1-mustaqil ta’lim mirzo Ulug`bekning pedagogika g`oyalari va marifatparvarlik foaliyati Reja


Download 22.06 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi22.06 Kb.
#1829291
1   2
Bog'liq
01 mustaqil ish mirzo ulugbek

«ustozim» deb ataydi.
Haqiqatan ham Qozizoda Rumiy 1360 yillarda tug’ilgan bo’lib, 20-25 yoshlarida, ya’ni Ulug’bek tug’ilmasdanoq Amir Temur saroyiga xizmatiga o’tadi. Natijada, Ulug’bek umrining ilmga qiziqqan davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi falaqiyotshunos va riyoziyotchilar ta’sirida ulg’ayadi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yigirma yoshlarida u o’zdavrinnng yirik olimlaridan bo’lib shakllandi. U hokim bo’lgan paytidagi olamshumul o’zgarishlar butun o’rta asr madaniyati tarixida betakror voqea bo’lib qoldi.Ulug’bek ixlosmandlaridan G’iyosiddin Jamshid Koshiy 1417 yili Samarqanddan Koshonga otasiga yozgan maktubida Ulug’bekning faoliyati va bilimdonligini quyidagicha ta’riflaydi: «Olloga va uning ne’matlariga shukronalar bo’lsinkim, etta iqlimning farmonbardori, islom podshohi Ulug’bek donishmand kishidirlar. Men bu narsani odob rasmi yuzasidan aytayotganim yo’q. Haqiqat shuki, avvalo u kishim Qur’oni Karimning aksariyat qismini yoddan biladilar. Tafsirlarni va mufassarlarning har bir oyat haqidagi so’zlarini aqlda saklaydilar va yoddan biladilar, arabchada g’oyat yaxshi yozadilar. Shuningdek, u kishim fiqhdan xabardorlar: mantiq ma’nolariniig bayoni va usullaridan ham xabardorlar».
Amir Temur nabirasi Ulug’bekda, eng avvalo, insonparvarlik, adolat va dilovarlik fazilatlari bo’lishini istagan. Zotan, insonparvargina sahiy va adolatli bo’lishi mumkin.Amir Temur fikricha, saltanat da’vogarlik qilgan har bir kishi saltanat sha’ni – martabasiga loyiq ish tutishi va unga muvofiq bo’lishi zarur. Uzoqni ko’rolmagan hukmdor yaqindagi balolarga giriftor bo’ladi. Ammo yaqinni ko’rib ish tutgan hukmdor xam xato yo’ldadir.Amir Temur nabirasiga har doim, toleingda bitilgan bo’lsa, hukmdor bo’lursan, ammo kim bo’lmagin, musulmon bo’l, hech kimsaga haqsizlik qilma, sababsiz ranju ozor etkazma, to’g’rilik to’pini kiygin, faqirlar va ojizlarga har qanday sharoitda muruvvat ko’rsat, deb ta’lim bergan.Ulug’bek sohibqiron bobosining, qo’l ostingdagilarning qalbi va ko’nglidan faqat yaxshilik bilan joy top, aks holda quvvatsiz qolursan va unutilarsan, degan yo’l-yo’rig’ini yoshlik chog’idan boshlab botinan va ruhan o’zlashtirib, butun hayoti davomida ularga qat’iy amal qilgan. Bularning hammasi Mirzo Ulug’bekning ilmiy kamoloti va siyosiy faoliyatida muhim ahamiyat kasb etgan. “Tarix, tibbiyot, matematika, astronomiya, me’morchilik sohalarida yuksak salohiyatga ega Amir Temur uchun bu tabiiy hol edi.Mazkur fazilat sohibqironning avlodlari, ayniqsa, Mirzo Ulug’bekka o’tgani shubhasiz. Mirzo Ulug’bekning davlat arbobi bo’lish bilan bir qatorda buyuk olim darajasiga etishishida bobosi Amir Temurning ta’siri benihoya katta bo’lgan. U Ulug’bekdagi noyob iste’dodni boshdanoq payqab, safarlarda ham olib yurib, dunyoning mashhur olimlari tarbiyasidan bahramand etgan”.Mirzo Ulug’bek insoniyatning bir necha ming yillik tafakkur boyliklarini, madaniyma’naviy, ilmiy-falsafiy bilimlarini, tarixiy, diniy, axloqiy merosini, umumbashariyat xazinasiga ulkan ulush qo’shgan buyuk allomalar g’oyalari, qarashlari va ta’limotlarini katta qiziqish, zavq-shavq bilan o’rgangan. U yoshlik kezlaridan boshlab mashhur yunon olimlari Aflotun, Arastu, Gipparx, Ptolomey, Bitlimus va Kolius ta’limotlarini sinchiklab o’rganib, siyosiy, ilmiy-amaliy faoliyatida, kuzatish va tadqiqotlarida ulardan unumli foydalangan.
Ulug’bek diqqat-e’tiboridan Muhammad ibn Muso al – Xorazmiy, Ahmad
Muhammad al – Farg’oniy, Ahmad ibn Abdulla al – Marvaziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy singari buyuk allomalarning tabiiy-ilmiy, falsafiy asarlari, ta’limotlari chetda qolmadi. Ulug’bek Abul Vafoning osmon yoritqichlari harakati nazariyasi va astronomik jadvallari, Abu Mahmudxon Xo’jandiy ixtiro qilgan sekstant, Umar Hayyom rahbarligida isloh qilingan quyosh yilligi, Nasruddin Tusiy tajribalaridan foydalanib, olamshumul kashfiyotlar qilgan.
Ulug’bek qaerda bo’lmasin, G’iyosiddin al-Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi singari zamondosh olimlar va boshqa ko’plab shoirlar, san’atkorlar, tarixchi va faylasuflar, munajjimlar, matematiklar, diniy ulamolar, shayxlar davrasida bo’ldi, ular bilan suhbatlar, ilmiy bahslar o’tkazdi, ahli donishlardan ko’p narsa o’rgandi, shu tariqa aql-idrok va tafakkuri rivojlanib, fikran-ma’nan boyib, dunyoqarashi kengayib va chuqurlashib bordi.Temur va temuriylar davri shart-sharoitlar va ta’lim-tarbiyasi, iqtisodiy-ijtimoiy, g’oyaviy-siyosiy zamin, moddiy-ma’naviy va intellektual imkoniyatlari bo’lmaganda, ehtimol, Mirzo Ulug’bek dunyoga bu qadar dovruq taratgan saltanat sohibi va buyuk mutafakkir bo’la olmasdi.
Allomai jahon Mirzo Ulug’bek ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga alohida ahamiyat berib, atrofiga o’z zamonasining buyuk olimlari, astronomlar va matematiklarni to’plab, ularga homiylik qildi. Uning saroyi madaniyat, ilmu ma’rifatning haqiqiy markaziga aylandi. Ulug’bek davrida “Zubdat ut-tavorix” (“Solnomalar qaymog’i”) nomli ajoyib asar yozgan tarixchi Lutfulla Hofizi Abro’, “At-tarifati Jurjoniy” nomli falsafiy risola muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy, mashhur tibbiyot olimi Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Basotoyi Samarqandiy, zabardast shoirlar Lutfiy, Mavlono Xisliy, Ismatillo Buxoriy, Kamol Badaxshiy, yirik tilshunos va adabiyotshunos Fazlulloh Abullays va boshqa ko’plab dongdor olim va mutaffakirlar yashab, ijod etishgan.Mirzo Ulug’bek jamiyat taraqqiyotini ilm-fansiz tasavvur eta olmagan buyuk alloma sifatida tarixda o’zidan mangu nom qoldirdi. Uningdek ulug’ siymolar, ma’naviyat va ma’rifat daholari insoniyat tarixida kamdan-kam uchraydi. Mutaffakir bobokalonimizning fikricha, jamiyatning hayotiy ehtiyojlarini qondirish zaruriyati asosida yuzaga kelgan ilm-fan uning taraqqiyoti va istiqboli uchun xizmat qilmog’i lozim.Mirzo Ulug’bek Movarounnahrning qariyb qirq yillik hukmdori sifatida ilm-fan, madaniyat va ma’rifat rivojlanishiga alohida e’tibor bilan qaradi. 17 yoshdan boshlab to vafotigacha obodonchilikka, ilm-fanga katta e’tibor berdi. Uning davrida Buxoro,Samarqand, G’ijduvon va boshqa joylarda madrasalar qurildi. Bu madrasalar orasida eng mashhurlaridan biri – 1417-1420 yillarda qurilgan Samarqand madrasasidir. Madrasalarda tabiiy fanlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi ilmlar, fiqh, tafsir, shariat, islom asoslari o’qitilgan.
Samarqanddagi madrasa qurilishi 1417 yili boshlanib, uch yilda qurib bitkaziladi.
Tez orada Ulug’bek madrasaga mudarris va olimlarni to’play boshlaydi va shu tariqa uning falaqiyotshunoslik maktabi shakllanadi. Bu maktabning asosiy mudarrislari ilmiy ishlarga qulay sharoit va panoh izlab Temur davridayoq
Download 22.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling