1-mustaqil ishi qabul qiluvchi; A. Xudaynazzrov Topshiruvchi; sh. Eshqulov
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishningzaruriyati
Download 44.75 Kb.
|
Falsafa 1-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg‘unlig
Globallashuv sharoitida antropologik inqirozning oldini olishningzaruriyati
Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi bilanizohlanadi. Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga, shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar mavjudligiga qarab uch kattaguruhgaajratiladi. Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi. Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi: Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv, xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish ham kiradi. Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. Ontologik va munosabatdosh kategoriyalarning uyg‘unlig Ontologiya (yun. ontos — borliq va ... logiya) — falsafa boʻlimi, borliq haqidagi taʼlimot. Borliqning umumiy asoslari, prinsiplari, uning shakllari va qonuniyatlarini tekshiradi. " Ontologiya " terminini nemis faylasufi R. Goklenius fanga 1613 yil kiritgan, X. Volf (1679—1754) oʻz dareligida qoʻllagan boʻlsada, dastlab yunon faylasuflari uning turli talqinlarini bayon etganlar. Ular Ontologiya ni haqiqiy borliqni nohaqiqiy mavjudlikdan ajratib oluvchi borliq haqidagi taʼlimot, deb hisoblashgan. Eleya maktabi namoyandalari hissiy dunyoning aldamchi koʻrinishini haqiqiy borliqqa qaramaqarshi qoʻyib, Ontologiya ni mangu oʻzgarmas, yagona, sof borliq haqidagi taʼlimot sifatida qoʻllashgan. Milet maktabi vakillari va Ioniya faylasuflari dastlabki borliqning sifatiy talqini haqida bosh qotirishgan. Ulardan borliqning boshlanishida yotuvchi bunday asosni Empedokl "stixiya", Demokrit "atomlar", Anaksimandr "apeyron", Anaksagor "urugʻ" deb atagan. Platon gʻoyalar Ontologiya sini, Aristotel empirizm Ontologiya sini yaratdi. Oʻrta ayerlar falsafasida Ontologiya ilohiyot bilan chambarchas bogʻlanadi. Sharq falsafasida Ontologiya koʻproq ilohiy borliqning , xudoning mohiyatini aks ettiruvchi taʼlimot tarzida, sharq panteistik falsafasida vahdati mavjud va vahdati vujud koʻrinishidagi taʼlimotlar shaklida paydo boʻlgan. Falsafada Ontologiya monistik, dualistik va plyuralistik konsepsiyalar shaklida ham uchraydi (qarang Materiya). Yangi davr falsafasida dualistik Ontologiya namoyandasi R. Dekart boʻlgan. Oʻz falsafasining asosiga "monada" — "ilohiy atomlar"ni qoʻygan V. G. Leybnits falsafasi — plyuralistik Ontologiya ga mansubdir. Bu konsepsiya boʻyicha olamning asosida bir qancha mohiyat yotishi mumkin. Shunday konsepsiya empiriokrititsizmda ham uchraydi. R. Avenarius, E. Max borliqning asosida sezgilar majmui yotadi, deb hisoblaydi. Hozirgi zamon falsafasida Ontologiyaning mazmuni yanada boyigan. Xulosa. Xulosa qilib aytsam, men bu referat mavzularidan o’zimga kerakli ko’plab ma’lumolarni bilib oldim. Ontologiya haqida ham ancha bilimim oshdi. Har bir kishi bunday ma’lumotlarni bilishi kerak deb o’ylayman. Hozirgi kunda globallashuv ham e’tibordan chetda qolmaydi. Hayotimizda barcha narsalar o’zimiz uchun keraklidir. Men bu referat mavzularidan o’zimga kerakli xulaosarni chiqarib oldim. Download 44.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling