Mavzu: Takrorlash.Qo`shma gaplar
258-mashq. Gaplarni turlarga ajrating.
Vafosizda hayo yo`q, hayosizda vafo yo`q. (Navoiy) Bog'lovchisiz qo'shma gap
O`ylab so`zlagan kishining so`zi to`g`ridir, o`rinsiz ko`p vasagan til shafqatsiz yovdir, (A. Yugnakiy) Bog'lovchisiz qo'shma gap
Har kishi kasb-korni yaxshi bilmog`i, yaxshi tarbiya olmog`i va yaxshi xulq-odob, fazilatlarga ega bo`lmog`i kerak. (Forobiy) Sodda gap
4. Gap qancha yaxshi bo`lsa, u shuncha qisqa bo`ladi. (A. Qahhor) Ergashgan qo'shma gap
5. Vijdonli kishi xavfdan holi yshasa, xiyonat qilgan kishi behalovat yashaydi. (Zamaxshariy) Ergashgan qo'shma gal
259-mashq. Gaplarni sodda va qo`shma gaplarga ajrating.
Odamning boshqa jonzotlardan farqi nimada?(sodda) Odamda xotira bor, o`tganlarni eslab turadi.(qo'shma) Odamda farosat bor, tez va to`g`ri fahmlab oladi.(qo'shma) Odamda tasavvur bor, xayoliga nimaningdir yoki kimningdir suratini keltira oladi. (Qo'shma)
Odam harom bilan halolning farqiga bora oladi.(sodda) Masalan, toza bilan pok tushunchalari o`rtasida kata farq bor.(sodda) Ko`rinishdan toza ko`ringan narsa pok bo`lmasligi, aslida pok narsa top-toza ko`rinmasligi mumkin.(sodda) Buni anglay olish uchun odamda mantiq qudrati bor. (Sodda) Odam iffatni qadrlaydi, bu butun odamzodga xos fazilatdir (qo'shma)
260-mashq. Moturidiy bobomizning gaplarini o`zlashtirma gaplarga aylantiring. (1- va 2-gaplarni namuna uchun bajardim)
Sabrli bo`l, murodingga yetasan. – Buyuk bobomiz Moturidiy sabrli bo`lsak, murodimizga yetishimizni uqtirgan.
Har bir ishda hamkor izla. – Moturidiy har bir ishda hamkor izlash lozimligini aytgan.
Kam gapir, oz yegin-u, kam uxla. Moturidiy bobomiz kam gapirib, oz yeb, kam uxlashimiz kerakligini aytganlar.
Ilmda hammadan kamtar bo`l. Ulug' bobokalonimiz imom Moturidiy ilmda hammadan kamtar bo'lish kerakligini aytganlar.
O`rgan va o`zgalarga o`rgatgin. Bobomiz Moturidiy o'rganishimiz va o'zgalarga o'rgatishimiz zarurligini ta'kidlaganlar.
Rost gapir-u o`zgalarning aybini kovlama. Moturidiy bobomiz rost gapirishimiz va o'zgalarning aybini kovlamasligimis kerakligini uqtirganlar.
So`ramaslar javob berma, aytmagan joyga borma. Moturidiy hech kim so'ramasa javob bermasligimiz, aytilmagan joyga bormasligimiz kerakligini aytganlar.
Qalbingni hasad o`ti bilan kuydirma. Bobomiz Moturidiy qalbimizni hasad o'ti bilan kuydirmasligimiz kerakligini ta'kidlaganlar.
Uyga vazifa. 262-mashq Gaplarni turlarga ajrating.
Vatan – eng oliy tushuncha, xalqlarning tayanchi, o`tmishi, buguni va ertasidir.(sodda) Shuni aslo unutmaslik kerakki, Vatanga bo`lgan muhabbat samimiy dildan bo`lmog`i lozim. (ergashgan qo'shma gap) O`z Vatanini sevmoqlik har bir shaxsning muqaddas burchidir, ammo, haqiqiy vatanparvar uni sevish bilan kifoyalanib qolmaydi, balki Vatan ravnaqi, obodligi va obro`yi uchun tinmay kurashadi. (Bog'lovchili bog'langan qo'shma gap) Zero, hadisi sharifda aytilmishki,: “Vatanni sevmoq iymondandir”. (Ko'chirma gapli qo'shma gap)
Do'stlaringiz bilan baham: |