirlar. 
RespublikamIZ Oliy majlisining 1 - chakiriq 1X-sesiyasida - ta’limga oid ikki muhim 
xujjat — «Ta’lim to’g‘risida»gi Qonun «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»nyang qabul 
qilinishi mmamlakat ta’limini jahon andozalariga, rivojlangan xorijiy davlatlardagi 
ta’lim-tarbiya va maktab saviyasiga olib chiqishda ulkan vokea bo’ldi. 
Bizning maktabimiz jaxonda eng ilgor maktablar bo’lib qolishiga Respublika 
rahbariyati va hukumati tomonidan hamma shart sharoit yaratilmoqda. Bizning ta’lim 
tizimlarimiz ham jaxonda e’tirof etilgan ta’lim tizimlaridan biridir. Shu tufayli ham 
AQSh, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlar 
ta’limining ustalari bilan o’tkazilgan uchrashuvlar va mulokotlarda Respublikamiz 
ta’limi tizimiga yukori baxo berildi. 
Shuni ta’kidlash lozimki, Respublikamiz xalq ta’limi xodimlari oldida hozirgi kunda eng 
muhim vazifa - mustakil O’zbekistonning xozirgi ta’lim tizimlarini istiqlol ruhi bilan 
takomillashtirish, uni o’zimizning mumtoz pedagogika an’analari bilan boyitish, chet 
el pedagogikasidagi ilғr jixatlarni o’zlashtirish, yangi - yangi samarali o’quv 
predmetlarini ta’lim tarkibiga kiritish bilan jahon davlat standartlari darajasiga olib 
chikishdir. Buning uchun esa bizning iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlardagi quyidagi 
ilғor tajribalarni ta’lim tizimimizda qo’llay bilishimiz maqsadga muvofiqdir. Chunonchi 

Agar biz AQSh pedagogikasidagi: 


a) bolani o’z kuchi imkoniyatiga ishonch ruhida tarbiyalash; 
b) o’quvchining eng kichik shaxsiy imkoniyatlarini ro’yobga chikarish uchun kurash; 
v) bolani kamsitmaslik, insoniy kadriyatlarni va ғururini yerga urmaslik; 
g) o’quvchining ilk davridanoq kasb-korga yo’naltirish; 
d) Vataniga faxr va iftixor ruxida tarbiyalash va x.k
Yaponiya ta’limidagi: 
a) bolyani maktabga puxta tayyorlash 
b) kichkintoylar ta’lim va tarbiyasiga ota-onalar masuliyatini kuchaytirish;
v) o’quvchilarni nafosat, jismoniy kamolatiga berilayotgan e’tibor; 
g) o’qituvchi kadrlarga yuksak talabchanlik; 
d) yosh talant sohiblari bilan olib borilayotgan izchil ishlar. 
Germaniya ta’limidagi: 
a) tabaqalashtirib o’kitishga berilayotgan jiddiy e’tibor; 
b) o’quvchilarning mehnat, ta’limini mustahkamlash; 
v) kasbga yo’naltirish. 
Fransiya ta’limidagi: 
a) maktabgacha tarbiyadanoq o’quvni predmetlashtirib tashkil etish; 
b) boshlanғich ta’limni uch boskichda puxta amalga oshirish; 
v) o’quvni didaktik vositalar bilan ta’minlashga berilayottan katta e’tibor; 
g) o’quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar mustahkam aloqalari 
va boshqa ibratli jihatlar bizning ta’limga ham ko’chsa, bizning pedagogakamiz olga 
qarab dadil qadam bosgan bo’lar edi. 
Albatta, ta’limga xar qanday yangilik, o’zgartirish jiddiy tahlillar, tajribalar asosida 
kirib keladi. «Zo’rlab tiqishtirish» bizning uslubiyot emas. Ayni paytda ta’limni bir 
saviyada qotib kolishiga ham yo’l qo’yib bo’lmaydi. Shu sababli ham, har bir pedagog, 
har bir tadkshkotchi maorifimiz uchun jon kuydiradigan, elim deb, yurtim deb kuyib 
yonadigan bo’lmasa, «o’z shaxsiy manfaatlarim uchun davlat menga nima berdi emas, 


balki mei davlat ravnaqi uchun nima qildim» degan mulohazalar yuritadigan iqtidorli 
kadrlarni tayyorlashimiz kerak. 
Anbar otin (1870-1915) o’zbek shoirasi va ma’rifatparvari, o’zbek va tojik tillarida 
she’rlar yozgan. U 1870 yil Qo’qonda farmonqul degan ilғor kishi oilasida tuғilgan. 
Ma’lumotni Dilshod otin (Barno)dan oladi. U maktabda tarix, adabiyotni o’rganadi, 
she’rlar yozadi. So’ng o’zi xam darslar beradi. U qizlarga odob qoidalari, she’r tuzilishi, 
yuksak axloqiy malakalar hosil kilish qoidalarini o’rgatadi. Uning butun hayoti sheriyat 
bilan boғliq. Ularda ma’rifiy ғoyalar ilgari suriladi. Anbar otin ma’rifatgina shaxs 
erkinligini shakllantirishini biladi. Uning Furqatga yozgan she’riy maktubida yangi usul 
maktablarini ochish haqidagi takliflari bayon etilgan. Anbar otin devon xam tuzgan. 
Anbar otinning dunyoqarashini, falsafiy tafakkurini o’zida mujassamlashtirgan asari - 
«Qarolar falsafasi»dir. Asar kirish va 4 qismdan iborat. Har bir faslda shoira o’zining 
ijtimoiy-qarashlarini bayon qiladi, ayollar taqdiri haqida yozadi. 
Maxmudxo’ja Behbudiy (1875-1919) yozuvchi, jurnalist, jamoat arbobi, 
ma’rifatparvar. U maktabni bitirgach, madrasada o’kiydi. Lekin bitirmasdan mehnat 
faoliyatini boshlaydi. Arabiston, Misr, Turkiya, Rossiyaga sayoxat kiladi. 1903-1904 
yillari o’zbek va tojik tillarida «Muntaxabi jo’g‘rofiya» («Qisqacha umumiy 
geografiya») asarini, yangi usul maktablari uchun «Kitob ul-atfol» («Bolalar uchun 
kitob»), «Muxtasari tarixi islom»(«Islomning qisqacha tarixi»), «Amaliyoti islom», 
«Aholi jo’g‘rofiyasiga kirish», «Rossiyaning qisqacha geografiyasi»ni yozadi. 
Shakuriyning qishloғidagi yangi usul maktabini 1908 yil Samarqandga-o’z hovlisiga 
ko’chirib keladi. «Bexbudiy nashriyoti»ni tashkil etib, darsliklar, «Turkiston, Buxoro, 
Xiva xaritasi»ni bosib chiqaradi. «Samarqand» gazetasi, «Oyina» jurnalini nashr etadi. 
U xalqni ilm — ma’rifatni egallashga chakiradi, ayollarning ilm olish kerakligini ilgari 
suradi, yangi usul maktabini ochish dunyoviy fanlarni o’qitishni targ‘ib qiladi. 
Bexbudiy 1918 yil «Musulmon ishchi va dehqon sho’rosi»ning maorif komissari qilib 
tayinlanadi. Shundan so’ng o’quv rejalari tuzish, yangi darsliklar yaratish, 
o’qituvchnlar kurslarini ochish ishlariga katnashadi, o’zi «Yangi xisob» darsligini tuzib 
nashr etadi. 


1918 yil Toshkentga kelib, Turkistonda davlat tili haqidagi Dekret, milliy
ishlar xalq komissarligining Nizomi loyixhalarini tayyorlovchi komissiyalar ishida
qatnashadi. 1919 yil Buxoro amiri amaldorlari tomonidan Shaxrisabzda qamoqqa 
olinib qarshi shahrida qatl kilinadi. 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy taraqqiyotning demokratik – 
huquqiy, fuqarolik jamiyatini qurish yo’lidagi ishlar boskichma-bosqich amalga 
oshirilmoqda. “... barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi, ... fuqarolar uchun 
munosib hayot sharoitlarini tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun 
ham ma‘naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, eng muhim 
vazifalardan biri bo’lib qoladi”. (Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining 
poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998. 3-b). Shu boisdan ilk qadamlardanoq milliy 
ta‘lim-tarbiya tizimini jahon andozalari darajasiga chiqarish maqsad qilib qo’yildi. 
Bunday ulug’vor vazifalarni amalga oshirishni mamlakatdagi mavjud uzluksiz ta‘lim 
tizimini isloh qilmasdan ta‘minlab bo’lmas edi.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” (1997) xuddi shu maqsadga qaratilgan tarixiy 
davlat hujjatidir. Unda uzluksiz ta‘limga shunday ta‘rif beriladi: “Uzluksiz ta‘lim kadrlar 
tayyorlash tizimining asosi, O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini ta‘minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-
texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor sohadir. 

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling