O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent moliya instituti i-81-2 gurux Iqtisodiyot yo‘nalishi
Download 83.68 Kb.
|
Ruzikulov I- Inst - iqtisodiyot
Xususiy mulk huquqi subyektlari
Yuqorida aytganimizdek, xususiy mulk huquqi fuqarolar va nodavlat yuridik shaxslar mulki ko`rinishida uchraydi. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlari nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: 1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi; 2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi va shu sababli ham unga ta`sir qilishda qator ustunliklarga ega; 3. Binobarin, bunday mol-mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoqdir. Boshqacha aytganda, xususiy mulkning bu turini fuqarolarga yakka tartibda tegishli bo`lgan mol-mulk ma`nosida tushunish mumkin. Bu mulkning eng asosiy belgilari mol-mulkka nisbatan mulkdor yakka shaxs, ya`ni fuqaro ekanligi va u mol-mulkka nisbatan o`z huquqlarini xususiy tarzda amalga oshirishga haqli ekanligidir. Xususiy tarzda amalga oshirish deyilganda, mulk sohibi bo`lgan shaxsning boshqa har qanday shaxslardan ruxsat olmay, o`z xohishiga ko`ra mulkiy huquqlarni e`tirof etish, yollanma mehnatni qo`llash asosida foyda olish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish vositalariga, korxonalarga egalik qilish imkoniyatlariga yo`l ochdi. Ayni vaqtda xususiy mulk huquqini fuqarolarning o`ziga yakka tartibda tegishli mol-mulkka nisbatan erki va irodasini amalga oshirishda mutlaq xohishni ro`yobga chiqarish ma`nosida tushunmaslik lozim. Xususiy mulk egasi o`z huquqlarini amalga oshirishda atrof-muhitga zarar yetkazmasligi va boshqa shaxslarning manfaatlarini buzmasligi lozim. Yuqorida ta`kidlanganidek, barcha mulk turlari ichida faqat fuqarolar mulkida mulkdor o`z mulkiga eng yaqin turadi. Qachonki mulkdor aniq va muayyan bo`lsa, o`z mol-mulkiga bevosita tez va oson ta`sir ko`rsatishga, nazorat qilishga imkon tug`iladi, bunday mol-mulk esa xo`jasiz qolmaydi. Aksincha, mulkdorning doimiy nazorati, boshqaruvi, g`amxo`rligi ostida ko`payib, rivojlanib boradi. Fuqarolar mulki sifatidagi bunday xususiy mulk bozor munosabatlari tizimida tadbirkorlik faoliyatining moddiy negizi mo`l-ko`lchilik va farovonlik manbai sifatida o`ziga xos mavqega ega bo`ladi. Shu bilan birga mulkdorning o`z mulkiga yaqin turishi, bozor iqtisodiyoti sharoitida o`zgarib turuvchi talab va taklifga tez moslashish imkonini beradi. Fuqarolarga qarashli mol-mulk oila mulki ko`rinishida ham bo`lishi mumkin. Oila – kishilarni bir-birlari bilan qon-qarindoshlik yoki nikoh asosida birgalikda yashab, umumiy xo`jalik yurituvchi uyushmasidir. Oilaviy mulkning tarkibiga quyidagilar kiradi: –er-xotinning birgalikdagi mulki; –oila a`zolarining har biriga shaxsan tegishli bo`lgan mulk, shu jumladan nikohgacha bo`lgan mulk ham; –oilaviy umumiy mulk – oila mulki oila a`zolarining umumiy kelishuvi asosida boshqariladi. Umumiy qoidaga ko`ra oila yuridik shaxs emas, biroq oila zamirida dehqon xo`jaligi tashkil etilsa, u yuridik shaxs huquqidan foydalanish mumkin. Biroq, bu yerda oila bilan dehqon xo`jaligini aslo aralashtirib yubormaslik kerak. Xususiy mulk huquqining ikkinchi ko`rinishi – nodavlat yuridik shaxslarning mulk huquqidir. Nodavlat, ya`ni davlatga qarashli bo`lmagan yuridik shaxslar mulkining iqtisodiy mazmuni tashkiliy jihatdan uyushgan kishilar guruhiga moddiy ne`matlarning tegishli ekanligida ifodalanadi. Ba`zi iqtisodiy adabiyotlarda yuridik shaxslar mulki shu jamoa a`zosi hisoblangan shaxslarning umumiy hissali mulki deb ko`rsatiladi. Bu – noto`g`ri. Mazkur mulkning subyekti faqat yuridik shaxs hisoblanadi. Yuridik shaxslar mulkida umumiy mulkdagi kabi ko`p subyektlilik emas, balki bir subyektlilik mavjud. Yuridik shaxslar mulkining quyidagi turlari mavjud: a) mahalla mulki; b) kooperativ mulk; v) jamoa korxonalarining mulki; g) ijara korxonasining mulki; d) xususiy korxonalar mulki; ye)xo`jalik shirkati va jamiyati mulki; z) jamoat birlashmalarining mulki; i) diniy tashkilotlarning mulki. Download 83.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling