1. Mustaqillik me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi


Download 43.99 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi43.99 Kb.
#1769506
  1   2
Bog'liq
7-mavzu


7-mavzu: Mustaqillik me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat ramzlari.
Reja:
1.Mustaqillik me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi.
2. Mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati.
3.Davlat ramzlari.


  1. Konstitutsiyaviy islohotlar va yangi Konstitutsiya yaratilishining zarurligi «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» kitobida davlatimiz rahbari Islom Karimov mamlakatimiz o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritish arafasida va undan keyingi dastlabki davrda olib borilgan jo‘shqin va serqirra siyosiy-ijtimoiy faoliyatni tahlil etgan. O‘sha murakkab va mas’uliyatli davrda mustaqillikka erishish, yangi qonuniy asoslarda milliy davlatchilikni qaror toptirish, respublikani barqaror rivojlantirish, siyosiy suverenitetni ta’minlash uchun jiddiy siyosiy islohotlar, shu jumladan konstitutsiyaviy islohotlar o‘tkazish zarurligi tushunarli holdir. Shunday islohotlar tizimidagi dastlabki muhim qadam – 1990-yil 24-martda O‘zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish bo‘ldi. «Prezident institutining joriy etilishi – respublikamiz uchun suverenitet va davlatchilikda prinsip jihatdan yangi bosqichga o‘tilishini bildiradi. Haqiqiy davlatchilik hokimiyatning bunday tuzilmasini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega»1 , – deb ta’kidladi Islom Karimov. Xalqimizning istiqlolga bo‘lgan intilishini ifoda etib, O‘zbekiston SSR Oliy Soveti 1990-yil 20-iyunda bo‘lib o‘tgan ikkinchi sessiyasida «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Ushbu hujjat demokratik davlat hokimiyati ega bo‘lishi lozim bo‘lgan belgilarni mustahkamladi. Eng muhimi, uning yakunlovchi bandida «Ushbu Deklaratsiya O‘zbekiston SSRning yangi Konstitusiyasini ... ishlab chiqish uchun asosdir», deb e’tirof etildi. Aynan shu sessiyada O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun Islom Karimov raisligida Konstitutsiyaviy komissiya tuzildi va u davlatimizning yangi Asosiy qonuni loyihasini yaratish ustida faol ish boshladi. 1991-yil 31-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VI sessiyasida parlamentning «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida» qarori qabul qilindi. Mazkur qonun o‘zida Konstitutsiyada mustahkamlanishga loyiq bo‘lgan bir qator muhim prinsipial qoidalarni mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir. Mustaqillik arafasidagi konstitutsiyaviy islohotlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishiga siyosiy-huquqiy asos yaratgan bo‘lsa, o‘z navbatida, Konstitutsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini 1 Каримов И. А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т., 2011. – Б. 147. 47 shakllantirish va huquqiy davlatni barpo etishga yo‘naltirilgan islohotlarga huquqiy poydevor vazifasini o‘tamoqda. Konstitutsiyaviy islohotlarning zarurligiga, Konstitutsiyamizning dunyoga kelishiga ikki asosiy omil sabab bo‘ldi. Bulardan birinchisi jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo‘li, ya’ni O‘zbekistonning jahon taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlar va yo‘nalishlarga muvofiq ravishda dunyo hamjamiyatiga kirib borishi bo‘ldi. Konstitutsiya va qonunlarni qayta ko‘rib chiqmasdan turib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishni amalga oshirib bo‘lmasdi. Konstitutsiya butun qonunchilikning umurtqa suyagi bo‘lib xizmat qilmog‘i lozim edi. Davr xususiyatlarini, taraqqiyotning yangi sharoitlarini hisobga olgan Konstitutsiya negizidagina bozor iqtisodiyotidan kelib chiquvchi ijtimoiy munosabatlarga o‘tishni amalga oshirib bo‘lardi1 . O‘zbekiston Prezidenti respublika o‘z taraqqiyot yo‘lini Konstitutsiyaga asosan belgilab olishi lozimligini qayta-qayta ta’kidlab: «Davlatimizning kelajagi, xalqimizning taqdiri ko‘p jihatdan Konstitutsiyamiz qanday bo‘lishiga bog‘liq»2 . O‘zbekistonda davlat mustaqilligi e’lon qilinganligi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilishni taqozo etgan ikkinchi omil bo‘ldi. O‘zbekiston hududida amal qilib kelgan barcha konstitutsiyalar o‘z xalqi va hududini erkin va demokratik asosda boshqaradigan mustaqil davlat konstitusiyalari emas edi. Respublika o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, tabiiy ravishda, mazkur davlat mustaqilligini Konstitutsiya asosida mustah-kamlab qo‘yish muammosi butun bo‘y-basti va kuchi bilan ko‘ndalang bo‘ldi. Konstitutsiyada yangi davlatning tabiati, uning ichki va tashqi siyosati tamoyillari, inson huquqlariga, davlat suverenligiga, demokratiyaning va ijtimoiy adolatning oliy maqsadlariga sodiqligi mustahkamlab qo‘yilmog‘i lozim edi. Konstitutsiya o‘zbek davlatchiligi rivojlanishidagi tarixiy tajribani hisobga olishi, xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalari ustuvorligiga tayanishi, fuqarolar uchun munosib hayotni ta’minlashga asos bo‘lishi, barqaror madaniy bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati bunyod etishga yo‘naltirilishi kerak edi. Ma’lumki, har qanday konstitutsiya muayyan tarixiy davrning, ijtimoiy-siyosiy tuzumning in’ikosi, tegishli davlat hokimiyati ijodining mahsulidir. Biron-bir konstitutsiya abadiylikka, o‘zgarmaslikka, mutlaqlikka da’vo qilolmaydi. Jamiyat hayoti rivojlanishi, o‘zgarishi, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishi bilan eski tuzumni aks ettirgan, uning 1 Qarang: Ўразаев Ш. З. Мустақил Ўзбекистон Конституцияси. – Т., 1993. – Б. 11–12. 2 Каримов И. А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқитисод, сиёсат, мафкура. Т. 1. – Т., 1996. – Б.124. 48 manfaatlariga xizmat qilgan konstitutsiya tabiiy ravishda o‘zgartirilishi shart bo‘lib qoladi. Konstitutsiya jamiyatdagi o‘zgarishlarga mos bo‘lsagina, ijtimoiy-siyosiy tuzum hamda davlatchilik mohiyatiga muvofiq kelsagina, o‘z funksiyasini muvaffaqiyatli ado etishi mumkin. Basharti, konstitusiya jamiyat ehtiyojlariga, o‘ziga yuklatilgan ijtimoiy vazifa talablariga javob bermay qo‘ysa, konstitutsiyaviy islohot zarurati kelib chiqadi. O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida O‘zbekistonda xuddi shunday vaziyat vujudga keldi. Sobiq Ittifoq parchalanishi natijasida totalitar tuzum barbod bo‘ldi. O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy tuzum o‘zgardi. U mustaqil suveren davlatga aylandi. O‘sha muhit nuqtai nazaridan ta’kidlash joizki, O‘zbekistonning 1978-yilgi Konstitutsiyasi mustaqil davlatimizning yangi maqomiga, oldiga qo‘yayotgan fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish maqsad va vazifalariga, alalxusus, shaxs bilan davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni huquq asosida hal etish talablariga javob bermay qo‘ygan edi. Yangi Asosiy qonun loyihasini tayyorlash faol amaliy konstitutsiyaviy islohot jarayoni bilan uzviy bog‘liqlikda olib borildi. 1990–1992-yillarda O‘zbekistonning 1978-yilgi Konstitusiyasiga 100 dan ortiq o‘ta muhim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Bular jumlasiga, siyosiy sohada: prezidentlik lavozimi va yuqoridan to quyigacha ijro etish hokimiyati tizimini ta’sis etish, konstitutsiyaviy nazoratni joriy qilish, saylov tizimi va sudlarni saylashdagi o‘zgartishlar, bir partiyalilikdan ko‘p partiyaviylikka o‘tishga qaratilgan qo‘shimchalar kiradi. Iqtisodiy sohada: yangi jamiyatning mulkchiligi asoslarini davlat mulki hukmronligi emas, balki turli mulkchilik shakllari va ularning huquqiy tengligi tashkil etishi haqidagi konstitutsiyaviy qoida belgilandi. Ma’naviy sohada: yagona hukmron kommunistik mafkuradan va faqat sinfiylikka asoslanishdan voz kechildi, umuminsoniy qadriyatlarga tayanib, hur fikrlilik, vijdon erkinligi va boshqa shaxsiy huquqlarning qonunan amal qilishini e’tirof etish haqida qo‘shimchalar kiritildi. Bu sohalardagi har bir konstitutsiyaviy o‘zgartish ijtimoiy turmush sinovidan o‘tdi. Shuning uchun ham Konstitutsiyaviy komissiya taraqqiyotimizning talablariga javob beradigan, hayot tekshiruvidan o‘tgan, so‘nggi yillarda joriy qilingan qator yangi konstitutsiyaviy qoidalarni Asosiy qonun loyihasiga kiritdi. Jamiyatimiz butun siyosiy va huquqiy tizimini tubdan o‘zgartirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan konstitutsiyaviy islohot bir qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, agar ilgarilari qonunchilikni o‘zgartirish, odatda, yangi konstitutsiyani qabul qilishdan boshlanib, keyin tarmoq qonunlarini astasekin o‘z ichiga ola borsa, endilikda u butunlay boshqacha amalga oshirildi. 49 Garchi muayyan o‘zaro bog‘liqlik saqlanib qolgan bo‘lsa-da, endilikda konstitutsiya va amal qilayotgan qonunlarga kiritilayotgan tuzatishlar bilan qo‘shimchalar o‘rtasida ilgarigidek bog‘liqlik yo‘q edi. Shu jihatdan olib qaralganda, konstitutsiyaning qabul qilinishi butun huquqiy islohotning eng yuqori nuqtasi bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida o‘zining Asosiy qonunini o‘zi ishlab chiqdi. Bunda xalqaro huquq me’yorlari, umumbashariy huquqiy qadriyatlar, ilg‘or xorijiy konstitutsiyaviy tajriba o‘ziga xos mezon bo‘lib xizmat qildi. Uchinchidan, respublikadagi bir qator konstitutsiyaviy o‘zgarishlar sobiq Ittifoqdagi o‘zgarishlardan ham oldin amalga oshirildi. Chunki prezidentlik lavozimi, Ministrlar Soveti o‘rniga Vazirlar Mahkamasi birinchi bo‘lib O‘zbekistonda ta’sis etilib, ijro etuvchi hokimiyatning tizimi bevosita respublika Prezidentiga bo‘ysundirildi. To‘rtinchidan, konstitutsiya yo‘li bilan tartibga solish ko‘lamining kengayish jarayoni ko‘zga tashlandi. Bu o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishini konstitutsiya yo‘li bilan mustahkamlash, Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasini ta’sis etish, O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan respublika prokurorining tayinlanishi kabi hollarda o‘z ifodasini topdi. Mazkur muhim konstitutsiyaviy o‘zgartishlar O‘zbekiston mustaqilligi arafasida amalga oshirildi. Bular konstitutsiyaviy islohotning birinchi bosqichi mazmunini tashkil etadi. Konstitutsiyaviy islohotning ikkinchi bosqichi 1991-yil 31-avgustdan to 1992-yil 8-dekabrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu bosqichning xususiyati O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun bilan belgilanadi. O‘zbekistondagi konstitutsiyaviy islohotning va taraqqiyotning uchinchi bosqichi respublikamizning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan boshlandi. O‘zbekiston Respublikasida ikki palatali parlamentga o‘tilishi bilan bog‘liq yangilanishlarni konstitutsiyaviy islohotlarning to‘rtinchi bosqichi deb izohlash mumkin. Bu yo‘nalishdagi eng muhim qadam 2002-yil 27-yanvarda o‘tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko‘ra ikki palatali parlamentga o‘tilishi munosabati bilan 2003-yil 24-apreldagi qonun vositasida Konstitutsiyaga tuzatish va qo‘shimchalar kiritildi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi oliy davlat vakillik organi ekanligi mustahkamlandi. Har ikkala palataning birgalikdagi va mutlaq vakolatlari belgilandi, Prezidentning ayrim vakolatlarini Senatga yoki palatalarning birgalikdagi vakolatlari doirasiga o‘tkazish yo‘li bilan kengaytirildi. Konstitutsiyaviy qonunchilikdagi novellalar parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini 50 yanada demokratlashtirishga, parlament nazoratini kuchaytirishga, saylov tizimi takomillashuviga taalluqli bo‘ldi. Mustaqil O‘zbekistonning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinishi bir qator jihatlar bilan tavsiflanadi: 1) O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgandan so‘ng muqarrar ravishda o‘zining Asosiy qonunini qabul qilishga zarurat tug‘ildi. Chunki har bir mustaqil davlat o‘zining konstitutsiyasiga ega bo‘lishi kerak; 2) biz bozor iqtisodiyoti tomon odimlab, butunlay yangi iqtisodiy tuzumga o‘tayapmiz. Jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotidagi eng asosiy munosabatlar Konstitutsiya bilan tartibga solinadi; 3) qabul qilingan Konstitutsiya mustaqil ravishda jahon va tarixiy konstitutsiyaviy tajriba va amaliyotdan kelib chiqib tayyorlandi; 4) Asosiy qonunimizda yangi konstitutsiyaviy institutlar o‘z aksini topdi. Bunday institutlar jumlasiga prezidentlik va hokimlik institutlari, konstitutsiyaviy sud, saylov tizimidagi o‘zgarishlar, ko‘ppartiyaviylik, mulkchilikning xilma-xilligi kabilar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi avvalgi konstitutsiyalar va boshqa davlatlarning Asosiy qonunlaridan quyidagi xususiyatlar bilan farq qiladi: – avvalambor, o‘zining tub mohiyati va maqsadlari: ya’ni, fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy davlatni barpo etishga poydevor bo‘lishi bilan; – o‘zining ichki tuzilishi va yangi konstitutsiyaviy institutlari bilan; – boshqa konstitutsiyalardan farqli o‘laroq, o‘ta mafkuralashmagan va siyosatlashtirish ruhi bilan sug‘orilmagan; – jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilgan xalqaro huquqning talab va qoidalariga to‘la javob beradigan tarzda tayyorlangan, chunki O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyekti sifatida o‘zining Konstitutsiyasida shunday talab va qoidalarni tan oldi va mustahkamladi; – jahon konstitutsiyaviy tajribasiga tayanganligi va uning ijobiy tomonlaridan unumli foydalanilganligi bilan ajralib turadi. 2-§. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi Milliy istiqlol hamda davlat mustaqilligiga erishish sharofati bilan o‘tgan asrning so‘nggi o‘n yilligida O‘zbekiston Respublikasining tamomila yangi, demokratik Konstitutsiyasini yaratishdek ulkan tarixiy imkoniyat yuzaga keldi. O‘zbekiston Respublikasi XII chaqiriq Oliy Kengashining 1992-yil 8-dekabrdagi o‘n birinchi sessiyasi tomonidan suveren davlatimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo‘ldi. Konstitutsiya dunyo siyosiy xaritasida yangi suveren demokratik davlat – O‘zbekiston Respublikasi qaror topganligini qonunlashtirdi. Butun 51 jahon ahliga xalqimizning xohish-irodasi bayon qilinib, unda o‘zbek davlatchiligini zamonaviy ma’rifiy asoslarda qayta tiklash, tinch-totuv yashash va tinchlikni barcha choralar bilan mustahkamlash, demokratiyani chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti g‘oyalariga sodiq qolish, adolatli huquqiy davlat barpo etish, fuqarolar osoyishtaligi hamda milliy hamjihatlikni ta’minlash kabi olijanob niyatlar e’lon qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Konstitutsiyaviy komissiyaning raisi Islom Karimov Oliy Kengashning o‘n birinchi sessiyasida Konstitutsiya loyihasi yuzasidan so‘zlagan nutqida shunday deb ta’kidladi: «Hur O‘zbekistonimiz tarixida birinchi Konstitutsiyani qabul qilish – jumhuriyatimizning yangidan tug‘ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar»1 . O‘zbekistonning Konstitutsiyasi oliy darajadagi qonun sifatida davlatimizning qiyofasini, uning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy tuzumini, boshqaruvning demokratik prinsiplarini, jamiyat rivojlanishining strategik yo‘nalishlarini, fuqarolar huquq va erkinliklari kafolatlanganligini, ma’naviy qadriyatlarimiz asoslarini mustahkamlab berdi. «Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir, – deb baho berdi mamlakatimiz Prezidenti, – unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q. Jamiki dunyoviy ne’matlar orasida eng ulug‘i – inson degan fikrni ilgari surdik va shu asosda «fuqaro – jamiyat – davlat» o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oqilona huquqiy yechimini topishga intildik»2 . O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini yaratish g‘oyasi 1990-yil 20-iyunda Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur Deklaratsiyani qabul qilgan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasi bu hujjatdagi prinsiplar asosida davlatning yangi konstitutsiyasi ishlab chiqilishi lozim degan xulosaga keldi. Sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi3 . Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar va xo‘jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirdi. Oliy Kengashning o‘ninchi sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilandi4 . Ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotimizda hayotiy ehtiyoj tarzida ro‘y 1 Каримов И. А. Ўзбекистон – келажаги буюк давлат. – Т., 1992. – Б. 44. 2 O‘sha manba. – Б. 37. 3 Qarang: Ўзбекистон ССР Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1990. – 16 сон. 4 Qarang: Ўзбекистон Рспубликаси Олий Кенгашининг ахборотномаси. – 1992. – 9-сон. – 326 – 327-моддалар. 52 berayotgan real o‘zgarishlar, o‘z navbatida, siyosiy va huquqiy tafakkurni shakllantirib bordi. Konstitutsiya loyihasi ustida bevosita ishlashni faollashtirishga vaziyat yetilgach, Konstitutsiyaviy komissiya 1991-yil 12-aprelda Islom Karimov raisligida o‘zining navbatdagi majlisiga to‘plandi. Konstitutsiya loyihasini yaratish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va ijodiy jarayonni muvofiqlashtirib borish uchun Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari hamda yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tashkil etildi. Uning tarkibiga qonun chiqaruvchi idora bir necha qo‘mitalarining raislari, vazirliklar, sud, prokuratura idoralarining rahbarlari, respublika Prezidenti devoni va Oliy Kengash devonining mas’ul xodimlari kirdi. Shuningdek, Konstitutsiya loyihasining mo‘ljallanayotgan bo‘limlarini tayyorlash uchun 6 ta kichik guruhlar tashkil etildi. Kichik guruhlar tarkibiga 50 nafar ilmiy xodim va mutaxassis jalb qilindi. Bu kichik guruhlar quyidagilardan iborat edi: 1) Konstitutsiyaning muqaddimasi bo‘yicha; 2) O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslari bo‘limi bo‘yicha; 3) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari bo‘limi bo‘yicha; 4) jamiyat va shaxs bo‘limi bo‘yicha; 5) davlat tuzilishi bo‘limi bo‘yicha; 6) davlat hokimiyati tizimi va yakuniy qoidalar bo‘yicha1 . Konstitutsiyaviy komissiya raisi ishchi guruh oldiga quyidagi vazifalarni qo‘ydi: konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasini o‘rganish, boshqa mamlakatlarning inson huquqlari borasida, demokratiya va qonunchilik sohasida qo‘lga kiritgan yutuqlarini hisobga olish, keng xalq ommasi diliga yaqin va tushunarli bo‘lgan siyosiy-yuridik hujjat yaratish kabilar. Mazkur topshiriqqa muvofiq, AQSh, Fransiya, Kanada, Germaniya, Shvetsiya, Yaponiya, Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Turkiya, Eron, Hindiston, Pokiston, Misr, Vengriya, Bolgariya, Litva davlatlarining konstitutsiyalari chuqur qiyosiy o‘rganildi. Shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasi, Belorus, Ukraina, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston Respublikalarining konstitutsiya loyihalari diqqat bilan o‘rganib chiqildi. Yuqorida keltirilgan manbalarni tahlil etish asosida xorijiy davlatlar konstitutsiyalarining mazmuni va tuzilishini tavsiflovchi kattagina hajmli qiyosiy jadval tayyorlandi. Ushbu tahliliy jadval jahon konstitutsiyashunosligi tajribasi namunalarining umumlashmasi sifatida Respublikamiz Prezidenti tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganib chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasini yaratishda salmoqli nazariy, konseptual zaminga tayanildi.

  2. Konstitutsiyaviy huquqning manbalari yuridik adabiyotda ikki ma’noda talqin qilinadi: birinchisi – konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni yuzaga keltiruvchi kuch, ya’ni muayyan siyosiy irodani o‘zida mujassam etgan davlat hokimiyati ikkinchisi – mazkur normalarni ifodalovchi turli shakllardagi normativ-huquqiy hujjatlar. Davlat hokimiyati jamiyat ehtiyojlaridan va ijtimoiy munosabatlarning rivojlanish yo‘nalishlaridan kelib chiqib huquqiy normalar qabul qiladi. Har qanday konstitutsiyaviy-huquqiy normada davlat hokimiyatining muayyan irodasi o‘z ifodasini topadi. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni o‘zida jamlab turuvchi hamda ifodalovchi normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonun, joriy qonun, farmon va boshqa huquqiy aktlar ko‘rinishida bo‘ladi. 26 Konstitutsiyaviy huquqning manbalari (shakllari) bo‘lmish normativhuquqiy hujjatlar quyidagicha tasnif etiladi: a) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; b) O‘zbekiston Respublikasining qonunlari; d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari; e) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari; f) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari; g) vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining hujjatlari; h) mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari. Manbalarning mazkur ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunining 5-moddasida keltirilgan1 . Konstitutsiyaviy huquq manbalari (huquqiy hujjatlarning shakllari)ga o‘zaro ichki mutanosiblik, muvofiqlik hamda tobelik munosabatlari xos. Ular muayyan iyerarxiyani, ya’ni yuqoridan pastga qarab, pog‘onamapog‘ona tobelik asosida joylashuvchi normativ-huquqiy hujjatlar tuzilmasini tashkil etadi. Bunda yuridik kuchi katta huquqiy aktlar boshqasiga nisbatan yuqori pog‘onani egallaydi. Masalan, Konstitutsiya o‘z yuridik kuchiga ko‘ra eng oliy huquqiy-normativ hujjat bo‘lib, «huquqiy ehrom»ning cho‘qqisida turadi. Undan keyin konstitutsiyaviy qonun va yuqoridagi manbalarda «oddiy» deb qayd etilgan qonunlar o‘rin egallaydi. Qonunlar farmonlar va hukumat qarorlaridan hamda qolgan barcha quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlardan ustun turadi va hokazo. Muayyan konstitutsiyaviy munosabatni tartibga soluvchi huquqiy norma qanday shaklda ifodalanishi, amalga oshishi ikkinchi darajali masala emas. Bu yerda manbalar o‘rtasida ziddiyatlarni bartaraf eta oladigan qat’iy tartib bo‘lmog‘i kerak. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maqomini o‘zgartirish farmon yoki hukumat qarori bilan amalga oshirilmaydi. Bu Konstitutsiya yoki konstitutsiyaviy qonunning predmetini tashkil etadigan masaladir. Qonunga farmon bilan o‘zgartish va qo‘shimcha kiritish mumkin emas. Qonun faqat yangi qonun bilan o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti, respublika davlat boshqaruv organlarining, shuningdek hokimlarning qabul qilgan g‘ayriqonuniy hujjatlarini to‘xtatadi, bekor qiladi. Konstitutsiyaga zid qonun, farmon va hukumat qarorlari Konstitutsiyaviy sud xulosasi asosida amal qilishdan to‘xtatiladi. 1 Qarang: Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг ахборотномаси. – 2001. – 1–2 сонлар. – 8-модда. 27 U yoki bu hujjatni huquqning manbai sifatida tan olish muayyan huquqiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Buning ma’nosi shundaki, «manba» deb tan olingan hujjat fuqarolar va boshqa tegishli subyektlar uchun muayyan huquq va majburiyatlarni yuzaga keltiradi. Natijada, subyektlar o‘z huquqlarini sud tartibida himoya qilishni talab eta oladilar. Konstitutsiyaviy-huquqiy normalarga xos shakllarning xususiyati nafaqat ularning mazmunida (zero, muayyan mazmunga tegishli shakl muvofiq keladi), balki ularni qabul qilish shaklida ham ifodalanadi. Masalan, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari Konstitusiyada va qat’iy belgilangan tartibda mustahkamlanadi. Konstitutsiyaviy huquq manbalari ikki asosiy sohani: tabiiy huquq va davlat tomonidan yaratilgan ijobiy huquq (pozitiv huquq) sohalarini tashkil etadi. 1. Tabiiy huquq. Huquq normalarini faqat davlat tomonidan yaratilgan yozma huquqdan iborat deb cheklab bo‘lmaydi. Bu ayniqsa, konstitutsiyaviy huquqqa taalluqli, chunki u inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishga qaratilgandir. Pozitiv huquqiy tartibga solish og‘ib ketishlar xavfi va avtoritar qaror qabul qilish istagiga yaqindir. Yodda tutish kerakki, bu qusurlardan tashqari, insonlarning huquq mazmun-mohiyatiga oid erkinlik va ozodlik haqidagi umuminsoniy tasavvurlari ham mavjuddir. Bu tasavvurlar abadiy qadriyatlar sirasiga kiradi va har qanday huquq tizimining demokratikligi darajasini belgilovchi bosh mezon bo‘lib xizmat qiladi. Tabiiy huquqni tabiatan insonga xos erkinlik holati va uzviy ajralmas huquqlari sifatida tushunish qadim zamonlardayoq shakllangan. Bu g‘oyani Arastu va boshqa ulug‘ mutafakkirlar rivojlantirganlar. Rim huquqida asosan pozitiv huquq rivojlantirilgan, lekin shunga qaramay, tabiiy huquq ham tan olingan. Masalan, Sitseron to‘g‘ridan-to‘g‘ri tabiiy huquqqa zid qonunni qonun deb hisoblamaslik kerakligini ta’kidlagan. Tabiiy huquq nazariyasi XVII–XVIII asrlarda Yevropa va Amerikada bo‘lib o‘tgan demokratik inqiloblarning asosiy maqsadini belgilagan va huquqiy davlat konsepsiyasiga asos qilib olingan. U hozirgacha rivojlangan mamlakatlarda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Marksizm tabiiy huquqni inkor qilgan: bir vaqtning o‘zida tabiat va ong yuzaga keltirgan huquqlar bo‘lishi mumkin emas, mamlakatda faqat bitta, shu davlat tomonidan qabul qilingan pozitiv huquq bo‘lishi mumkin, deb hisoblagan. Bu tushunarli, albatta, chunki o‘zgacha ta’rif totalitar, erkinlikni inkor etuvchi, insonlarning huquqsizligiga asoslangan davlat qurish yo‘lida g‘ov bo‘lib qolardi. Hozirgi davrda konstitutsiyaviy huquq keng rivojlanmoqda hamda umuminsoniy qadriyatlar va g‘oyalar aniq huquqiy shakl olmoqda. Shuning uchun ham tabiiy erkinlik va adolatga tayanib, insonning u yoki bu xattiharakatini oqlash, uning kafolatini berish unchalik muhim emas. Amaldagi Konstitutsiyada barcha asosiy tabiiy huquqlar (yashash, shaxsning 28 daxlsizligi, xususiy mulk huquqi, so‘z erkinligi va boshqalar) aniq belgilab qo‘yilgan. Bu, o‘z navbatida, pozitiv va tabiiy huquqlar tobora yaqinlashib, qo‘shilishib, uyg‘unlashib borayotganligini ko‘rsatadi. Ammo hayot huquqdan va uni yaratuvchilar tasavvuridan boyroqdir. Insonlar o‘z faoliyatlari bilan yangi-yangi ijtimoiy muammolarni yuzaga keltiradilar, ularning huquqiy yechimini topishga intilib, ko‘pdan ko‘p huquqiy normalar qabul qiladilar. Bu esa obyektiv tarzda konstitutsiyaviy erkinliklarning cheklanishiga olib keladi. Shu bois ham demokratiya inson huquqlarining muhim minimal normalari mavjudligini davlatga eslatib turishi lozim, toki bu huquqlar muayyan maqsadlar yo‘lida qurbon bo‘lmasligi kerak. Tabiiy huquq fuqarolar, qonun yaratuvchilar, mansabdor shaxslar, sudyalar huquqiy ongining asosi sifatida pozitiv huquqni qo‘llash jarayonida ishtirok etishi lozim. Tabiiy huquqning yana bir muhim tomoni inson va davlatning mohiyatiga diniy yondashishda namoyon bo‘ladi. O‘rta asr mutafakkirlari (xususan, Foma Akvinskiy), qadimgi dunyo faylasuflari tabiiy huquqni ilohiy tabiatidan uzilib qolganligini bartaraf etib, uni xristianlik bilan bog‘laganlar. Hozirgi xristian-demokratlar erkinlik holati tabiiy, ya’ni insonga hayot bilan birga xudo tomonidan in’om etilgan, deb qaraydilar. Hozirgi G‘arb mamlakatlari dunyoviy bo‘lishiga qaramay, ushbu ta’rifni qabul qiladilar va tabiiy huquqni yuksak ma’naviy qadriyat, inson huquqlarining ajralmasligini ma’naviy tomondan ta’minlovchi qadriyat, deb qabul qiladilar. Tabiiy huquq parlament, Prezident, ijro va sud hokimiyati, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun eng yuqori imperativ deb tan olingandagina u pozitiv huquq bilan uzviy qo‘shilsa, uning qo‘llanishi jamiyatning orqaga ketmasligiga kafolat bo‘ladi. Hozirgi vaqtda pozitiv huquqning ustuvorligini tan olish, ya’ni huquqni «normativ» talqin etish har qancha muhim bo‘lmasin, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashga yo‘naltirilgan demokratik huquqiy islohotlarga xayrixohlik qilmaydi. 2. Pozitiv huquq. Konstitutsiyaviy huquq manbalari ichida, birinchidan, davlat tomonidan vujudga keltirilgan konstitusiyalar alohida o‘rin tutadi. Bu har qanday davlatning yozma shakldagi asosiy qonunidir. Kezi kelganda aytish lozimki, Buyuk Britaniya va boshqa ayrim davlatlarda yozma shakldagi konstitutsiya mavjud emas. Demokratik mamlakatlar uchun eng muhimi – tabiiy huquq va huquqiy davlat tamoyillariga asoslangan haqiqiy konstitutsiyaviy tuzum o‘rnatishdir. Konstitutsiya eng muhim qoida va prinsiplarni o‘rnatadi, keyin ulardan turli shakllardagi huquqiy tartibga solish kelib chiqadi. Shu bilan birga, Konstitutsiyaning ayrim normalari bevosita amal qilishi mumkin. Ya’ni, ular o‘zining amal qilishi uchun qo‘shimcha huquqiy hujjatlar qabul qilinishini 29 talab etmaydi. Bir qator mamlakatlarda konstitutsiyaning yoniga uzviy qonunlar qo‘shilishi nazarda tutiladi. Bu qonunlar konstitutsiyaning blanket normalarini aniq mazmun bilan boyitadi. Konstitutsiyani o‘zgartirish, unga qo‘shimchalar kiritish alohida murakkab tartibda amalga oshiriladi. Konstitutsiyalar ana shu xususiyati bilan ham «oddiy» qonunlardan farq qiladi. Mamlakatimizning amaldagi Konstitutsiyasi keng ko‘lamdagi masalalarni, shu jumladan inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarini mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasi mavjud. U ham o‘z Konstitutsiyasiga ega. Biroq, yuridik kuchiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasidan ustun turadi. Ikkinchidan, qonunlar konstitutsiyaviy huquqning muhim manbaidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari tizimida konstitutsiyaviy qonunlar, qonunlar qabul qilinishi belgilangan. O‘zbekistonda davlat-huquqiy amaliyot konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilish yo‘lidan bordi. Shubhasiz, konstitutsiyaviy qonunlar konstitusiyaviy huquqning manbai hisoblanadi. Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi «Oliy Majlisi to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonun (2002-yil 12-dekabrgacha amalda bo‘lgan), «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «Referendum yakunlari va davlat hokimiyatini tashkil qilishning asosiy prinsiplari to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilingan. Qonun parlament – davlat oliy vakillik organining hujjati bo‘lib, huquqni ifodalashning yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan shaklidir. Muhim jihati shundaki, keng ma’noda qonunni (bunga konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar ham kiradi) uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech bir idora o‘zgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini o‘rnata olmaydi. «Iyerarxiya» tizimida qonundan quyi turuvchi barcha normativhuquqiy aktlar qonunga qat’iy muvofiq holda qabul qilinishi va amalga oshirilishi shart. Mabodo, biron-bir qonunosti normativ-huquqiy hujjat qonunga zid bo‘lsa, u qonunga muvofiq holga keltirilishi yoxud bekor qilinishi lozim. Qonun jamiyat va davlat nuqtai nazaridan o‘ta muhim hisoblangan konstitutsiyaviy-ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasidir. Unda mazkur munosabatlardagi qonuniyatlarning normativ majburiy tabiati va siyosiy-huquqiy normasi o‘z ifodasini topadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qonunlardan tashqari, qarorlar ham qabul qiladi. «O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30 qonunchilik palatasiga kiritish to‘g‘risida»gi qonuniga ko‘ra, qonunchilik hujjatlariga qonunlar va parlament qarorlari kiradi. Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasining «Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida»gi qonunda ham mustahkamlangan. Qarorlar alohida masalalar bo‘yicha (individual) va umumiy qoida o‘rnatuvchi (normativ) bo‘lib, konstitutsiyaviy huquqning manbai vazifasini o‘taydi. Uchinchidan, shartnomalar va bitimlar ham konstitutsiyaviy huquqning manbalaridir. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning subyekti sifatida boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnoma va bitimlar tuzadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida O‘zbekiston xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olishi mustahkamlangan; 78-moddaning 20-bandiga ko‘ra, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati (imzolagan) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilishni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan shartnomalar tuzishi «O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida»gi (1995-yil) qonuni bilan tartibga solinadi. Xalqaro shartnoma va bitimlar mamlakat ichida amal qiluvchi qonunlardan ustun sanaladi. Ular o‘zaro zid kelib qolgan taqdirda xalqaro shartnoma va bitimlarning qoidalari amal qiladi. Ushbu umumiy qoidalardan kelib chiqib ta’kidlash mumkinki, xalqaro shartnomalar va bitimlar ham konstitutsiyaviy huquqning manbai sifatida e’tirof qilinadi. To‘rtinchidan, deklaratsiya ham konstitutsiyaviy huquqning manbai hisoblanadi. Bunday huquqiy hujjat shaklida muhim konstitutsiyaviyhuquqiy normalar qabul qilingan. Deklaratsiya muhim siyosiy-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lib, unda konstitutsiyaviy-huquqiy rivojlanishning zarur prinsiplari ifodalanadi. Ularda, odatda, davlatning yanada rivojlanish konsepsiyasi, siyosatning barcha qirralari uchun zarur prinsiplar e’lon qilinadi va ularga tegishli qonunlar muvofiqlashtiriladi. Deklaratsiya, odatda, konstitutsiyaviy-huquqiy rivojlanishning umumiy prinsiplarini belgilaydi. Bu prinsiplar 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyada o‘z aksini topgan. Konstitutsiyada deklaratsiya qabul qilish vakolati, uni qo‘llash, uning kuchi, qabul qilish tartibi xususida ma’lumotlar yo‘q. Vaholanki, parlament bunday aktlarni, ularning oliy yuridik kuchini inobatga olib, odatdagi qonunchilik taomiliga amal qilmasdan, qabul qilishi mumkin. Beshinchidan, Prezident farmonlari – konstitutsiyaviy huquqning alohida manbai. Farmonlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlariga muvofiq va ularning ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilinadi. Farmonlar faqat davlat rahbari tomonidan qabul qilinadi. 31 Konstitutsiyada ular mamlakatning barcha hududida bajarilishi majburiyligi belgilangan bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlarga zid bo‘lmasligi lozim. Bundan xulosa shuki, Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari qonunosti hujjatlari jumlasiga kiradi. Prezident farmoni normativ bo‘lishi va normativ bo‘lmasligi mumkin. Birinchisida, Prezidentning konstitutsiyaviy vakolatlari doirasida bir marta qo‘llashga mo‘ljallangan akt qabul qilinadi. Ikkinchisi, Prezident tomonidan muayyan qonunni qo‘llash hujjati bo‘lib, unda hudud, vaqt bo‘yicha, shaxslar doirasi bo‘yicha normalar bo‘ladi. Prezident o‘z vakolati doirasida farmonlar chiqaradi. Shuningdek, keng doiradagi masalalar bo‘yicha qonunlar qabul qilinguncha amal qiladigan farmonlar chiqarishi mumkin. Oltinchidan, hukumat qarorlari ham konstitutsiyaviy huquqning manbai hisoblanadi. Hukumat ijroni amalga oshiruvchi organ bo‘lgani bois barcha uchun majburiy qaror va farmoyishlar chiqaradi. Inson va fuqarolarning huquq, erkinlik va majburiyatlari, tashkilotlarning huquqiy maqomi, mavqei, ijro organlari: vazirlik va davlat qo‘mitalari tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy aktlar orqali tartibga solinadi. Misol tariqasida Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasining mulkni xususiylashtirish sohasini tartibga soluvchi ko‘plab hujjatlarini keltirish mumkin. Shu bilan birga, bunday aktlar muayyan huquqiy oqibatlarga ega bo‘lishi uchun Adliya vazirligi ro‘yxatidan o‘tishi hamda rasmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Yettinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari ham konstitutsiyaviy huquqning manbalari jumlasiga kiradi. Konstitutsiyada mahalliy boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida mustaqil ekanliklari belgilangan. Bu shuni bildiradiki, mahalliy boshqaruv organlari o‘zlarining huquqiy hujjatlarini qabul qilishlari mumkin. Agar bu hujjatlar konstitutsiyaviy huquq sohasidagi munosabatlarni (masalan, huquq va erkinliklarni kengaytirish yoki ularning kafolatlanganligini mustahkamlashni) tartibga soladi. Shu bois ular konstitutsiyaviy huquqning manbai sifatida tan olinadi. Mahalliy vakillik va ijroiya organlarining hujjatlari Konstitutsiya, qonun, farmon, hukumat qarorlari, markaziy davlat boshqaruv organlari aktlariga muvofiq va ularning ijrosini ta’minlash uchun chiqariladi. Ular o‘z hududi doirasida konstitutsiyaviy huquq predmetiga kiruvchi masalalarni tartibga soladi. Konstitutsiyaviy huquq manbalariga Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati organlari tomonidan chiqariladigan normativ aktlar ham kiradi. Konstitutsiyaviy huquq manbalarining barcha turlari ham muhim va ularning aksariyati Konstitutsiyada belgilangan. Shu bilan birga, ta’kidlash lozimki, hozirgi davrda konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni o‘zida mujas- 32 samlashtiruvchi huquqiy hujjatlar o‘zgaruvchan bo‘lib, normalar bir hujjatdan ikkinchisiga o‘tadi va birinchisi o‘z kuchini yo‘qotadi. O‘tish davrida qonun shaklida qabul qilinishi zarur bo‘lgan ba’zi normalar Prezident farmonlarida e’lon qilinganligini ta’kidlash lozim. Konstitutsiyaviy huquq katga hajmdagi huquqiy normalarni qamrab oladi. Ular o‘z mazmuni, konstitutsiyaviy-huquqiy munosabatlarning subyektlari, tartibga soladigan obyektlari va boshqa ko‘pgina jihatlari bilan serqirra hamda turli-tumandir. Ma’lumki, huquq sohasi yuridik normalarning oddiygina yig‘indisi emas. Mazkur normalar orasida murakkab tizimli aloqadorlik mavjud. Ushbu aloqadorlikni konstitutsiyaviy huquq sohasining ichki tuzilishiga, tizimiga oid xususiyatlarni chuqur anglash orqaligina tushunib yetish mumkin. Konstitutsiyaviy huquq, bir tomondan, jamiyatdagi yagona huquqiy tizimning tarkibiy qismidir, ikkinchi tomondan esa, uning o‘zi murakkab tizim sifatida ajralib turadi. Muayyan huquq sohasining tizimi – uning ichki tuzilishi bo‘lib, bunda soha tarkibiga kiruvchi normalar o‘rtasidagi aloqadorlik, tizimli bog‘lanish, huquqiy birliklarning tabaqalashuvi va uyushishi xususiyatlari, shuningdek tizim tarkibiy bo‘g‘inlari (elementlar)ning belgilari namoyon bo‘ladi. Biz o‘rganayotgan soha tizimida konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning o‘zaro aloqasi va bog‘liqligining asosiy yo‘nalishlari ifodalanadi. Albatta, konstitutsiyaviy-huquqiy normalarning har qanday yig‘indisi ham u yoki bu mezonlar asosida birikishi yoki differensiatsiyalashuviga qarab konstitutsiyaviy huquq sohasining muayyan bo‘g‘inini tashkil etavermaydi. Sohaning bo‘g‘inini (elementini) avvalo, ichki o‘zaro mutanosiblik va yagonalikka ega bo‘lgan hamda tizimdagi boshqa bo‘g‘inlar bilan uzviy aloqadorlikda amal qiluvchi yirik huquqiy tuzilmalar tashkil etadi. Ular o‘ziga xos belgilari bilan ajralib turadi. Mazkur belgilar konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni nisbatan mustaqil guruhlarga, majmualarga biriktirish va saralash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularning o‘zi, ayni vaqtda, bu normalar bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar sohasi bilan bog‘liqdir. Bu ijtimoiy munosabatlar hayotning har xil jabhalariga oid bo‘lganligi uchun ham ular turli sifat va xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shu bois ularni tartibga soluvchi normalar ham ana shunday sifat va xususiyatlarga ega bo‘lishi tabiiy. Konstitutsiyaviy huquq tizimida uning asosiy bo‘g‘inlarini tashkil etuvchi quyidagi institutlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) konstitutsiyaviy tuzum asoslari; 2) inson va fuqaro huquqiy maqomining asoslari; 3) ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi; 4) davlat hokimiyati tizimi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish tizimi. Konstitutsiyaviy huquqning bunday tuzilishi, uning predmetini tashkil 33 qiluvchi ijtimoiy munosabatlarning ichki tizimiga mosdir. Har bir ijtimoiy munosabatning doirasi o‘ziga xos xususiyatga egaligi ma’lum. Bular: munosabatlar obyekti, subyekti, huquqiy ta’sir etishning me’yori, shakli va tabiatidir. Bu qoidalar konstitusiyaviy-huquqiy munosabatlarga ham to‘la taalluqlidir. Tarmoq tizimi konstitutsiyaviy huquq normalari bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari bilan bog‘liq, biroq bu xususiyatlar uning asosi bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy shaklga, yuridik normalarning o‘ziga, ularning xususiyatlari va xossalariga tegishli omillar konstitutsiyaviy-huquqiy normalarni tizimlashtirish mezoni bo‘lib hisoblanishi mumkin. Ushbu omillar, tabiiyki, huquqiy ta’sir mexanizmi, hajmi va boshqa sifat ko‘rsatkichlarini belgilovchi ijtimoiy munosabatlar va ularni tartibga soluvchi normalar mazmunidan kelib chiqadi. Shu tufayli konstitutsiyaviy huquq tizimining har bir elementi, uning eng yirik institutlari o‘ziga xos, huquqiy tabiatga ega bo‘lgan belgilari va uni boshqa huquqiy institutlardan ajratib turuvchi xossalar bilan ajralib turadi. Har bir konstitutsiyaviy-huquqiy institut xususiyatini aks ettiruvchi farqlarni ifodalovchi belgilar ko‘p qirralidir. Ularga quyidagi farqlarni kiritish mumkin: birinchidan, ma’lum doiradagi ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir qiluvchi tafovutlar xususiyatiga ko‘ra. Bunday ta’sir huquqiy mustahkamlash, o‘rnatish, tartibga solish, e’tirof etish, maqsadga yo‘naltirish, ruxsat etish kabi shakllarda amalga oshiriladi; ikkinchidan, huquqiy normalar harakatlanish mexanizmining xususiyatlari, ularni amalga oshirish usullariga ko‘ra. Norma amalda hech qanday muayyan huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirmasligi mumkin yoki, aksincha, muayyan huquqiy munosabatlar orqali yoki umumiy huquqiy munosabatlar orqali amal qilishi mumkin; uchinchidan, huquqiy tartibga solishning muayyan yo‘naltirilganlik darajasiga ko‘ra. Ma’lum institutlar ijtimoiy munosabatlarning keng doirasiga huquqiy ta’sir qilish prinsiplarini belgilaydi, boshqalari esa muayyan tartibga solishni amalga oshiradi; to‘rtinchidan, subyektlari tarkibiga ko‘ra. Muayyan huquq instituti normalari muayyan subyektlarga yoki subyektlarning ma’lum turiga yo‘naltirilgan bo‘lsa, boshqalari huquqning hamma subyektlariga, barcha huquqni qo‘llovchi subyektlarga tegishli bo‘ladi. Shu sababli huquqiy munosabatlar subyektlarining huquqiy mavqei, ular huquqiy majburiyatlarining aniq ifodalanishi turlichadir; beshinchidan, amaldagi huquqiy normalarni huquqiy muhofazalash, huquqiy mas’uliyatli subyektlarning javobgarligi shakl va usullariga ko‘ra. Ba’zi institutlarda konstitutsiyani muhofazalashning umumiy mexanizmi ustun bo‘lsa, boshqalarida konstitutsiyaviy huquqiy normalarni buzuvchi 34 muayyan subyektga tegishli g‘ayriqonuniy hujjatlar va xatti-harakatlarni bekor qilish orqali ta’sir qilish ustun hisoblanadi; oltinchidan, muayyan huquqiy institut qamrab oluvchi huquqiy normalarning ifodalanish shakli xususiyatlariga ko‘ra. Ba’zi institutlarda normalar ko‘proq konstitutsiyaviy ifodalanish shakliga ega; boshqa institutlarda normalarning ko‘pchiligi amaldagi qonunchilikda ifodalanadi; yettinchidan, muayyan huquqiy institutning turiga ko‘ra. Ba’zilarida norma-prinsiplar, norma-maqsadlar, norma-ta’riflar, boshqalarida muayyan tartibga soluvchi normalar ko‘pchiligini tashkil qiladi; sakkizinchidan, huquqiy normalar mazmunidagi maqsadlarni amalga oshirishda huquqiy tizimning boshqa qismlari, boshqa huquq tarmoqlari qismlarining jalb qilinganlik darajasi va ko‘lamiga ko‘ra. Ayrim huquqiy institutlarda shunday qoidalar borki, ularni faqat birgina konstitutsiyaviyhuquqiy tartibga solish doirasida amalga oshirib bo‘lmaydi. Boshqa huquqiy institutlarda esa normalar bevosita uning doirasida amalga oshiriladi; to‘qqizinchidan, huquqiy tartibga solishning maqsadga yo‘naltirilganligiga ko‘ra. Konstitutsiyaviy huquq sohasining umumiy vazifasi doirasida uning tizimidagi har bir qismi huquqiy tartibga solishning sifat jihatdan alohida xususiyati bilan cheklanadi. Bunda mazkur guruhdagi huquqiy normalar ta’siri, amalga oshishi bilan erishiladigan natija o‘z aksini topadi. Huquqiy tartibga solishning umumiy maqsadga yo‘naltirilganligi mazkur konstitutsiyaviy-huquqiy institut huquqiy ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy voqelikning rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liqdir; o‘ninchidan, har bir huquqiy institutga xos funksiyalarga ko‘ra. U umuman tarmoq tizimida uning o‘rnini, bo‘lak va butun orasidagi o‘zaro aloqasi tabiatini hamda uning boshqa institutlar bilan o‘zaro munosabatdagi rolini belgilaydi. Har bir huquqiy institutning funksiyalari huquqiy tarmoqning huquqiy tartibga solish predmetiga umumiy ta’siridagi vazifasini aks ettiradi; o‘n birinchidan, har bir huquqiy institutga xos bo‘lgan prinsiplarga ko‘ra. Ya’ni, uning barcha normalari bo‘ysunuvchi rahbariy g‘oyalar bo‘yicha izohlanadi. Yuqorida sanab o‘tilgan o‘ziga xos jihatlar konstitutsiyaviy huquqning har bir institutini bu tarmoqning tarkibiy qismi sifatida ifodalaydi. Chunonchi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini mustahkamlovchi normalarni mujassamlashtirgan huquqiy institutga quyidagi maxsus belgilar xos. Ushbu konstitutsiyaviy institutning normalari: 1) jamiyat va davlat tuzumining ma’lum asoslarini mustahkamlash orqali ijtimoiy munosabatlarga ta’sir qiladi; 2) odatda hech qanday huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirmaydi; 3) ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalariga huquqiy ta’sirning tub mazmunini belgilaydi; 35 4) huquqning barcha subyektlariga, huquqni qo‘llovchi barcha subyektlarga tegishli bo‘ladi; 5) konstitutsiya, konstitutsiyaviy tuzumni muhofaza qilishning umumiy rejimidan o‘z himoyasi uchun foydalanadi; 6) faqat yangi konstitutsiya qabul qilinganda o‘zgarishi mumkin; 7) ko‘pincha konstitutsiyaviy shaklda mustahkamlanadi; 8) o‘z mazmuniga ko‘ra, norma-prinsip, norma-ta’rif, norma-maqsad hisoblanadi; 9) o‘zida mujassamlashtirgan maqsadlarni amaliy va huquqiy jihatdan amalga oshirishga butun huquqiy tizimni, huquqning barcha tarmoqlarini jalb etishni nazarda tutadi. Mazkur institut normalarining yig‘indisi, o‘z funksiyalariga ko‘ra, konstitutsiyaviy huquqning boshqa institutlari uchun belgilovchi ahamiyatga ega. Ular butun konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solish uchun yo‘naltiruvchi ahamiyatga ega. «Inson va fuqaroning huquqiy maqomi asoslari instituti» ham konstitutsiyaviy huquqning mustaqil tarkibiy qismi sifatida maxsus o‘ziga xos belgilarga ega. Uning normalari: 1) insonning tabiiy ajralmas huquqlarining davlat tomonidan tan olinishi orqali ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sirini o‘tkazadi; 2) aksariyat hollarda huquqiy munosabatlardan tashqari amalga oshiriladi; 3) inson va davlatning o‘zaro munosabatlari sohasiga tegishli bo‘ladi; 4) ularda huquqning subyekti sifatida inson, fuqaro, shaxs maydonga chiqadi; 5) muhofaza qilishning alohida tizimini nazarda tutadi hamda yangi konstitutsiyani qabul qilmasdan turib qayta ko‘rib chiqilmaydi; 6) o‘zining amalga oshishi uchun huquqning boshqa tarmoqlari, chunonchi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini mehnat, fuqarolik, oilaviy va boshqa huquqiy munosabatlarni jalb etadi. Konstitutsiyaviy huquq tizimini tavsiflashda uning Konstitusiya tizimi bilan nisbatini aniqlash katta ahamiyatga ega. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, Konstitutsiya konstitutsiyaviy huquq sohasining asosiy manbai hisoblanadi. Konstitutsiyaning ichki tuzilishi va tizimi subyektiv hodisadir, zero u qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan vujudga keltiriladi. Ammo bunday tizimlashtirish tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlarini, shuningdek konstitutsiyaviy huquq sohasining obyektiv omillarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Konstitutsiyadagi normalarni institutlarga ajratib guruhlash normativ mazmunga ega. Shu bois bu guruhlashni hamda konstitutsiyaviy huquq sohasi tizimini belgilashda o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Konstitutsiyadagi normalar guruhlanishi to‘lig‘icha konstitutsiyaviy huquq tarkibidagi huquqiy normalar guruhlanishiga mos bo‘lavermaydi. 36 Konstitutsiyaviy huquq tizimi barcha konstitutsiyaviy-huquqiy normalar yig‘indisini qamrab oladi. Konstitutsiya tizimi esa faqat bu normalarning soha manbaida aks etganlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq tizimining elementi sifatida davlat hokimiyati organlari tizimini, ular faoliyatining prinsiplarini, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asoslarini va vakolatlarini belgilovchi konstitutsiyaviy-huquqiy normalar yig‘indisi namoyon bo‘ladi. Konstitutsiya tizimida esa normalarni kichik-kichik guruhlar тарзида умумлаштириш принципи қўлланилади. Biroq konstitutsiyaviy huquq tizimi ham, konstitutsiya tizimi ham mudom qotib qolgan hodisalar emas. Ular doimo o‘zgarib, rivojlanib boradi, bu ijtimoiy munosabatlarning taraqqiyot darajasiga muvofiq bo‘ladi. Huquqiy ta’sir etish ehtiyojlari o‘zgarishi tufayli yangi konstitutsiyalarni qabul qilish zarurati kelib chiqishi mumkin. Shu asnoda konstitutsiyaviy huquq tizimida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan ijtimoiy taraqqiyotning yangi konsepsiyasi belgilandi, konstitutsiyaviy huquqiy tartibga solishning demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish manfaatlariga mos prinsiplari belgilandi, yangi institutlar joriy etildi. Bu tabiiy ravishda konstitutsiyaviy huquq tizimida o‘z aksini topdi, uning tarkibida yangi institutlar shakllanishiga olib keldi. Xususan, prezidentlik hokimiyati vakolatlari, sud hokimiyatining huquqiy holati, mahalliy hokimlik va o‘zini o‘zi boshqarish idoralarining konstitutsiyaviy maqomi institutlari va hokazo.


  3. Download 43.99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling