O'zbekiston tashqi siyosati asosiy tamoyillari: - 1. O'z milliy davlat manfaatlarini ustun qo'ygan holda barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni keng rivojlantirish. Bu har qanday davlat bilan hamkorlik qilganda nima foyda ko'ramiz demakdir.
- 2.Tenglik, o'zaro manfaatdorlik, bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik.
- 3. Mafkuraviy qarashlardan qat'iy nazar barcha davlatlar bilan ochiq siyosat yuritish.
- 4. Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, qo'rqitmaslik.
- 5. Davlatlararo munosabatlarda umumbashariy qoidalarni ustun qo'yib, xalqaro hujjatlarni tan olish va ularga qat'iy rioya qilish.
- 6. Tinchlik va xalqaro xavfsizlik uchun kurash, ziddiyatlarni tinch yo'l bilan hal etish, yadrosiz hudud bo'lib qolish.
- 7. Inson huquqlariga oid xalqaro qoidalarga sodiqlik va ularni bajarish.
- 8. Barcha davlatlar bilan to'la ishonch asosida ikki va ko'p tomonlama aloqalarni o'rnatish va rivojlantirish.
3. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng jahondagi barcha davlatlar bilan har tomonlama teng, o'zaro manfaatli diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi. - 3. O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritgandan so'ng jahondagi barcha davlatlar bilan har tomonlama teng, o'zaro manfaatli diplomatik, siyosiy-iqtisodiy va madaniy-ma'rifiy aloqalarni o'rnatish va rivojlantirishga kirishdi.
- 16 dekabr 1991 yildan O'zbekistonni jahonda tan olish pallasi boshlandi. Natijada 1992 yil oxirigacha jahondagi 129 ta davlat O'zbekiston bilan aloqa o'rnatdi. Bular orasida A?Sh, RF, Angliya, Frantsiya, Germaniya kabi yirik davlatlar bor edi.
- Natijada bugungi kunda er yuzining turli chekkalarida ishonchli va manfaatdor sheriklarimz paydo bo'ldi. Bular orasida Osiyoda, Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Malayziya, Evropada, Germaniya, Frantsiya, Chexiya, Amerika qit'asida, A?Sh kabi davlatlar shuningdek, RF qo'shnilarimiz Markaziy Osiyo davlatlari va boshqa 130 dan ortiq xorijiy mamlakatlar bor. A?Sh, Yaponiya, Rossiya Federatsiyasi kabi jahonning nufuzli mamlakatlari esa O'zbekistonning strategik hamkorlari hisoblanishi ayniqsa ahamiyatlidir.
Bugungi O'zbekiston - Keyingi yillarda Osiyo mamlakatlari bilan ham aloqalar kengayib bormoqda. Xususan Xitoy bilan elektr, gaz, suv hisoblagichlar, ?indiston bilan dori-darmon, Janubiy Koreya bilan avtomobil sanoati sohasida hamkorliklar samarali natijalar bermoqda. Asaka avtomobil zavodi buning yorqin misolidir. Natijada O'zbekiston jahonda 28 avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylandi. Bu biz uchun katta faxrdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |