Tarix o‘qitish uslubiyati o‘zining Mustaqil tekshirish predmetiga EGA. Maktabda tarix fanining o‘qitilishi va o‘qitish jarayonining o‘rganilishi tarix o‘qitish uslubiyatining predmetini tashkil etadi
Tarix o‘qitishning asosiy maqsadi
Download 25.25 Kb.
|
11. 2-мавзу.ТАЛАБАЛАР МУСТАҚИЛ ЎРГАНИШ УЧУН НАЗАРИЙ МАТЕРИАЛЛАР
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarix o‘qitish deganda
- O‘qitishning natijalari deganda
Tarix o‘qitishning asosiy maqsadi, maktabda o‘qitiladigan boshqa fanlar singari, o‘zligini anglash tarbiyasidan iboratdir. Bu maqsad bir butun, qator ta’lim-tarbiya vazifalaridan tashkil topadi. Maktabda tarix o‘qitish vazifasi o‘quvchilarda ongli dunyoqarashini shakllantirishdan iboratdir. Tarix o‘qitish jarayonida bu bosh vazifa bilan birga yoshlarni mehnatga ongli munosabatda bo‘lishi ruxida, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi, o‘zligi ma’naviyati ruxida, huquqiy tarbiyalash, ularni bilish va ijodiy ishlash va malakalarini ham amalga oshirib boriladi.
Tarix o‘qitish deganda, tarixiy materiallar vositasida o‘quvchilarga bilim berish ularni o‘zligini anglash bu haqiqat davlat siyosati darajasiga ko‘tarish ruxida tarbiyalash va kamol toptirish vazifalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan jarayonni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilarning ilmiy (ichki) o‘quv xarakatlari (tashqi) jarayoni tushuniladi. Tarix kursining mazmuni deganda birinchi navbatda tarix dasturi va darsligada belgilab berilgan tarixiy bilimlar kulami o‘quv metariallari: uning mazmuni, tarixiy faktlarni taxlil qilish asosida kelib chiqadigan xulosalar va umumlashtirishlar, o‘quvchilarning tarixiy materiallarni o‘zlashtirish va olgan bilimlardan foydalana bilish sohasidagi o‘quv usullari, ko‘nikma va malakalari sistemasi, shu jumladan, ularni ilmiy tadqiq qilish ishlarining eng oddiy formalarini egallashlari ko‘zda tutiladi. Tarix o‘qitishning tashkil qilish deganda, tarix o‘qitishni va o‘quvchilarning o‘rganishlarini tashkil etish, ularning o‘rganish faoliyatini o‘qituvchining boshqarishiga yordam beradigan metod va metodik usullar, o‘quvchilardagi mavjud bilimlarni ishga solish va ularni ijodiy bilishga yo‘naltiradigan topshiriqlar sistemasi hamda ta’limning turli shakllari (dars, seminar mashg‘ulotlari va boshqalar) tushuniladi. O‘qitishning natijalari deganda esa, maktabda tarix o‘qitishning maqsad va vazifalari, mazmunini muvaffaqiyatli ravishda amalga oshirishlishi, o‘quvchilarning tarix fani asoslarini, tarixiy materiallarga mos samarali metod va usullari bilan va bilimlardan foydalana bilish malakalarini puxta o‘zlashtirishlari, shu asosda ilmiy dunyoqarashi va komil insonni boshqa zaruriy sifatlarini tarbiyalash, o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini, tasavvuri va nutqini, maxsus va umumiy qobiliyatlarini ustirish ko‘zda tutiladi. SHundan qilib, maktab tarix ta’limi jarayonining yuqoridagi umumiy qonuniyatlari quyidagi ob’ektiv va qat’iy takrorlanadigan aloqalarda namoyon bo‘ladi: o‘qitishning maqsadi-uning mazmuni bilan belgilanadi, o‘qitishning sa-marasi esa o‘qitishda oshirilgan qat’iy ijobiy natijalar bilan tekshiriladi, ya’ni tarixiy bilimning sifati, tarbiya va o‘quvchilarning kamol topishi darajasi bilan o‘lchanadi. Maktab tarix kursi mazmunan juda boy va xilma-xildir. Tarix kursining mazmuni maktabda uni o‘qitish va o‘quvchilarning o‘rganish faoliyati orqali ularning ongiga, tarbiyasi va tafakkuriga ta’sir ko‘rsatadi, ularning kamol topishiga yordam beradi. Download 25.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling