O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti i-81-2 gurux Iqtisodiyot yo‘nalishi


Download 83.68 Kb.
bet3/6
Sana31.03.2023
Hajmi83.68 Kb.
#1311029
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ruzikulov I- Inst - iqtisodiyot

Mahalla mulki. Mahalla ijtimoiy o`z-o`zini boshqarishning boshlang`ich bo`g`ini hisoblanadi. Mahalla mulki quyidagi mablag`lardan shakllanadi:
–mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati va ularning umumiy daromadlari;
–fuqarolar va yuridik shaxslarning ixtiyoriy badallari, hayr-ehsonlari;
–xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratilgan budjet mablag`lari;
–shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag`lar 1.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi tomonidan saylab qo`yilgan organlar mahalla mulkining subyekti hisoblanadi. Mahalla mulkining tayinlanishidan maqsad, turli marosimlar, tadbirlar, shuningdek kam ta`minlangan oilalarga nisbatan moddiy yordam berish hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu organlar o`z mulki bo`lgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, o`z tasarrufidan chiqarishga, qonun hujjatlariga muvofiq mazkur mulk bilan bog`liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Kooperativ mulk xo`jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat bilan shug`ullanish uchun a`zolik asosida ixtiyoriy birlashgan fuqarolarning birgalikdagi mulkidir. Kooperativ mulk o`z tarkibi bo`yicha uning a`zolari mol-mulkini umumlashtirish, xo`jalik faoliyatini yuritish asosida olingan daromadlar va hokazolardan tashkil topadi. Kooperativ tugatilgan taqdirda budjet, banklar va boshqa qarz beruvchilar bilan hisob-kitoblar qilinganidan keyin qolgan mol-mulk kooperativ a`zolari o`rtasida taqsimlanadi2.
Ijaraga olingan korxona mulki tarkibiga asosan ishlab chiqarilgan mahsulotdan olingan daromad va boshqalar kiradi. Korxonaning boshqaruv organi mulk huquqini amalga oshiruvchi subyekti hisoblanadi. Bunday maqomdagi korxonalar mulki bilan bog`liq munosabatlar O`zbekiston Respublikasining, Mulkchilik, Ijara3 to`g`risidagi qonunlarida mustahkamlangan.
Jamoa korxonasining mulki davlat korxonasining butun mol-mulki mehnat jamoasi a`zolari tomonidan sotib olish yoki boshqacha usullar bilan qo`lga kiritilgan taqdirda vujudga keladi. Uning tarkibiga shuningdek, ishlab chiqarilgan mahsulotlar, olingan daromad va boshqalar ham kiradi.

Download 83.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling