Mavzu: Alyuminiy va uning xossalari Ta`limiy maqsad
Download 50.5 Kb.
|
Alyuminiy-va-uning-xossalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uyga vazifa
Mavzu: Alyuminiy va uning xossalari Ta`limiy maqsad: Uchunchi guruhcha elementlariga umumiy tavsif berish. Alyuminiyning olinishi, xossalari haqida chuqur puxta bilim berish. Hayotdagi ahamiyatini tushuntirish. Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Alyuminiy haqidagi bilimlarni darslik ustida mustaqil ishlash ko`nikmalarini hamda nutq muloqat madaniyatini rivojlantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish zarurligi uqtirish. Dars turi: suhbat, bellashuv Dars jihozi: Davriy sistema Alyuminiy va uning qotishmalarining na`munalari. Alyuminiyni xossalarini tajribalarda bajarish uchun zarur bo`lgan reaktiv va jixozlar (probirka, spirt lampa, HCl, H2SO4 NaOH eritmasi Darsning borishi: Tashkiliy qism O`tilgan mavzuni eslash Yangi mavzu bayoni Mavzuning rejasi: 3 – guruhning asosiy guruhcha elementlariga umumiy tavsif Alyuminiyning tabiatda tarqalishi, atom tuzilishi Alyuminiyning olinishi Alyuminiyning fizik kimyoviy xossalari Alyuminiyning muxim birikmalari va ularning ishlatilishi Mavzuning bayoni: Uchunchi guruh asosiy guruhchalari elementlariga B, Al, Ga In, Tl elementlari kiradi. Ular p- elementlar oilasiga mansub. Ulardan B metallamas qolganlari metallardir. B, Al, Ga In, Tl guruhda elementlarning atom radiusi oshadi ionlanish energiyasi elektromanfiylik, elektronga moyillik kamayadi. Ular birikmalarda + 3 oksidlanish darajani namoyon qiladi. Faqat Tl +3+1 oksidlanish darajani namayon qiladi. Sabab, atom radiusi ortib boradi, guruhda tartib raqam ortib borishi bilan oksid va gidroksidlarning asoslik xossasi kuchayib kislotalik xossasi kuchsizlanib,boradi. Al tabiatda eng ko`p tarqalgan elementlar qatoriga kiradi. Uning yer po`slog`idagi umumiy miqdori 8,8 %, uning eng muhim tabiiy birikmalari boksid, korund, kriolit, alyumo selikatlardir. Alyuminoselikatlar er po`stlog`ining asosiy massasini tashkil etadi. Ko`pchilik alyuminoselikatlar nurab yemirilganida gil xosil bo`ladi. Gilning asosiy tarkibi AL2O3*2SiO2*2H2O Boksit AL2O3 * H2O Korund AL2O3 Kriolit AL F3 * 3 NA F tarkibli minerallardir. Sanoatda alyuminiy AL2O3 suyuqlantirilgan kriolit eritmasiga CaF2 qoshib elektroliz qilish orqali olinadi. uning yadrosida (13 p, 14 n bor). U uchunchi davr uchunchi qatorning 13 – o`rinda joylashgan. ) ) ) 1s2 2s22p63s23p13d0 2 8 3
AL-oq kumishsimon, engil, mexanik jixatdan mustahkam metall. Zichligi 2,7 gr/sm3 suyuqlanish temperaturasi 660oC havoda oksidlanuvchan metall. Elektr toki va issiqlikni yaxshi o`tkazadi, unga ishlov berish oson. Tabiiy alyuminiy bitta izotopdan tarkib topgan. U o`z sirtida oksid parda hosil qilgani uchun passif metall hisoblanadi. U odatdagi haroratdayoq kislorod bilan oson birikadi. Uning sirti AL2O3 bilan qoplanadi, bu parda metallning keyingi oksidlanishdan saqlaydi. Oksid parda tufayli alyuminiy sirti xira bo`ladi. Oksid parda buzulsa alyuminiy suv bilan reaksiyaga kirishadi. 2Al+6H2O 2Al(OH)3+3H2 Alyuminiy metallamaslar bilan ta`sirlashadi. 2Al+3Cl2 2AlCl3 Odatdagi temperaturada alyuminiy konsentirlangan va juda suyultirilgan nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishmaydi. (Himoya parda borligi sababli), lekin u HCl va H2SO4 larda eriydi. 2 Al+ 6 HCl 2 AlCl3+3H2 Al ishqor eritmalariga kuchli ta`sir etadi. 2 Al + 2NaOH + 10H2O 2Na shuning uchun alyuminiy idishda ishqor elementlarni saqlab bo`lmaydi. Yuqori temperaturada S, N, C lar bilan ta`sirlashadi. Al va uning qotishmalari keng ko`lamda ishlatiladi. Al ning yuruk iste`molchisi aviatsiya sanoati hisoblanadi. Samalyotning 2/3 qismi Al va uning qotishmalaridan matorini ¼ Al qotishmalaridan yasaladi. Shuning uchun Al ga qanotli metall deyiladi. Al dan kabellar, simlar tayyorlanadi. Uning korroziya bardoshligini e`tiborga olib undan apparatlarning detallari, nitrat kislota solinadigan idish tayyorlanadi. Turmushda turli idishlar yasaladi. Metallurgiyada Al ishlatiladigan eng muhim tarmoqlaridan biri u yordamida metallarni oksidlardan olishdir. Al termiyani rus ximigi Beketov kashf qilgan. 3Fe3O4+8Al 4 Al2O3+9Fe
Mustahkamlash qismida sinf o`quvchilari ikki guruhga bo`linadi va 3 ta shart bo`yicha bellashadilar. 1-shart: Al ga xos xossalarni topish va jadvalga mos raqamlarni yozishdan iborat 1. Bu metall yadrosi tarkibida 13 ta proton mavjud 2. Bu element metallmas 3. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha birinchi o`rinda turadi. 4. Bu element elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha to`rtinchi o`rinda turadi. 5. Bu element S elementlar oilasiga mansub 6. Bu element konsentrlangan HNO3 bilan oddiy sharoitda ta`sirlashadi. 7. Bu element P elementlar oilasiga mansub 8. Bu element qanotli metall deb yuritiladi 9. Bu metall tabiatda faqat birikmalar holiday uchraydi 10. Bu metalldan yasalgan idishda ishqor eritmalarini saqlab bo`lmaydi
2-shart. 2 ta qog`ozda Al ni xossalariga xos tajribalar beriladi. Har bir guruh qatnashchisi tanlab tajribani bajaradi. Qog`ozdagi tajribalar. Al ni HCl bilan ta`siri 1 ta probirkaga Al donasidan 1,2 ta soling, probirkaga HCl ning 2 N li eritmasidan 0,5 ml quying probirkani qizdiring, nima kuzatiladi reaksiya tenglamasini yozing. Al ishqorlar bilan o`zaro ta`siri. Gazlarni olish asbobini shtativga o`rnating. Rezina Vutulkaga 3,4 dona Al soling. Varonka orqali NaOH ning 30 % eritmasidan 5-7 ml quying. Gaz chiqarish nayini uchuni suv to`ldirilgan, og`zi pastga qaratilga probirkaga joylashtiring. Ajralib chiqayotgan gazni yig`ing. Qanday gaz ajraladi, qanday birikma hosil bo`ladi? Reaksiya tenglamasini yozing. Bunda o`quvchilarni laboratoriya ishi bajarish malakalari sinaladi. 3-shart. Krassvord yechish. Sayohatchi uchun eng yaxshi choynak qaysi metalldan yasaladi? Alyuminotermiya usulini kashf etgan olim. Qum aralashgan mayda qorund nima deyiladi? Al kukunini Fe3O4 - temir kuyundisi bilan ekvimolyar nisbatdagi aralashmasi. Elektr o`tkazuvchanlik bo`yicha Al nechanchi o`rinda turadi? Al ning valent elektronlar soni. Al ning tabiiy minerali. Al ni kashf etgan olim? Dars mustahkamlanib g`olib bo`lgan guruh rag`batlantiriladi. Uyga vazifa: Mavzuni o`qib kelish. Download 50.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling