1-mustaqil ish
Download 21.58 Kb.
|
1-topshiriq st
- Bu sahifa navigatsiya:
- Javoblar 1.
1-mustaqil ish 1.2019-yil 22-dekabrda bo’lib o’tgan tuman viloyat,xalq deputatlari kengashlariga bo’lib o’tgan va oliy majlisning qonunchilik palatasi va senatga bo’lgan saylovlarning oldingi saylovlatdan farqlarini huquqiy jihatdan izohlang -O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan birinchi saylov kodeksining qabul qilishi haqida -O’zbekiston respublikasida saylov jarayonlarining o’tishida siyosiy partiyalarning o’rni qanday? -Siyosiy partiyarning saylov oldi dasturlarini izohlab bering
O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplarida umumiy saylov huquqi, teng saylov huquqi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Siyosiy partiyalar Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega bo’ldi. O‘zbekistonda mavjud siyosiy partiyalar - O‘zbekiston XDP, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal demokratik partiyasi (tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati), O‘zbekiston Ekologik partiyasi nomzodlarini ko‘rsatganlar. Saylovlarni ochiq-oshkora, milliy saylov qonunchiligimiz talablariga muvofiq, demokratik saylovlar o‘tkazish bo‘yicha to‘plangan boy milliy tajribamizga asoslangan holda hamda umume’tirof etilgan xalqaro huquq me’yorlari va standartlari talablariga hamohang tarzda tashkil etish, eng asosiysi saylovlar jarayonida har bir fuqaroga, saylovchiga o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishi uchun shart-sharoit va imkoniyatlar yaratib berildi. 3. O‘zbekistonda saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ko‘ppartiyaviylik asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ma’lumki, saylovlar davrida siyosiy partiyalarning har bir nomzodlari g‘alaba qozonishga harakat qiladi. Aniq maqsad, raqobat muhiti yuzaga keladi, hayotga kuchliroq ta’sir ko‘rsatishga, o‘z dasturining maqsad va vazifalarini xalqqa yetkazishga intiladi. Saylovchi nafaqat o‘zi tanlagan nomzodga, balki o‘sha nomzod a’zo bo‘lgan siyosiy partiyaga ham ovoz beradi, uning g‘oyalariga ishonch bildiradi. Shu sababdan ham saylovlar siyosiy partiyalar uchun juda muhim siyosiy imtihon vazifasini o‘taydi. Saylov natijalariga ko‘ra qaysi partiyaning dasturi, maqsadi va vazifalari xalqchil ekanligi, O‘zbekiston xalqi qaysi partiyani ko‘proq qo‘llab-quvvatlashi ayon bo‘ladi. Saylovda ishtirok etib, yetarlicha ovoz yig‘a olmagan partiyalar uchun esa kelgusi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqib, o‘zlari uchun xulosalar qilish imkonini beriladi.
Saylovlarning koʻppartiyaviylik va muqobillik, oshkoralik va transparentlik tamoyillari asosida, dunyoda umumeʼtirof etilgan demokratik standartlarga mos holda oʻtishi koʻp jihatdan siyosiy partiyalarning ushbu jarayonga puxta tayyorgarlik koʻrishi hamda chuqur oʻylangan yangi gʻoya va maqsadlar, dasturlar bilan ularda faol ishtirok etishiga bogʻliq. Milliy qonunchiligimizda boʻlajak saylovlarda deputatlikka nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi qatʼiy belgilab qoʻyilgani har bir partiyaga katta huquq va imkoniyat berishi bilan birga yuksak masʼuliyat ham yuklaydi. Albatta, saylovlar oldidan har bir siyosiy partiya oʻzining saylovoldi dasturi, siyosiy platformasini ishlab chiqadi, yangi-yangi gʻoyalarni oʻrtaga tashlaydi, el-yurt orasida obroʻ-eʼtibor qozongan insonlar nomzodini ilgari suradi. Bir soʻz bilan aytganda, kurash qizgʻin boʻladi. Download 21.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling