1-mustaqil ta’lim: O‘zingiz o‘qigan badiiy asaringiz asosida taqriz yozing. Taqrizga namuna


Download 8.33 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi8.33 Kb.
#1481623
Bog'liq
2. 1,2-mustaqil ta'lim.


1-mustaqil ta’lim:
O‘zingiz o‘qigan badiiy asaringiz asosida taqriz yozing.
Taqrizga namuna:
"Taqriz" tanlovi uchun Nilufar Oripovadan "Begona" asariga taqriz.

(O‘qigan asaringiz rasmini joylang..)

Buyuk fransuz yozuvchisi Alber Kamyu qalamiga mansub " Begona " qissasi uning nomini dunyoga tanitdi. Ushbu mo'jazgina qissa orqali adib birgina qahramon timsolida butun fransuz jamiyati hayoti, nafaqat fransuz jamiyati balki, butun insoniyatga taalluqli bo'lgan ma'naviy axloqiy qarashlar haqida g'oyat dolzarb muammolarni yoritib berdi.
Asar 1940 - yilda yozilgan bo'lib , asar haqidagi g'oya yozuvchida 1937 - yildayoq paydo bo'lgan . Asar yozilishiga Alberning bir do'sti bilan bo'lgan suhbati sabab bo'ladi. Asar o'zbek tiliga mahoratli yozuvchi va tarjimon Ahmad A'zam tomonidan tarjima qilingan.
Asar 1942 - yilda nashrdan chiqqach, ko'pgina adabiyotshunoslar va tanqidchilar tomonidan yuksak baholanadi. Alber Kamyu " G'arbning vijdoni " nomini olgan ekzentializm yo'nalishining ulkan namoyondasidir.
Asarda bosh qahramon Merso ismli shaxs bo'lib , u jamiyatdan , jamiyatda o'rnatilgan odob axloq qoidalaridan begonalashib ketgan . U hayotda nima uchun yashayotgani bilmaydi, hech qanday maqsadsiz yashaydi. Unga hech kimning keragi yo'q, hatto onaning ham!!! Merso xuddi manqurtga o'xshaydi. Uning hayoti o'ta beg'am va betashvish . Unga hech qanday insoniy tuyg'ularning, kechinmalarning ham zarracha ta'siri yo'q. Merso nima uchun arabni o'ldirib qo'yganini ham tushuntirib berolmaydi. ( quyoshni to'sdi degan bahona bilan o'zini oqlaydi) Asar o'lim bilan boshlanib o'lim bilan yakunlanadi.
Adibning o'zi ushbu asarga " Jamiyatda shunchaki rasmiyatchilik uchun o'rnatilgan odob axloq qoidalariga bo'ysunmaslik!" - deya baho bergan edi.
Asardagi bosh g'oya - insonlarning bir biriga mehrsizligi, jamiyatda odob axloq qoidalarining qadrsizlanayotgani, e'tiqodning yo'qligi, Xudoga ishonmaslik , odamlar orasida kelajakka ishonchsizlik, faqat bugungi kuni bilan yashash kabilardir.
Alber Kamyu " Begona" qissasi orqali o'sha davr jamiyatidagi shaxslar qiyofasini to'la ochib berolgan . Mersoga o'xshagan shaxslar jamiyatda bor ekani , insoniyat ma'naviy axloqiy qiyofasini yo'qotsa qanday tubanliklarga borishi haqidagi qarashlar bayon qilingan... Go'yo jamiyat Mersoni o'zi yaratdi- yu , keyin uni yana o'zidan soqit qilib siqib chiqardi...
Bugungi kun kitobxoni ushbu asarni o'qish orqali o'ziga chetdan nazar soladi, qanday yashayotgani, yaqinlariga bo'lgan munosabatini tahlil qiladi. Eng muhimi, kitobxon o'zligini anglashga intiladi...
Asardan parcha: "Derazani yopib qaytayotganimda, ko'zguda stolning bir burchagi uning ustidagi manqaldon, burda nonlarni ko'rdim. Va o'yladim- mana, yakshanba ham o'tdi, onamni ko'mdik, ertaga yana ishga boraman va mohiyatan olganda hech narsa o'zgargani yo'q "
2-mustaqil ta’lim:
1. “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim”.
2. “Axborot texnologiyalarining hozirgi davrdagi ahamiyati”.
3. Akademik yozuv fanining dolzarbligi.
Berilgan mavzulardan ixtiyoriy birini tanlab oling va 5 sahifalik doklad matnini tayyorlang.PDF shaklda hemisga yuklang.
Download 8.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling