BO’M 19/2 – guruh talabasi: Toshqulova Dinora
Mavzu: Islom dinidagi ekologik aqidalar, hadislardan namunalar, tabiatni asrashga qaratilgan fikrlar.
|
№
|
Hadis, oyat
|
Mazmuni
|
|
Ekin va daraxt ekishnig fazilati va savobi haqida. (Imom Ismoil al – Buxoriy, “Al– jome as-sahih” 2- jild).
|
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: “ Rasulloh (s.a.v): Qaysi bir musulmon ekin eksa, yoki biror daraxt o’tkazsa, so’ng uning mevasidan qush yoki hayvon yesa, uning ekkanidan yeyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi” – deb marhamat qiladilar.
|
|
Va burilib ketganda, yer yuzida fasod uchun va ekin va naslni halok qilish uchun harakat etadir. Va holbuki, Alloh, fasodni xush ko’rmas. ( Baqara surasi, 205 - oyat).
|
Odamlar orasida shunday kimsalar borki, Allohni guvoh keltiradi. Oldingizdan ketganida esa yerda buzg’unchilik, ekin va nasllarni halok qilish uchun yugurib – yelib yuradi. Alloh esa buzg’unchilik-fasodni sevmaydi.
|
|
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do’zaxga tashlanadi. (Imom Ismoil al – Buxoriy, “1001 hadis” dan, 585 - hadis).
|
Bu hadisda daraxtni kesib, unga zarar yetkazishni hatto, Alloh taolo ham qoralashi keltirib o’tilgan.
|
|
U osmondan suv nozil qilgan Zotdir. Bas u (suv ) ila turli nabototlar chiqardik. Undan yashil giyohlarni chiqardik.…
Albatta, bunday narsalarga iymon keltiradigan qavm uchun oyat – belgilar bordir. (An’om surasi, 99 - oyat)
|
Osmondan suvni Alloh taolo nozil qilgan. Demak, o’z vaqtida yomg’ir yoki qor sifatida osmondan suv tushib turishi katta ne’mat ekan. Osmondan tushgan suv turli nabobotlarni chiqarishga sabab bo’ladi. Suvsiz hayot bo’lmaganidek, nabobotlarsiz ham hayot bo’lmaydi. Bunday narsalarga iymon keltirib, fikr qilganlarga, nabobotlardan oqilona foydalanganlarga albatta, oyat bor.
|
|
Va bulutni ustingizdan soya soldirib qo’ydik, sizga mann va bedanani tushirdik. Rizq qilib bergan narsalarimizni poklarini yenglar. (Baqara surasi, 57 - oyat).
|
Qur’onda “mann” lafzi bilan keltirilgan ruscha “manna”, ya’ni un, samoviy noz ne’matlar deb tarjima qilingan.
|
|
Yer yuzida har bir yuruvchi jonzot va ikki qanoti ila uchuvchi qush borki, hammasi siz kabi ummatlardir. (An’om surasi, 38 - oyat).
|
Bu olamda faqat odamlar emas, balki ko’plab boshqa jonzotlar ham yashaydi. Ularni ham Alloh taolo yaratgan. Demak ularni asrash, ularga yaxshi munosabatda bo’lish kerak bo’ladi. Chunki Alloh taolo aytganidek ular ham huddi biz singari Allohning ummatlaridir.
|
|
Dehqonchilik haqida.
(Imom Ismoil al – Buxoriy, “1001 hadis” dan, 44 - hadis).
|
Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. Dehqonchilik muborak kasbdir.
|
|
Ot boqish uch kishiga xosdir:
Bir-kishi uchun savob.
Boshqa birov uchun foyda.
Ammo birov uchun gunohdir.
(Imom Ismoil al – Buxoriy, “1001 hadis” dan, 435 - hadis).
|
1. Ot boqishning savoblisi bir kishi otni Alloh yo’lida boqadi. Bog’langan joyida (dala bog’ va boshqa) ot nimani yesa har bir yegan narsasiga xasanot yoziladi. Agar arqonini uzib bir-ikki chaqirim ketsa uning har bir qadamiga hasanot yoziladi. Agar anhor bo’yida suv ichsa, suviga ham hasanot yoziladi.
2. Bir kishi otni odamlarga muhtoj bo’lmadeb kerakli xizmati uchun boqsayu, ot ustidagi Alloh haqqini sedan chiqarmasa, ya’ni otni vaqtida yedirib, ichirib, toqatiga yarasha ishlatsa, (muhtojlikdan to’suvchi) hojatiga yarasha ulovdir.
3. Bir kishi otni maqtanish, ko’z ko’z qilish uchun, musulmonlarga dushmanlik qilish uchun boqsa unga gunohdir.
|
|
Biz osmondan o’lchov ila suv tushurib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirmiz. (Mo’minun surasi, 18 - oyat)
|
Alloh hamma narsani o’lchov bilan yaratdi va bularning hisobi bor. Albatta bu ne’matlarni insonga yetkazdi. Inson bunga munosabatini shariat chizig’ida to’g’irlab olmoqligi zarur. Chunki Alloh bizdan bu nem’atlarni olib qo’yishga ham qodir zotdir.
|
|
So’ngra Biz sizlar uchun u (suv) bilan xurmo va uzum bog’larini paydo qildik. Sizlar uchun u (bog’)larda ko’p mevalar bo’lur va sizlar ulardan yeysizlar. (Mo’minun surasi, 19 - oyat)
|
Alloh taolo insoniyat uchun suvni, tabiatni yaratdi. Insoniyat uchun bu nematlarni halol qildi va yedirdi. Bu ne’matlardan inson yaxshilik yo’lida foydalanishi zarur.
|
|
Mo’minun surasi, 20 - oyat
|
Yana (Biz sizlar uchun) Turi Sayno (tog’i)dan chiqadigan yog’ va yeguvchilar uchun nonxurush holda o’sadigan bir daraxtni (zaytunni) yaratdik.
|
|
Mo’minun surasi, 21 - oyat
|
Albatta, sizlar uchun chorva mollarida ham ibrat bordir: sizlarga ularning qornidagi narsa (suti)dan ichirurmiz, yana sizlar uchun ularda ko’p foydalar bordir, shuningdek, ular (ning go’sht yog’lari) dan yeysizlar.
|
|
“Uchta joyga: suv o’zanlariga, serqatnov yo’llarga hamda soya salqin yerlarga axlat tashlab, la’natga qolishdan qo’rqinglar” (Muoz Jabal raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadis)
|
Rasulloh (s.a.v) suv oqadigan ariqlar, daryolar, serqatnov yo’llar, salqin yerlar hamda insoniyat hojat chiqaradigan joylarni iflos qilganlarni la’natlaganlar.
|
|
Voqea surasi, 63-65- oyatlar.
|
Sizlar ekayotgan ziroatlaringiz haqida o’ylab ko’rdingizmi?! Uni sizlar undirurmisizlar yoki Biz undiruvchimizmi?! Agar Biz xohlasak, uni quruq cho’p qilib qo’ygan bo’lur edik, sizlar esa ajablanib qolavergan bo’lur edingiz.
|