1-Mustaqil ish Tabiiy resurslar tasnifi


Download 484.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana25.01.2023
Hajmi484.69 Kb.
#1120354
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiyadan mustaqil ish



1-Mustaqil ish 
Tabiiy resurslar tasnifi 
Aslida "resurs" so’zi fransuz tilidal olingan bo’lib, "yashash vositasi" degan 
ma’noni anglatadi. Resurs deganda, tabiiy jismlar va foydalanadigan energiya 
turlari tushuniladi. 
Tabiiy resurslar insonning yashashi uchun zarar bo’lgan shunday 
vositalaridirki, ular jamiyatga bevosita emas, balki ishlab chiqarish kuchlari va 
ishlab chiqarish vositalari orqali ta’sir yetadi. 
SHuni aloqida ta’kidlash kerakki, "tabiiy resurslar" tushunchasini ko’pgina 
olimlar turlicha ta’riflashadi. Masalan, geograf olimlar, eng to’liq ta’rif berganlar: 
“Tabiiy resurslar – kishi bevosita tabiatdan oladigan va ularning yashashlari uchun 
zarar bo’lgan xilma-xil vositalardir”. 
Prof.YU.G.Saushkin esa "elektr energiya olish, oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab-chiqarish uchun foydalanishi mumkin bo’lgan tabiiy komponentlarni va 
sanoat uchun xom ashyolarni" tabiiy resurslar deb ta’riflaydi. 
Geograf olim A.A.Mins esa, "tabiiy resurslardan foydalanish shakllari va 
yo’nalishlariga qarab, ularni iqtisodiy jihatdan sinflarga bo’lishni" birinchi o’ringa 
qo’yadi. Bu sinflarga bo’lishda, ya’ni tasniflashda, tabiiy resurslar moddiy ishlab 
chiqarishning’ asosiy sektorlarida va ishlab chiqarishdan tashqari sferada 
foydalaniishga qarab guruhlarga ajratiladi. 
SHunday qilib, tabiiy resurslar kishilarning yashashi uchun zarur 
manbalarga va mehnat vositalari manbalariga bo’linadi. 
Mukammalroq sinflarga bo’lganda, tabiiy resurslar 2 ta asosiy guruhlarga 
bo’linadi: 
A. guruhi – moddiy ishlab chiqarish resurslari. Bu guruhga yoqilg’i 
mahsulotlari, metallar, suvlar, yog’och-taxta, baliq, ovlanadigan 
hayvonlar kiradi. 
B. guruhi – ishlab chiqarishdan tashqari sfera resurslari. Bu guruhga 
ichimlik suvi, daraxtzorlar, iqlim resurslari va hokazolar kiradi. 
Tabiiy resurslarga oziq-ovqatga ishlatiladigan yovvoyi o’simliklar va 
hayvonlar, ichimlik suvi va boshqa maqsadlarda foydalanadigan suvlar, metallar 
olinadigan maydonlar, qurilishga ishlatiladigan yog’och-taxtalar, energiya va 
yoqilg’i manbalari bo’lgan ko’mir, neft va tabiiy gazlar kiradi. 
Tabiiy resurslar 2 turga bo’linadi: 
1. Tugaydigan tabiiy resurslar. 
2. Tutamaydigan tabiiy resurslar. 
Tugaydigai tabiiy resurslar o’z navbatida 2 guruhga bo’linadi: 
1. Tiklanadigan resurslar. 
2. Tiklanmaydigan resurslar. 
Tabiiy resurslarning tasnifi (sinflarga bo’linishi) quyidagi rasmda 
ko’rsatilgan. 


Tiklanmaydigan tabiiy resurslarga er osti boyliklari va foydali qazilmalar, 
ya’ni ma’danli va ma’dansiz qazilmalar kiradi. Ular foydalanayotgan darajadan 
million-million marta sekin tiklanadigan tabiiy resurslar hisoblanadilar. Bunday 
resurslarni tiklab bo’lmas ekan, mineral resurslardan samarali foydalanish, ularni 
tejab-tergab ishlatish va ularni qazib olinayotganda erlarga zarar etkazilishiga yo’l 
qo’ymaslik zarur. 
2-Mustaqil ish 
Global, mintaqaviy va mahalliy ekologik muammolar 
Hozirgi vaqtda inson faoliyati ta'sirida biosferaning o’zgarishi juda tezlik 
bilan borayapti. Inson Yer kurrasining qiyofasini o'zgartirishda katta geologik 
kuch sifatida vujudga kelganini V.I.Vernadskiy tomonidan ta’kidlab o'tilgan edi. 
Insonning tabiiy jarayonlardan noto'g'ri foydalanishi natijasida XX asrning 
o'rtalarida ekologik muammolar juda avj olib ketdi. Ekologik muammo deganda 
insonning tabiatga ko'rsatayotgan ta'siri bilan bog

liq holda tabiatning insonga aks 
ta'siri, ya'ni uning iqtisodiyotida, hayotda xo'jalik ahamiyatiga molik bo'lgan 
jarayonlar, tabiiy hodisalar bilan bog'liq bo'lgan har qanday hodisa tushuniladi. 
(iqlim o'zgarishi, hayvonlarning yalpi ko'chib ketishi) tabiatdagi muvozanatning 
buzilishi oqibatida turli miqyosdagi ekologik muammolar shakllanmoqda. Ularni 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1 Global (umumbashariy). 
2 Regional (mintaqaviy). 
3 Lokal (mahalliy). 
Global ekologik muammolar dunyo bo'yicha kuzatiladigan tabiiy, tabiiy 
antropogen va sof antropogen ta'sirlar natijasida yuzaga kelib umumbashariyatga 
tegishlidir. 
Ana shunday ekologik muammolarning ba'zilari bilan tanishamiz: 
Atmosferaning dimiqish xodisasi. Keyingi yillarda atmosfera tarkibidagi 
S0
2
miqdori ortib borayotganligi ma'lum bo'lib qoldi. Natijada Yer yuzasining 
harorati oxirgi 100 yil ichida 0,5-1,0 gradus ortdi. Iqlimning keng ko'lamda 
o'zgarishi atmosferaning sanoat chiqindilari va avtotrasnportlardan chiqayotgan 
gazlar bilan bog’liq. Yer yuzasining global isishi, ya'ni atmosferaning dimiqishi 
S0
2
ning havo tarkibida ortib ketishi, o'rmonlarning kesilishi, toshko'mir va benzin 
kabi yoqilg’ilarning yonishidan atmosferada to'planadigan S0
2
gazi tufaylidir. Ana 
shu zaylda ahvol o'zgarmasa XXI asrning o'rtalarida yer yuzasining harorati 1,5-
4,5 gradusgacha ortishi mumkin. Natijada: 


1. Iqlimning o'zgarishi ayniqsa, cho'llanish jarayonining kuchayishi. 
Yogingarchilikning o'zgarishi. Dengiz va okeanlar satxining ortishi Muzliklarning 
erishi va kamayishi hamda boshqa hodisalar kuzatiladi. 

Download 484.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling