1. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy qadiryatlar va an’analarning qayta tiklash?


Download 42.95 Kb.
bet1/2
Sana16.06.2023
Hajmi42.95 Kb.
#1517239
  1   2
Bog'liq
123 (3)


1-savollar
1.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy qadiryatlar va an’analarning qayta tiklash?
1. Mustaqillik dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz
ma`naviy merosini tiklash ishlari boshlanib ketdi.
Xo`sh, ma`naviy merosning o`zi nima, uning
tiklanishi nimalarda namoyon bo`lmoqda?
Ma`naviy meros oori zamonlardan beri ajdodlarimiz,
ota-bobolarimizdan bizgacha etib kelgan ma`naviy boyliklar –
siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar, axloq – odob
me`yorlari, ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy ooris`at asarlari
majmuidir. Ma`naviy qadriyatlar, boyliklar inqilobiy yo`l bilan
hosil qilinadigan hodisa emas, u jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli yuzaga keladi va o`sha
davr hayotini aks ettiradi, u jamiyat o`zgarishi bilan yo`qolib
ketmaydi, ooris avlodlar uchun meros bo`lib qoladi. Har bir
avlod ma`naviyatni yangidan yaratmaydi, balki mavjud
ma`naviy merosga tayanadi. Biroq uni qanday bo`lsa
shundayligicha, ko`r-ko`rona qabul qilavermaydi,
taraqqiyparvarlik, insonparvarlik, adolat nuqtai nazaridan qabul
qiladi va rivojlantiradi. Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon civilizaciyasi
taraqqiyotiga bebaho hissa qo`shgan buyuk
bobokalonlarimizning ma`naviy merosi qaytadan o`rganildi va
tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo`la boshladi.
Mustaqillik yillarida xalqimiz ma`naviyati yulduzlari bo`lgan
buyuk allamalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari
YuNESKO bilan hamkorlik mamlakatimizda va xalqaro
miqyosida keng nishonlandi:
 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350
yilligi;
 1993 yil – Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining
510 yilligi;
 1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;
 1996 yil – Amur Temur tavalludining 660 yilli;
 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o`g`li Cho`lpon
tavalludining 100 yilligi;
 1998 yil – Ahmad al-Farg`oniy tavalludining 1200
yilligi;
 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000
yilligi;
 2000 yil – Burhonnidin Marg`inoniy tavalludining
910 yilligi;
 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545
yilligi;
 2001 yil – «Avesto» yaratilganining 2700 yilligi.
 2004 yil – 25 mart – Vazirlar Mahkamasining “Xoja
Ahror Valiy tavalludining 600 yilligini nishonlash
to`g`risida”gi 143-son qarori qabul qilindi.
 2004 yil – 16 iyul – Vazirlar Mahkamasining “Shohi
Zinda yodgorlik majmuasida qayta tiklash va obodonlashtirish
ishlarini tiklash to`g`risida”gi 337-son qarori qabul qilindi
 2006 yil-Qarshi sahrining 2700 yillii va Xorazm
Ma’mun akademiyasining 1000 yilligi nishonlandi.
 2007 yil-Samarqand sahrining 2750 yilligi
nishonlanadi. Milliy qadriyatlarning tiklanishi. O`zbek xalqining
o`ziga xos milliy qadriyatlari bor. O`zbek xalqining
shakllanishi qanchalik uzoq tarixiy jarayonda sodir bo`lgan
bo`lsa, uning milliy qadriyatlari ham shunchalik uzoq tarixiy
jarayon davomida shakllangan.
Qadriyatlar dastlab mahalliy mazmunda, ya`ni Xorazm,
Surxondaryo, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg`ooris
hakozo hududlarda yashovchi elatlarga oorish-odatlar, rasmrusumlar, marosimlar tarzida shakllangan. So`ngra ularning eng
yaxshilari asrlar davomida saralanib umummilliy qadriyatlar
darajasiga ko`tarilgan. Turli mamlakatlarga xos eng yaxshi
qadriyatlar saralanib umuminsoniy qadriyatlarga aylanadi. Shu
boisdan ham har bir inson uchun o`z milliy qadriyatlarni,
shuningdek umuminsoniy qadriyatlarni bilish ham farz, ham
qarzdir.
Mustaqillik yillarida halqimizning milliy qadriyatlarini
tiklash, yangi ma`no mazmun bilan boyitish yo`lida bir qator
xayrli ishlar amalga oshirildi.

2.O’zbekistonda 2020 yil “ilm ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili “deb e’lon qilinish mazmun va moxiyati?


2. Prezident Shavkat Mirziyoyev ilm-ma’rifat va texnologiyalar rivojiga alohida ahamiyat qaratdi:

“Sharq donishmandlari aytganidek,


“Eng katta boylik – ooris-zakovat va ilm,


Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya,


Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”


Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.


Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur oorish.


Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan oorish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.


Yurtimiz “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz.


Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.


Albatta, “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.


Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi.


Shu bois, “Raqamli iqtisodiyot”ga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.


Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.


Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korruptsiya balosini yo‘qotishda ham samarali vositadir.


Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.


Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin.


Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirish va yangi, zamonaviy bosqichga ko‘tarish maqsadida, men yurtimizda 2020 yilga “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb nom berishni, taklif etaman”.


Davlatimiz rahbarining taklifi qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi.


3-savol
1.Ilk bolalik davri haqida tushuncha bering?
1. Inson ontogenezida uning 1 yoshgacha o’sish davri alohida ahamiyat kasb etadi . Chunki bu davrda eng muhun sifatlar xarakter hislati atrof-muhitga o’zgalarga munosabat xulq-atvor tafakkur va ong kabi psixik aks ettirishning turli ko’rinishlari shakillanadi. Bularnig barchasi qarama-qarshiliklar kurashi ostida tarkib topadi.
D.B.Elokin fikricha bolalarda keng ko’lamli va ko’p miqdordagi predmetlarni tanish idrok qilish ularni xususiyatlarini o’zgartirish ehtiyojining ortishi katta yoshdagi odamlar bilan muloqatga kirishi mayli tuyg’usi va istagini kuchaytiradi. Shunday bo’lsada bu muomo bola shaxsiy o’yin faoliyatini tashkil qilishdahali kattalarning madadiga va yordamiga muhtojligini ko’rsatadi.
Ilk bolalik davrida harakatlarning shakilantirish orentirovka faoliyati xususiyati o’zgarishi bilan uzviy bog’liqdir. Bola u yoki bu harakatni amalga oshirish uchun avval predmet bilan tanishadi unga ko’z yuurtiradi qo’liga oladi va hokazo. Bolalarning predmetlarning shakli rangi vazni bilan tanishtiradi kattalar amalga oshirish mo’ljallangan harakatning mohiyatini tushuntirladi va harakatini ay yo’sinda bajarishni o’rgatadilar.

2-savollar


1.Aralash o’yinlar haqida yozib bering?
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan kuyidagi klassifikatsiya kilish mumkin. 1) syujetli va rollarga bulib uynaladigan o‘yinlar; 2) Dilaktik o‘yinlar; 3) Xarakatli yoki koidali o‘yinlar; 4) Aralashtirilgan o‘yinlar; 5) Kurish va yasash o‘yinlari. Syujetli va rollarga bulib uynaladigan bogcha yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuprok «bogcha-bogcha», «poezd-poezd» kabi kizikarli bulgan o‘yinlar uynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o‘yinlari bir xil bulsa xam syujeti xar xil bo’ladi. Masalan: kichik gurux bolalari «bogcha-bogcha» o‘yinini uynar ekan ular peshinga ovkat pishiradilar, nonni kesadilar, idishni yuvadilar. Ammo kesilgan non kugirchoklarga berilmaydi, pishirilgan ovkat tarelkaga suzilmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o‘yinlarni roli katta. Didaktik o‘yinlar maktabgacha ta’lim muassasasida maxsus dastur asosida olib boriladigan mashgulotlarni muvaffakiyatli utkazishga, katta gurux bolalarini maktabdagi ukish faoliyatiga tayyorlashga katta yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari ichida xarakatli yoki koidali o‘yinlar xam muximdir. CHunki xarakli o‘yinlar bolalarni jismoniy jixatdan chiniktiradi, dadil, kurkmas, epchil bulishga undaydi. Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaizm, burch xislarini ustiradi. Bunga «Kim birinchi», «koptok», «ok kuyonchautiribdi», «yetib ol» o‘yinlari kiradi. Xarakatli o‘yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashgulotlarida utkaziladi. Drammalashtirilgan o‘yinlarni xam bolalar sevib uynaydilar. Bu o‘yinlar turli xil ertak va xikoyalar saxnaga kuyiladi,rollarni esa bevosita bolalarni uzlari ijro etadilar. Masalan: «Kizil shapkacha», «Tormok», «SHolgom» drammali o‘yinlar bolalarni nutqi xayol va kobiliyatlarini tarkib toptiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar o‘yinlari orasida qurish-yasash o‘yinlari hammaga ma’lum bir maksadga qaratilgan bo`ladi. O‘yin faoliyati bolalarni individual ravishda urganish imkonini beradi. Ayrim bolalar jamoa bulib uynashni yoktiradilar bu psixologik bolani umumiy tarakkiyotiga ta’sir etadi. SHuning uchun tarbiyachilar jamoa o‘yinlarga tortishlari kerak. Bola psixikasining taraqqiy etishda o‘yinning roli beqiyosdir. Biz bolaning psixik taraqqiyotini o‘yinsiz tasavvur qilishimiz qiyin. CHunki, o‘yin orqali bola faqat jismoniy tomondan emas, balki psixologik tomondan ham rivojlanadi. O‘yin orqali bola olamni, undagi narsa hodisalarni, ularga xos xususiyatlarni o‘rganibgina qolmay, balki nutq so‘zlashga, mustaqil fikrlashga xayol qilishga, ijod qilishga, muomala madaniyatiga o‘rganadi.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda t’am bilish sezgisi haqida yozib bering?
2.To’rtta asosiy ta’m mavjud: shirin, nordon, achchiq va sho’r. Bola tug’ilishidan oldin ham ular bilan tanishadi, degan nazariya mavjud. Ta’mlar chaqaloqqa bachadonda yutib yuboradigan amniotik suyuqlik orqali uzatiladi. Chaqaloq tug’ilganda, uning ta’mli kurtaklari allaqachon ishlashga to’liq tayyor

41-savol
1.Maktabgacha yoshdagi bollalarda ko’rish sezgisi haqida gapirib bering?


1. Insonlar tomonidan rang va yorug‘likni sezish ko‘rish sezgilari orqali amalga oshadi va seziladigan ranglar xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonunga ko‘ra yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan rang xromatik ranglar deb atalib, ularga kamalak ranglar, ya’ni qizil, zarg‘aldoq, sariq, yashil, havo rang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Odatda oq rang, qora rang, kulrang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi.
Ko‘rish sezgilarining organi ko‘z hisoblanib, u ko‘z soqqasi undan chiqib keladigan ko‘ruv nervlaridan tashkil topgan bo‘lib, ko‘z soqqasini tashqi tomirlari va to‘r pardalari o‘rab turadi. Tashqi pardaning tiniq bo‘lmagan oq qismi sklera yoki qotgan qattiq parda deb nomlanadi. Uning old tomoniga joylashgan bir muncha qavariq qismi tiniq mugus parda bo‘lib, uning oldingi qismi rangdor parda deb ataladi. Mazkur pardaning rangiga binoan uning tovlanishiga qarab, odamlarda ko‘z ko‘k, qora kabi jilva beradi. Rangdor pardaning o‘rta qismida yumaloq tiniq modda bo‘lib, uni qorachig‘ deb ataymiz va u orqali ko‘z ichiga yorug‘lik nurlari kiradi. ayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘u paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi.
To‘r pardaning eng sezgir joyi – sariq dog‘ning asosan, kolbachalar bilan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Obektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiruvchining sur’ati sariq dog‘ga tushadi. Bunday tarzdagi ko‘rish to‘g‘ri ko‘rish deyiladi.
Odam ko‘zi ranglarning taxminan, 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta’sirini sezadi Uch rangli sezgi nazariyasining asosiy qoidalari 1756 yilda M.V.Lomonosov tomonidan bayon qilingan bo‘lsa, 1856 yildan keyin nemis fizigi G.Gelmgols tomonidan uni to‘la isbotlab berilgan.
22-variant
1-savol
1.O’zbek qo’g’irchoq teatri bilan maxsus shug’ullangan rus etnografa P.A.Komarovning faoliyati haqida so’z yozing?
1. Chodir xayol — oʻzbek anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatri turi. Odatda, qoʻgʻirchoqlarning boshi, iyagi, kindagi, tirsagi, bilagi, tizzasi, toʻpigʻi iplar bilan bogʻlanib, bir uchi dastchoʻpga ulanadi. Parda ortida turgan qoʻgʻirchoqboz dastchoʻpdan ushlab qoʻgʻirchoqni saxnaga olib chiqadi va iplarni tortish orqali ularni harakatga keltiradi. Sayilgoh, koʻcha yoki hovlida orti tabiiy toʻsinli joy tanlanib, uz. 5– 6 m, boʻyi 2—2,5 m keladigan rangdor yoki yoʻlyoʻl chitdan parda tutiladi. Uning oʻrtasi kesilgan boʻladi. Chodir deb atalgan bu joyning ortida uz. 3— 3,5 m., boʻyi 20—25 sm keladigan ichki qora chodir boʻlib, uning ham pastki tomoni 180 sm uzunlikda va 70—75 sm balandlikda kesiladi va oʻyin joyi hosil qilinadi. Ichki chodir ostona, ustun, bolor, tirgovuchlardan iborat moslama bilan tiklanib turadi. Yarim metrgacha ichkarida qora orqa parda boʻladi. Tomoshalar, odatda, kechqurun koʻrsatilib, 50tacha qoʻgʻirchoqoʻynatilgan. Chodir xayol Oʻzbekiston hududida taxminan 6-asrda maydonga kelgan. 14-asrning 2-yarmidan 16-asrning boshigacha keng taraqqiy etgan. Dastlab xalq afsonalari, mifologik syujetlar yoritilgan boʻlsa, 18—19-asrlarda unda satirik boʻyoklar bilan saroy hayoti, bozor manzaralari aks etgan. 2 yirik komediya oʻynalgan. Etnograf M.F.Gavrilov tufayli Chodir xayol teatrining "Sarkardalar" komediyasi, P.A.Komarov tashabbusi bilan uning 47 ta qoʻgʻirchogʻi yetib kelgan. Chodir xayolning eng soʻnggi "Saltanat" nomli spektakli (S.Abdulla qayta ishlagan) 1937-yil oʻzbek sanʼati dekadasi munosabati bilan Toshkent va Moskvada koʻrsatilgan.
2.Teatrlashtirilgan Faoliyatda bollalar nutqini rivojlantirishda tarbiyachi qanday ijodiy metodlardan foydalanadi?
2. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan
– barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
ellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda.
3.Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida 2017-yil 9 sentabr PQ-3261 son qaror mazmuni haqida so’z yozing ?
3. Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va maktabga tayyorlashda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik yillarida respublikada ta’lim-tarbiya tizimi va barkamol avlodni tarbiyalash davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari darajasiga ko‘tarildi. Biroq, o‘tkazilgan tahlillar maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarning samarasi va natijasi yetarli darajada emasligini ko‘rsatmoqda.
Jumladan, so‘nggi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizdan ziyodroq kamaygan bo‘lib, bugungi kunda respublika bo‘yicha bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishi 30 foizni tashkil etadi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamonaviy talabga javob bermaydi.
Maktabgacha ta’lim tizimida variativ dasturlar joriy etilmagan, bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha muqobil, moslashuvchan modellar yetarli darajada rivojlanmagan hamda taraqqiy etgan mamlakatlar singari ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, matematik, jismoniy va ijodiy rivojlantirish, atrof muhit bilan tanishuvga yo‘naltirilgan maxsus davlat ta’lim dasturlari tatbiq qilinmagan.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning aksariyati o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lib, bolalarni maktab ta’limiga talab darajasida tayyorlash imkonini bermaydi.
Bundan tashqari, maktabgacha ta’lim sifati monitoringini yuritish tuzilmaviy va tashkiliy jihatdan nazarda tutilmaganligi sababli, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini baholash zamon talablariga javob bermaydi.
4.Dekoratsiya Folklor replica so’zlarining lug’aviy ma’nosini yozining?
4.
Download 42.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling