O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti i-81-2 gurux Iqtisodiyot yo‘nalishi
Download 83.68 Kb.
|
Ruzikulov I- Inst - iqtisodiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bajardi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI I-81-2 gurux Iqtisodiyot yo‘nalishi “Institutsional iqtisodiyot”fanidan MUSTAQIL ISH Mavzu: Mulk huquqi va uning tarkibi Qabul qildi: ________________________ Bajardi: Ruziqulov Ilyos TOSHKENT - 2023 Mulk huquqi va uning tarkibi Reja:
1. Xususiy mulk tushunchasi 2. Xususiy mulk huquqi subyektlari 3. Xususiy mulk huquqi obyektlari O`zbekiston Respublikasi FKning 207-moddasiga asosan xususiy mulk huquqi shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo`lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Ya`ni u meros tariqasida, ishlab chiqarishda o`z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, bitimlar tuzish, yollanma mehnatdan foydalanish tartibida hamda qonunda ta`qiqlab qo`yilmagan boshqa asoslarda olgan huquqidir. Xususiy mulk huquqi bilan bog`liq muhim qoida shuki, xususiy mulk bo`lgan mol-mulk mulkdor va qiymat jihatdan cheklanmaydi. Xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar, xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo`lmagan boshqa yuridik shaxslardir (FKning 208-moddasi). Xususiy mulk huquqi subektlari turli-tuman va keng doirada bo`lsa ham ularni birlashtiruvchi belgi mulkning vujudga kelishi, undan foydalanish, boshqarish, tasarruf etish, uning natijalaridan bahramand bo`lishda jismoniy shaxs (xususiy shaxs)ning u yoki bu darajada ishtirok etishi, ishtirok etganida ham ommaviy mulkdagi kabi fuqaro (davlatga mansub shaxs) yoki maxsus vakolatli mansabdor shaxs sifatida emas, balki mulkdor shaxs sifatida ishtirok etishidir. Bunday ishtirok etish bevosita (masalan, fuqarolarga tegishli mol-mulk bo`yicha mulkdor vakolatlarini amalga oshirishdi) yoki bevosita (masalan, yuridik shaxsni ta`sis etuvchisi yoki yuridik shaxs mol-mulkidan bahramand bo`luvchi subyekti sifatidagi huquqlarni amalga oshirishda) namoyon bo`ladi. Har ikkala ko`rinishda ham xususiy shaxsga ma`lum mulkiy huquqlar tegishli bo`ladi va u bu huquqlarni o`ziga xos tarzda ro`yobga chiqaradi. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling