1-Mustaqil ta’lim Surxondaryo shaharlarining respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni


Download 26.03 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi26.03 Kb.
#1473899
Bog'liq
1-Mustaqil ta’lim 1.8-javob


1-Mustaqil ta’lim

8. Surxondaryo shaharlarining respublika iqtisodiyotida tutgan o‘rni.



Surхondaryo O‘zbеkistonning eng janubida joylashgan. Viloyatning Surхon–Shеrobod vodiysidan bo‘lak qismi, asosan, tog‘lardan iborat. Tog‘lar shimoldan kеladigan sovuq havo oqimini to‘sib turadi. Shu sababli viloyat O‘zbеkistonning subtropik o‘lkasi hisoblanadi. Hududning yana bir o‘ziga хosligi janubdan issiq va quruq «afg‘on shamoli» esib, ekinlarga jiddiy zarar yеtkazishidir. Ziroatchilikni tashkil etishda, albatta, bu omil e’tiborga olinadi.
Surxondaryoda 8 ta shahar va 114 ta shaharchalar qayd etilgan. Viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar Termiz va Denov. Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar esa 6 ta (Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Sharg‘un, Sherobod). Ularda 877,6 ming kishi yoki jami aholining 35,6 foizi yashaydi (taqqoslash uchun, 2008-yilda urbanizatsiya darajasi Surxondaryoda 19,1 % bo‘lgan). Bu jihatdan u mamlakatimizda faqat Xorazm viloyatidan oldinda turadi, xolos (respublika shahar aholisining atigi 5,4 foizi).
Viloyat shahar manzilgohlarining hududiy tarkibiga e’tibor bersak, eng ko‘p shaharlar soni Denov va Qumqo‘rg‘on tumanlariga to‘g‘ri keladi. Mazkur tumanlarda viloyatdagi shaharlaming qariyb % qismi joylashgan. 2009-yildagi urbanistik o‘zgarishlardan so‘ng mintaqa shaharchalari soni yana 107 taga ko‘paydi (respublika yangi shaharchalarining 10,7 foizi). Bunday agroshaharchalaming eng ko‘pi Oltinsoyda (14 ta), Denov va Angorda (11 tadan), Qumqo‘rg‘on va Muzrabotda (10 tadan) kuzatiladi (2-ilova). Ayni vaqtda ulaming eng kam miqdori Bandixon tumaniga to‘g‘ri kelib, bu yerda birgina tuman markazi - Bandixon shaharcha maqomini olgan, xolos. Biroq yirik qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomini berilishi, mintaqa iqtisodiy taraqqiyotiga unchalik ta’sir ko‘rsatmadi. Buning boisi, mazkur shaharchalarning kelgusi taraqqiyotida ko‘proq aholi soni asos qilib olindi va ularning aksariyati shaharcha mezonlariga unchalik javob bermaydi.
Shaharlaming ma’lum hududda vujudga kelishida bevosita shu joyning geografik o‘mi, tabiiy-iqlimiy sharoiti va albatta, iqtisodiy imkoniyatlariga (transport, foydali qazilmalar, aholi va mehnat resurslarining to‘planishi, ishlab chiqarishni tashkil etish va rivojlantirish istiqbollari va boshqalar) bog‘liq.
Mintaqa shaharlar to‘ri va tarkibining shakllanishida muhim o‘rinni tabiiy sharoit va resurslar, shuningdek, transport kommunikatsiyalari egallaydi. Surxondaryo shahar aholi manzilgohlarining zichligi, hududiy urbanistik tarkibiga ko‘ra boshqa mintaqalardan ancha farq qiladi. Hudud aholi manzilgohlari joylashuvini markazdan shimoli-sharq tomonga yo‘nalgan transport yo‘llari (Termiz-Denov yo‘nalishi) hamda daryo vodiylari (Surxondaryo, Sheroboddaryo) belgilab beradi. Mintaqa shaharlar to‘rida yangi o‘zlashtirilgan Surxon-Sherobod massivi yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Dastlab Surxondaryo hududida bir necha asrlik tarixga ega Termiz, Chag‘aniyon va Dalvarzintepa shaharlari shakllangan boisa, keyinchalik (1916-y.) Kogon-Termiz, sobiq Ittifoq davrida Termiz-Dushanbe, Termiz-Qo‘rg‘ontepa-Yovon temir yo‘llarining qurilishi natijasida (Denov, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi) “yangi” sanoat shaharlari paydo bo‘ldi. Resurs shaharlar Sharg‘un, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Kokaydi, Elbayon foydali qazilmalar negizida, Qumqo‘rg‘on, Sherobod, Sariq, Angor qo‘riq yerlami o‘zlashtirish asosida bunyod etilgan.
Mintaqa urbanizatsiyasi, demografik nuqtayi nazardan qaraganda, asosan, kichik va o‘rta, qishloq tuman markazlari va agrosanoat korxonalariga ega bo‘lgan shaharlar hisobiga rivojlanib bormoqda.
Zamonaviy shaharshunoslik va shaharlar geografiyasida funksional tiplarga ajratishda ishlab chiqarish va xizmatlarning ixtisoslashuvi, shuningdek, ularning mamlakat shaharlar tizimidagi roliga asosiy e’tibor qaratiladi. Mintaqadagi mavjud shaharlarning aksariyati tuman markazlari yoki agroshaharcha funksiyasiga mos keladi. Yoqilg‘i-energetika, qurilish materiallari, farmatsevtika, oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlari respublika mehnat taqsimotidagi o‘mini ifodalab beradi. Xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish hamda ko‘rsatilgan xizmatlarda Surxon sanoat rayoni shaharlari - Denov, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi va Termiz shahri yetakchilik qiladi. Masalan, mintaqaning “ikkinchi” shahri Denov shahar aholisining 9,6 foizi, yalpi sanoat mahsulotining 13,1 foizi va iste’mol mollarining esa 28 foizini o‘zida jamlagan. Shaharda faoliyat yuritayotgan “Denov vino-araq” HJ, “Denov yog‘-ekstraksiya” OAJ, sut, konserva, momiq-paxta fabrikasi, paxta tozalash korxonalarining ulushi yuqori. Sho‘rchi shahri sanoat mahsuloti va xalq iste’mol tovarlarini aholining hududiy mujassamlashuv darajasiga qaraganda ancha ko‘p ishlab chiqaradi. Ushbu ko.‘rsatkichlaming asosiy qismi shaharda joylashgan “Sho‘rchi don mahsulotlari” OTAJ hisobiga to‘g‘ri keladi. Ushbu ikki shahar asosan yengil sanoat tarmog‘iga ixtisoslashgan, buni ularning iste’mol tovarlaridagi hissasidan ham ko‘rish mumkin (Qurbonov P., 2012). Ayni paytda mintaqaning sanoat salohiyati kuchsiz, uning diversifikatsiyasi tor ko‘lamga ega ekanligini qayd etish kerak. Bundan tashqari, sanoat asosiy shahar hosil qiluvchi omil sanalgan Jarqo‘rg‘onda “Jarqo‘rg‘onneft” korxonasi, Boysun va Sharg‘unda yoqilg‘i sanoati, Lalmikorda neft sanoati va To‘palang GESni keltirish mumkin.
Viloyat shaharlari mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Eng yerik shaharlari Termiz va Denov hisoblanadi.
Termiz viloyatning ma’muriy hamda madaniy markazidir. U O‘rta Osiyoning  qadimiy shaharlaridan  hisoblanadi. O‘tgan asr boshlariga qadar Termiz harbiy va kichik chegara shahri edi. Unda yarim hunarmandchilik holatidagi bittagina paxta tozalaydigan zavod bo‘lgan. Hozirgi Termiz obod shahar. Amudaryo porti hamda temiryo‘l va avtomobil yo‘li qurilgach, shahar muhim transport tuguni bo‘lib qoldi. 1995-yilda Termizda yangi zamonaviy aeroport qurildi.
Afg‘onistonga va u orqali boshqa davlatlarga chiqariladigan hamda xorijdan keltiriladigan yuklarning talay qismi Termiz porti orqali o‘tadi. Demak, Termiz qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlovchi markaz hamda yirik daryo porti sifatida rivojlanmoqda. Shaharda paxta tozalash zavodi, sut-yog‘, non va go‘sht kombinatlari, limonad zavodi, binokorlik materiallari ishlab chiqara digan va boshqa mahalliy sanoat korxona lari bor. Shaharda zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan Termiz davlat universiteti viloyatda ilmiy, ma’rifiy va madaniy markaz hisoblanadi. Shaharda, shuningdek, kino teatrlar, kutub xonalar, klublar, o‘lkashunoslik muzeyi faoliyat ko‘rsatmoqda. Termizda hayvonot bog‘i ham mavjud.
Denov – qadimgi yirik savdo va hunarmandchilik qishlog‘i o‘rnida barpo bo‘lgan shahar. 1929-yilda Denovdan temiryo‘l o‘tgach, ishlab chiqarish tez rivojlana boshladi. Denov sanoati qishloq xo‘jalik xomashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Unda paxta tozalash, sharob, moy-sut, motor ta’mirlash, g‘isht zavodlari bor. R.Shreder nomidagi Respublika bog‘dorchilik, uzumchilik va sharobchilik ilmiy tadqiqot institutining tajriba stansiyasi shu shaharda.



Download 26.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling