Ibuxoro davlat universiteti 9-3 btus-19 guruh talabasi ne’matova sakinabonuning ona tili o’qitish metodikasi fanidan taqdimoti


Download 1.21 Mb.
bet1/3
Sana28.01.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1134954
  1   2   3
Bog'liq
Otni oʻrganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish. 1-4-sinflar uchun otni oʻrganish darsining ishlanmasini tuzish


IBUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
9-3 BTUS-19 GURUH TALABASI
NE’MATOVA SAKINABONUNING

ONA TILI O’QITISH METODIKASI
FANIDAN
TAQDIMOTI
.
MAVZU:Otni oʻrganish darslari rеjasi va ishlanmasini tuzish. 1-4-sinflar uchun otni oʻrganish darsining ishlanmasini tuzish
Tezkor savollar:
1. Boshlang‘ich sinflarda otni o‘rganish vazifalari nimalardan iborat?
2. Otlarning grammatik belgilari nimalardan iborat?
3. 3-sinfda ot so‘z turkumining qaysi xususiyatlari o‘rganiladi?
4. 3-sinfda ot so‘z turkumiga necha soat ajratilgan?
5. Erkin savol.
Boshlang‘ich sinflarda ot mavzusini o‘tish metodikasi.
Otni o‘rganishga tayyorlov bosqichi savod o‘rgatish davriga to‘g‘ri keladi. Bu bosqichda o‘quvchilar predmetlarni va ularni nomi bo‘lgan so‘zlarni farqlashga o‘rganadilar. So‘zning lekik ma’nosi (har bir so‘z ma’no bildirishi)ga e’tibori oshiriladi, ma’nolarni hisobga olgan holda so‘zlar (qushlar, meva va sabzavotlar va hokazolarni bildirgan otlar)ni gruppalash ko‘nikmasi shakllantiriladi. So‘zlarni leksik ma’nosi asosida gruppalash mashqlari otlarni taqqoslash, o‘xshash tomonlarini aniqlash, abstraklashtirish ko‘nikmasini o‘stiradi. Shunga qaramay, gramatik tushunchani shaklantirish uchun o‘quvchilar so‘zning aniq ma’nosini bilmaydilar, so‘zning leksik ma’nosini bilish bilan birgalikda uning grammatik belgilarini ham o‘zlashtirish zarur.
Boshlang‘ich sinflarda otni o’rganish vazifalari quyidagilar:
1) “ot” haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish;
2) kim? so’rog‘iga javob bo’lgan (shaxs bildirgan) otlardan nima? so’rog‘iga javob bo’lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni bildirgan) otlarni farqlash ko’nikmasini hosil qilish;
3) kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo’yilgan nomlar va geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko’nikmasini shakllantirish;
4) otlarda son (otning birlik va ko’plikda qo’llanishi) bilan tanishtirish;
5) otlarni egalik qo’shimchalari bilan to’g‘ri qo’llash ko’nikmasini shakllantirish;
6) otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo’shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish;
7) o’quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o’rinli foydalanish malakasini o’stirish;
8) so’zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish.
Atoqli otlar

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling