Tarix o‘qitish uslubiyati o‘zining Mustaqil tekshirish predmetiga EGA. Maktabda tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi
Download 25.25 Kb.
|
11. 2-мавзу.ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchisi eksperiment metod
Tarix o‘qitish uslubiyati o‘qitish jarayonining tarbiyaviy qismlari ular o‘rtasidagi qat’iy takrorlanadigan o‘zaro aloqa va bog‘`lanishlarda namoyon bo‘ladigan qonuniyatlarni ochib beradi va tarix o‘qitish jarayonining takomillashtirishda ulardan foydalanish yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatib beradi. Demak, tarix o‘qitish uslubiyati bo‘lajak o‘qituvchilarni maktabda tarix o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari bilan qurollantiradi. SHuningdek metodika ularni tarix o‘qitish jarayonini o‘rganishning tekshirish metodlarini o‘rgatadi. Tarixiy jarayon ikki yo‘l bilan o‘rganiladi. Birinchisi ko‘zatish metodidir. Bu metoddan foydalanganda turli xildagi o‘quv-uslubiy adabiyotlar, o‘quvchilarning yozma ishlari, ma’ruzalari, ularning javoblari berilgan stemogrammalar va magnitafon yozuvlari, o‘qitishga berilgan baho va chiqarilgan xulosalar bilan tanishib chiqiladi, darslar ko‘zatiladi, o‘quvchilarning bilimi va ko‘nikmalari o‘rganiladi.
SHunday qilib, kuzatish metodidan foydalanganda, tadqiqotchi tarix o‘qitishning mavjud tajribasi doirasidan chetga chiqmaydi, uni tabiiy ravishda ko‘zatadi va o‘rganadi. Ikkinchisi eksperiment metodi. O‘qituvchi o‘qitish jarayonini o‘zi xoxlaganicha uyushtiradi. Unga ba’zi o‘zgarishlar kiritadi, natijasini tekshirib ko‘radi. Xullas, ijodiy ish qiladi va uning ishi ilmiy eksprimentga o‘xshab ketadi. Biroq, o‘qituvchi qilgan ijodiy izlanishlarning ilmiy eksprimentdan farqi, avvalo shundaki, o‘qituvchi darsda amaliy vazifani xal qiladi, uning xulosalari esa o‘z faoliyatining natijasi bo‘ladi. Ilmiy eksperimentga ko‘pchilik o‘qituvchilarning ishi uchun umumiy bo‘lgan qonuniyatlar tadqiq etaladi, chiqarilgan xulosalar ilmiy asosda rasmiylashtiriladi. SHuning uchun ham tarix o‘qitish jarayonini tadqiq etishdagi ko‘zatish uslubini eksperimental tadqiqotdan farq qila bilishi kerak. Tarix o‘qitish uslubiyati tarix fani bilan o‘zviy bog‘langandir. Tarix o‘qitish o‘quvchilarga tarixiy voqeilikni bildirishdan iboratdir. SHu jihatdan o‘quvchilarning tarixiy voqeilikni bilish yo‘llari tarixiy-tadqiqotga uxshab ketadi. O‘quvchilar tarixni o‘rganishda olimlar tomonidan ilmiy jihatdan tekshirib ko‘rilgan va taxlil qilib chiqilgan faktlar hamda ilmiy xulosalarga asoslangan, ba’zan tarixiy manbalarni o‘rganish asosida ba’zi faktlarni yanada aniqlash, tarixiy faktlardan umumiy xulosalar chiqarish, umumiy xulosalardan yangi faktlarni o‘rganish uchun foydalanishlari mumkin.O‘qitish jarayonida o‘quvchilar tarix fanini va uning ba’zi tadqiqot uslublarini bilib oladilar.SHunday qilib, tarix fani va tarix o‘qitish uslubiyati o‘zining alohida o‘rganish ob’ekti, vazifasi hamda tadqiqot uslubiga ega. Tarix o‘qitishda o‘quvchilarning yoshi, bilimi, fikrlash qobiliyati va ruxiy faoliyatini e’tiborga olmasdan turib, ularning o‘quv faoliyatiga samarali ta’sir etib bo‘lmaydi. SHu sababli uslubiyot ruxshunoslik fani bilan bog‘langan. Metodika ham, psixologiya fani ham amalda Mustaqil davlat siyosati, mafkurasiga asoslanadi va nazariya ularni metodologik asosini tashkil etadi. Psixologiyaning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti maktabda fanlarni o‘qitish jarayonini ilmiy asosda xar tomonlama chuqur tadqiq etish va uni o‘qitishni yanada yaxshilash uchun imkoniyatlarni yaratib beradi. Tarix o‘qitish uslubiyati ham tarix o‘qitish jarayonini o‘rganishda psixologiya faniga suyanadi. Psixologiya fani o‘quvchilardagi psixik faoliyatini umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, uslubiyot esa o‘quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarinigina tadqiq etish metodidan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgatadi, metodika esa o‘quvchilarning psixik faoliyatini ularning tarixiy materiallarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarinigina tadqiq etadi. SHuningdek o‘quvchilardagi psixik faoliyatining tadqiq etish metodlaridan ham qisman foydalanadi. Psixologiya psixik faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi, metodika esa tarix o‘qitishning mazmuni va metodik usullari psixik faoliyat orqali erishiladigan natijalar o‘rtasidagi qonuniyatlarni bog‘lanishlarni o‘rganadi. Demak, har ikkala predmetning o‘rganadigan ob’ektlari qisman o‘xshash bo‘lsada vazifalari boshqa-boshqadir. SHunday qilib, tarix o‘qitish uslubiyati o‘qitishda yaxshi natijalarga erishish o‘quvchilarning tarixiy materiallarini puxta o‘zlashtirishi bilan psixik faoliyati o‘rtasidagi qonuniyatli bog‘lanishlarni ham o‘rgatadi. O‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda psixologiya faniga suyanadi. O‘quvchilarning psixik faoliyatini o‘rganishda psixologiya tekshirish uslublaridan foydalanish usullarini ham ko‘rsatib beradi. Uslubiy ta’lim-tarbiya haqidagi pedagogika fani uning tarkibiy qismi bo‘lgan didaktika bilan chambarchas bog‘langan. Uning Mustaqil bir tarmog‘idir. Uslubiyot pedagogik jihatdan yaxshi natijalarga erishish maqsadida ham tarix o‘qitish jarayonini o‘rganadi. Metodika o‘rganadigan tarix o‘qitish jarayoni ham o‘qitishda yaxshi natijalarga erishishni ko‘zda tutadi. O‘qitish jarayonini o‘rganish metodlari pelagogik metodlar bo‘lib, o‘qitishni natijalarining ko‘rsatgichlari ham pedagogik ko‘rsatgichlardir. Tarix o‘qitish metodikasi huquqiy davlat, o‘zlikni anglash didaktikasining asosiy prinsiplari tarix o‘qitish jarayoniga tatbiq etishda uning mazmunidagi o‘ziga xos xususiyatlarini ham e’tiborga oladi, tarix o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi qonuniy bog‘lanishi va munosabatlarni aniqlashtiradi va shu asosda o‘qitish maqsadi, mazmuni, metod va usullari hamda o‘qitish jarayonini jihozlashga doir talablarini belgilab beradi. SHunday qilib, tarix o‘qitish pedagogika fanining Mustaqil bir tarmog‘i bo‘lib, u o‘zining Mustaqil tekshirish predmetiga ega. Uslubiyotning nazariy qismini egallagan tarix o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlarini bilib olishga va bu qonuniyatlardan yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish va kamol toptira borish ishini yanada takomillashtirish maqsadida foydalanishga yordam beradi. Tarix ta’limining mazmuni va sinf o‘quvchilarining umumiy saviyasiga qarab bilishning umumiy qonuniyatlari turlicha nomayon bo‘ladi. Tarix o‘qitish uslubiyati o‘rganadigan eng muhim qonuniyatlardan biri o‘qitish jarayonining rivojlanish qonuniyatidir. Bu rivojlanish ta’lim jarayonida o‘quvchilarni qiziqishi, bilimi, ko‘nikma va malakalari hamda tafakkurning o‘sib borishda namoyon bo‘ladi, ayni bir vaqtda, o‘quvchilarning xar tomonlama yanada kamol toptirishni ta’minlaydi. Tarixning xar bir kursi, uning bo‘limi va xar bir mavzusi o‘quvchilarning bilim olishi, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi va kamol topishda muhim bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi. Download 25.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling