Tarix o‘qitish uslubiyati o‘zining Mustaqil tekshirish predmetiga EGA. Maktabda tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi
Download 25.25 Kb.
|
11. 2-мавзу.ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР
Tarix o‘qitish uslubiyati ilmiy pedagogik fan bo‘lib, u o‘quvchilarga tarixdan puxta bilim berish, ularni tarbiyalash va kamol toptirishda maktabda o‘qitiladigan tarix kursining maqsadini, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini, mazmuni, uslub-usullarini hamda tarix o‘qitishning eng muhim vositalarini belgilab beradi. Tarix o‘qitish uslubiyatining asosiy fan sifatida oliy o‘quv yurtlaridagi tarix fakul’tetlarining o‘quv rejasiga kiritilishi va uni o‘rganishdan ko‘zda tutilgan maqsad kelgusida o‘qituvchi bo‘lib chiqadigan talabalarni maktabda tarix o‘qitishning ilmiy asoslari bilan qurollantirishdan iborat. Tarix o‘qitish uslubiyati o‘zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Maktabda tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi. O‘qitish jarayonining ob’ektiv suratda amal qiladigan o‘z qonuniyatlari bor. Ularni bilib olish va talim-tarbiya jarayonida bu qonuniyatlarga amal qilish, ulardan oqilona foydalanish maktabda tarix o‘qitishni ilmiy asosda olib borishning muhim kalitidir. Zotan, Mustaqil-huquqiy davlat qurishining hozirgi bosqichida tarix o‘qitishni yanada takomillashtirib borish, o‘qitish jarayonida uning ob’ektiv ravishda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan komil insonni tayyorlab etishtirish maqsadida to‘g‘ri foydalanish zarur. Mustaqil O‘zbekiston Davlatining tashkil topishining hozirgi bosqichida tarix o‘qitishning yanada yaxshilab, yangilab borish, o‘qitish jarayonini, uning ob’ektiv suratda amal qiluvchi qonuniyatlarini aniq va mukammal bilib olish, bu qonuniyatlardan huquqiy demokratik davlatning faol va ongli quruvchilarini tayyorlab etishtirish maqsadida to‘g‘ri foydalanishi zarur. Tarix o‘qitish uslubiyatining tadqiq etadigan, talabalarni puxta va mukammal bilim olish amalda suyanishi kerak bo‘lgan maxsus kursning umumiy qonuniyatlari nimalardan iborat va ular ta’lim jarayonida qanday namoyon bo‘ladi, u tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari (maqsadi, mazmuni, o‘qitishning metod va usullari hamda natijalari) o‘rtasidagi qonuniyatli aloqalar quyidagicha nomoyon bo‘ladi. Maktabda o‘qitiladigan tarix kursining maqsadi, ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o‘qitishning mazmuniga, uning g‘oyaviy-siyosiy va nazariy jihatdan pishiq bo‘lishiga bog‘liq bo‘lganidek, o‘quvchilarning tarix kursining o‘zlashtirish darajasi ham o‘z navbatida o‘qitishning amaliy-ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o‘qituvchining o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim formalari-shakllari, o‘qitish uslubiyati va usullari hamda vositalaridan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog‘liqdir. SHuningdek o‘qitishning natijalari ham o‘qituvchining, o‘qitishning ko‘zlangan maqsadi, uning ta’lim-tarbiyaviy vazifalarini aniq belgilab olishiga kursning mazmuniga mos tarzda amalga oshirishga yordam bera oladigan metod va usullaridan ilmiy asosda foydalana bilishga bog‘liqdir. Tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi bu o‘zaro dialektik bog‘lanish natijasida ular bir-biriga uzluksiz ta’sir ko‘rsatib boradi. Tarix o‘qitishda ana shu qonuniyatlarga suyanmasdan, ularni e’tiborga olmasdan turib yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi. Maktabda tarix ta’lim jarayoni umumiy qonuniyatlarni quyidagi sxema asosida kursatish mumkin.
Download 25.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling