Bino va inshootlarni loyihalash


Download 94.71 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi94.71 Kb.
#1498988
  1   2
Bog'liq
1 topw




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH UNIVERSITETI


BINO VA INSHOOTLAR QURILIShI FAKULTETI
BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH” KAFEDRASI
QURILISHDA ME’YORIY HUJJATLAR TIZIMI” FANIDAN


1-TOPSHIRIQ
Bajardi:22-21 guruh

Talaba:Ibragimov Lazizbek


Qabul qildi:SH.X. Samiyeva


Toshkent-2023

Angren
Angren (forscha Ohangaron, „temirchilar“ atamasining ruscha buzilgan shakli) — Toshkent viloyatidagi shahar (1941—1946-yillarda shaharcha). Jigariston, Jartepa, Teshiktosh, Qoʻyxona qishloqlari oʻrnida bunyod etilgan. Ohangaron daryosi boʻyida. Toshkentdan 120 km janubi-sharqda. Temiryoʻl stansiyasi. Aholisi 130,0 mingdan ziyod kishi (2000). Ohangaron vodiysining togʻli qismida. Angrenni shimoli-gʻarbdan Chatqol tizmasi, janubiy-sharqdan Qurama togʻ tizmalari oʻrab turadi. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 27°, qishi ancha sovuq, yanvarning oʻrtacha temperaturasi — 2°. Bahorda jala yogʻib, qattiq shamollar boʻlib turadi. Shamolning tezligi 3 — 6 m/sek, baʼzan 15 m/sek ga yetadi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, Ohangaron vodiysida oʻrta asrlarda aholi ancha zich yashagan va temirchilik, hunarmandchilik bilan shugʻullangan. 1934-yildan Ohangaron vodiysida geologik qidiruv ishlari boshlandi. 1940-yil Angrenda dastlabki koʻmir shaxtasi barpo qilinib, 1942-yil ishga tushirildi. Angren qurilishida ayrim xatolarga yoʻl qoʻyildi: chunonchi shaharning asosiy qismi kumir qatlamlari ustiga qurilib qolgan boʻlib, keyinchalik shaharni boshqa joyga koʻchirishga toʻgʻri keldi. 1956-yil martida yangi loyiha tasdiqlanib, yangi shahar eskisi oʻrnidan 7 — 8 km janubi-gʻarbda, Dukantsoy bilan Qorabovsoy va Toshkent — Qoʻqon yoʻli yoqasida koʻmirdan xoli boʻlgan joyda qad koʻtardi. Angren Oʻrta Osiyoda katta ahamiyatga ega boʻlgan koʻmir va energetika sanoati markazi. Urush yillarida Oʻzbekistonning koʻpgina sanoat korxonalari Angren koʻmiri bilan taʼminlanib turdi. Angrenda oziq-ovqat va yengil sanoat korxonalari ham bor. Angrenning eng yirik sanoat kor-xonasi „Oʻzbekkoʻmir“ kombinatidir. Angrenda chiqariladigan koʻmirning 2/3 qismidan koʻprogʻi ochiq usulda qazib olinadi. Angrenda koʻmirning bir qismi „Yerostigaz“ stansiyasida yer qaʼrida gazga aylantirilib Angren GRES va Yangi Angren GRESlarini gaz bilan taʼminlab turadi. Kon uskunalarini tuzatish, sement, temir-beton bu-yumlari va yigʻma temir-beton, tajriba-mexanika, avtomobil taʼmirlash, „Angren rangli metallar“, non, sut zavodlari, „Sanoatkartonsavdo“ hissadorlik jamiyati, „Angrenkulol“ hissadorlik jamiyati, „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish birlashmasi, oltin boyitish fabrikasi, „Ka-olin“ (kaolin boyitish fabrikasi) Oʻzbek-Germaniya qoʻshma korxonasi, 2 yirik avtokorxona, Obliq, noruda materiallar kareri, uysozlik kombinati ishlab turibdi. 1941-yil Toshkent bilan Angren oʻrtasida 114 km li temir yoʻl oʻtkazildi. Toshkent — Angren — Qoʻqon — Namangan — Andijon — Oʻsh avtomobil yoʻli oʻtadi. Angrenda texnika kolleji, texnika, ped., tibbiyot bilim yurtlari, yosh texniklar stansiyasi, 3 musiqa maktabi, sport makta-bi, 5 poliklinika, 6 dispanser, 5 kasal-xona, 3 profilaktoriy, 14 do-rixona, 1 mehmonxona, 35 kutubxona, 4 klub-kinoteatr, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi bor. 1996-yil 3000 kishilik masjid qurildi. Navoiy nomidagi madaniyat saroyi, shahar sport kompleksi, yopiq suzish havzasi, bokschilar saroyi, shaxmat klubi ishlab turibdi. „Angren haqiqati“, „Angrenskaya pravda“ gazetalari nashr qilinadi.


30,00
25,00


20,00
15,00
10,00
5,00
0,00
-5,00
-10,00




Download 94.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling