1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari


Mavzu: Talabalarni umumta`lim maktablarida o‘qitishning zamonaviy interfaol texnologiyalarni qo‘llashga o‘rgatish


Download 352.49 Kb.
bet24/29
Sana02.06.2024
Hajmi352.49 Kb.
#1838955
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahas-fayllar.org

25. Mavzu: Talabalarni umumta`lim maktablarida o‘qitishning zamonaviy interfaol texnologiyalarni qo‘llashga o‘rgatish
Reja:
1. Hamkorlikda o’qitish g’oyasi, uning o'ziga xos xususiyatlari.
2. Ta'limning interfaol metodlari.
3. Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari. interfaol texnologiyalarni qo‘llashga o‘rgatish
Hamkorlikda o’qitish g’oyasi didaktikada 1970 yillarda paydo bo'lgan. hamkorlikda o’qitish texnologiyasi Buyuk Britaniya, Kanada, Germaniya, Avstraliya, Niderlandiya, Yaponiya, Isroil mamlakatlari ta'lim muassasalarida keng qo’llanila boshlagan.Hamkorlikda o’qitish g’oyasi turli mamlakatlardagi, jumladan, Amerikadagi J.Xopkins universiteti professori – R.Slavin (1990), Minnesot universiteti professori – R.Jonson, D.Jonson (1987), Koliforniya universiteti professori – Sh.Sharon (1988), tomonidan ishlab ishlab chiqilgan.
Hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillarida rivojlana boshladi va ta'limdagi ko'pgina innovatsion jarayonlarni hayotga chorladi. Bu texnologiya negizida taniqli rus va chet el pedagoglarining tajribasi yotadi. Ular K.D.Ushinskiy, N.P.Pirogov, L.N.Tolstoy, JJ. Russo, Ya.Korchak, K.Rodjers, E.Bern, S.T.Shaskiy, V.A.Suxomlinskiy va boshqalardir.
Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilgan hamkorlikda o’qitish, asosan talabalarda DTS va fan dasturida qayd etilgan bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish, Isroil va Evropa olimlari tomonidan tavsiya etilgan hamkorlikda o’qitish, yuqorida qayd etilganidek, ko’proq talabalar tomonidan o’quv materialini qayta ishlash loyihalash faoliyatini rivojlantirish, o’quv bahsi va munozaralar o'tkazishni nazarda tutadi.Mazkur g’oyalar bir-birini to'ldiradi, didaktik jihatdan boyitadi va bir-birini taqozo etadi.
Hamkorlikda o’qitishning asosiy g’oyasi – o’quv topshiriqlarini nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o’qish o'rganishdir.
Hamkorlikda o’qitish har bir talabani kundalik qizg’in aqliy mehnatga, ijodiy va mustaqil fikr yuritishga o'rgatish, shaxs sifatida onglilik, mustaqillikni tarbiyalash, har bir talabada shaxsiy qadr himmat tuyg’usini vujudga keltirish, o'z kuchi va qobiliyatiga bo'lgan ishonchni mustahkamlash, tahsil olishda mas'uliyat hissini shakllantirishni ko'zda tutadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi har bir talabaning tahlil olishdagi muvafaqqiyati guruh muvafaqqiyatiga olib kelishini anglagan holda mustaqil va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o’quv topshiriqlarini to’liq va sifatli bajarishga o’quv materialini puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirishga zamin tayyorlaydi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida talabalarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
1. Komandada o’qitish (R.Slavin) da talabalar teng sonli ikki komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir talaba mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga e'tiborni qaratadi.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R.Slavinning ta'kidlashicha, talabalarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko'rsatma berilishi etarli emas. Talabalar tom ma'nodagi hamkorlik, har bir talabaning qo'lga kiritgan muvafaqqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada talabalarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir talabaning kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina talabalar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda mas'uliyatni his qilib, ko’proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishga intiladi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish (R.Slavin, 1986). Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta talabadan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so'ngra talabalarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. Talabalarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir talaba topshiriqning ma'lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir talaba o'zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o'rtoqlarini o'qitadi, so'ngra guruh a'zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.Talabalarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o'yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
O’qituvchi va talabaning hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e'tibor o'zaro munosabatning rivojlanishini o'rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.

Psixolog A.V. Petrovskiy jamoadagi shaxslararo munosabatlar faoliyatdan kelib chiqishini o'rganib, ta'lim jarayonidagi o’qituvchining talabalar bilan hamkorligini tashkil qilish faqat ularni muloqotga ehtiyojini qondirish vositasi emas, balki o’quv materialini o'zlashtirishning ham vositasi ekanligini ta'kidlagan edi.O'zaro hamkorlikning muhim omili va talabalarning o'zaro munosabati xususiyatini belgilovchi asos o’qituvchi bilan talaba hamkorligining shakllaridir. Hamkorlikdagi o’quv faoliyati o’qituvchi va talaba munosabatlarining va birgalikdagi hatti-harakatlarining alohida turidirki, u o'zlashtirish ob'ektini, bilim faoliyatining barcha qismlarini qayta qurishni ta'minlaydi.


Hamkorlikdagi o’quv faoliyatining maqsadi o'zlashtiriladigan faoliyat va birgalikdagi harakatlar, munosabat va muloqotning boshqarish mexanizmini yaratishdir. Hamkorlikdagi faoliyatning maqsuli talabalar ilgari surgan yangi g’oyalar va o'zlashtirilayotgan faoliyatning mohiyatiga bog’liq maqsadlar va sheriklikdagi shaxs pozitsiyasini boshqarish istaklarining yuzaga kelishidir.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan talabaning birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday hatti-harakat o’qituvchining talabaga ko'rsatadigan yordamidan boshlanadi;
Talabalarning faolligi asta-sekin o'sib borib, butunlay ularning o'zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan talaba o'rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo'ladi.
Zamonaviy ta'limni tashkil etishga qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni talabalarga etkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, talabalar foliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda bu borada katta tajriba to'plangan bo'lib, ushbu tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Quyida ta'lim amaliyotida foydalanilayotgan interfaol metodlardan bir nechtasining mohiyati va ulardan foydalanish borasida so'z yuritamiz.
Interfaol metod – ta'lim jarayonida talabalar hamda o’qituvchi o'rtasidagi faollikni oshirish orqali talabalarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so'z bo'lib, “interact”-“inter”-bu o'zaro, “act”-bu “harakat qilmoq?” ma'nosini anglatadi.
Umumlashtirganda esa interaktiv usullar – ( Interaction – inglizcha –aro, o‘zaro, ast - harakat ma‘nosini anglatadigan so‘zlardan iborat) o‘zaro harakat, yoki hamkorlik asosida harakatni bildiradi.
Interfaol ta'lim bu:
* strategiya va metodologiya;
* doimiy muloqotga asoslangan metodlar tizimi;
* birgalikdagi o’qish va faol ishtirok etishdir.
Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralaro'tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, talabalar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, auditoriya jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega.
3. Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari.
Hozirda ta'lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo'nalishlardan biri interfaol ta'lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo’llash natijasida talabalarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o'z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko'nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol mashg’ulotning ushbu jadvalda ko'rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo'yicha interfaol darslar tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda bir mavzu bo'yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta'minlaydigan interfaol yoki an'anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko'zda tutiladi.
2. Interfaol mashg’ulotning samarali bo'lishi uchun talabalar yangi mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo'yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki ma'lumotlarni bilishlarini ta'minlash zarur.
3. Interfaol mashg’ulotda talabalarning mustaqil ishlashlari uchun an'anaviy mashg’ulotga nisbatan ko'p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Interfaol ta'lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o'z imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo'yicha ayrim tajribalarni o'rganish asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta'sir etuvchi omillarni ko'rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–metodik hamda o’qituvchiga, talabalarga, ta'lim vositalariga bog’liq omillar deb atash mumkin. Ular o'z mohiyatiga ko'ra ijobiy yoki salbiy ta'sir ko'rsatishini nazarda tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
1.O’qituvchilardan interfaol mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini tayyorlash;
2.O’qituvchilarga interfaol usullarni o'rgatishni tashkil qilish;
3.O’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;
4.Ma'ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo'lishini ta'minlash;
5.Sanitariya-gigiena me'yorlari buzilishining oldini olish;
6.Xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta'minlash;
7.Davomatni va intizomni saqlash;
8.Nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
1.DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko'zda tutilgan maqsadga to’liq erishishni ta'minlash uchun maqsadga muvofiq bo'lgan interfaol usullarni to’g’ri tanlash;
2.Interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;
3.Interfaol mashg’ulotning har bir elementi o'rganilayotgan mavzu bilan bog’liq bo'lishini ta'minlash;

4.Mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so'nggi ilmiy-nazariy ma'lumotlar asosida belgilash;


5.Talabalarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o'tkazish;
6.Interfaol mashg’ulot uchun etarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
Inter ingliz tilidagi «inter» old qo’shimchasidan iborat bo'lib, u tom ma'noda o'zaro ta'sir, yo'nalganlik ma'nosini anglatadi. Bu erda inter so'zi keng doirada, xalqaro miqyosdagi ta'sir, harakat, yo'nalganlik mazmuniga ega. Interfaol atamasiga kelsak, u «interactive» ya'ni keng xalqaro miqyosdagi harakat faolligini bildiradi. Lotincha inter so'zining ma'nosi – ichki potentsial imkoniy quvvat degani.
Ma'lumki, har bir inson o'z ichki imkoniy quvvatiga va o'zgalarda qaytarilmas fazilatga ega.Interaktiv usul tarbiya nuqtai nazaridan, har bir kishini ruhiy, ilohiy tavsifini ko'zda tutgan holda, xalqaro miqyosdagi ta'lim – tarbiya yangiliklarni hamda ma'naviy manbalarimizdagi aks ettirilgan intellektual salohiyatimiz ko'nikmalariga asoslanib komil farzand tarbiyalash demakdir.
G’arbda pedagogikaning interfaol metodlari bilan shug’ullanadigan qismini interaktiv pedagogika deb ham yuritiladi.Interaktiv pedagogika yoshlarni, talabalarning faolliklari xilma-xilligining hamkorligi, hayrihohligi asosida ularni yangi faollika, bunyodkorlikka, yaratuvchanlikka undovchi pedagogika bo'lib, bunday sifatlar talabalarda ular erkin fikrlash asoslarini egallaganlaridan keyin shakllana boshlaydi va rivojlanadi.Interaktiv pedagogika yangi ta'lim asosida ta'lim – tarbiyaning hamma shakllarida joriy etilmoqda. Masalan, ma'ruzalarda, interaktiv pedagogikaning munozara, muomalalar muhokamasi, aqliy xujum, bahslar kabi usullaridan keng foydalaniladi.
Amaliy mashg’ulotlarda esa seminar, og’zaki, yozma kolokviumlar, referatlar muhokamasi, faol eksperiment, amaliy o'yinlar metodlaridan keng foydalanilmoqda. Ammo shunga qaramay, g’arb davlatlaridan bizga interaktiv pedagogikaning bir qancha, ya’ni “Qarorlar shajarasi”, “Ajurli arra”, “Snejniy kom”, tajribalar, tadbirlar hamkorligi kabi metodlari kirib keldi.
Inson imkoniyatlarining yana bir mo''jizaviy tomoni shundan iboratki, har bir kishi nodir va betakror bo'lishi bilan birga u ijtimoiylikka muhtoj qilib yaratilgan. Ya'ni hatto har bir qobiliyatli kishi o'z aqliy – amaliy imkoniyatlaridan optimal foydalanganda ham intellektual imkoniyatlarini faqat – 4-5% ini ishga sola oladi. Shuning uchun kishilarning qiziqishi, qobiliyatlar yo'nalishi turlicha bo'lib ular jamoalashganda aqliy imkoniyatlarning foydali ish koefitsenti ko'payadi.
Interaktiv pedagogika talabalarda ijobiy hamkorlikning har bir kishi uchun qanday katta manfaat kasb etishini amalda ko'rsatadi. Shunda talabalar fikrlari hilma – hilligidan cho'chimaydilar, balki undan o'zaro manfaatdor bo'ladilar va atrofdagi ijtimoiy-iqtisodiy xodisalarga ongli munosabatda bo'ladilar. Interaktiv pedagogika tashkiliy shakli, metodlari, talabalarning o'zaro munosabatlari, talaba va o’qituvchi munosabatlari bilan paternalistik (nasihat va o'ktirishga asoslangan) pedagogikadan tubdan farqi qiladi.
Masalan, interaktiv pedagogikaning «munozara» shaklidagi mashg’uloti ikki bosqichli qilib o'tkaziladi. Agar guruhda 20 ta talaba bo'lsa, ular 4 tadan yoki 5 kishidan iborat kichik guruhlar shaklida o'tkaziladi. Ya'ni har bir stolga davra qilib o'tiriladi. Shunday qilib, guruhda 4 yoki 5 ta davra hosil bo'ladi. Bugungi mashg’ulotda hal qilinishi kerak bo'lgan muammo 4 yoki 5 ta masalaga bo'linadi. O’qituvchi guruhlar hal qilish lozim bo'lgan masalalarni alohida qog’ozilarga yozib keladi.
Har bir guruhga turli savollar tarqatiladi. Agar muammo yangi bo'lsa, har bir kartochka – qog’ozida savollarga qisqacha yordamchi izohlar berilishi kerak. Yoki muammoni hal qilish uchun zarur bo'lgan materiallar bilan tanishish talabalarga oldindan topshiriladi. Har bir guruhga o'zlari olgan masalalarni kichik guruhlarda o'zaro ijodiy hamkorlikni yo'lga qo'yib munozarani tashkil qilish va tegishli javob hozirlash uchun 5-10 daqiqa beriladi (qiyinilik darajasiga qarab). Keyin munozaraning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Unda har bir kichik guruh vakili o'zlari hal qilgan masalani bugun guruhga, jamoaga gapirib, isbotlay berishi kerak. Bu vakilning javobi boshqa guruh a'zolari tomonidan umumiy munozaraga olinadi va umumiy yakuniy xulosa chiqariladi. Bunda professor-o'kituvchi munozaraga ijodiy hamkor sifatida, eng zarur paytlarda ishtirok etishi kerak.
Fikrlarni to’g’ri, noto’g’ri deb tasdiqlamasligi kerak. Chunki u erkin fikrlashga to'siq bo'ladi. Albatta, professor-o’qituvchi xulosaviy fikrlarda agar bo'lsa, yordamga kelishi kerak. Xuddi shunday beshta guruhlarning javoblari munozarada hal qilingach, (5-10 daqiqada) umumiy qo’yilgan muammo muhokamasiga hamma qatnashadi. Yakuniy xulosalar doskaga yoziladi. Talabalarga tegishli reyting ballari munozara davomida va munozara yakunida quyila boradi.
Interaktiv pedagogika talabalarni amaliy va nazariy faollikka yangi g’oyalar izlashga, o'z fikrlari, g’oyalarini himoya qilishga, o'z g’oya fikrlarini isbotlashga, boshqalarni fikrlariga hurmat va tanqidiy qarashga, muloqot, munozara olib borish sifatlarini o'stirishga, mustaqil ishlanishga, amaliy ijodkorlikka, amaliy sifatlarga ega bo'lishga o'rgatadi.Interaktiv pedagogika professor-o’qituvchilarga o'zlari o'?itayotgan fanlarini zamonaviy ta'limiy, ijodiy-amaliy rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalarini aniq belgilab olib milliy ta'lim modelidagi uzluksiz ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi asosida interaktiv pedagogikadan o'rinli foydalanib zamon talabi darajasidagi etuk mutaxassislarni tayyorlashdagi o'zlarining sharafli vazifalarini bajarishlari kerak.Professor-o’qituvchilar interaktiv pedagogika yordamida internetdan, masofadan turib o’qitish, axborot texnologiyalari asosida ilg’or pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqarish, ularni hayotga joriy qila bilishlari kerak.

4. O’qitish jarayonida qo’llaniladigan texnologiyalarning turlari.


O’qitish jarayonida talabalarga shaxs sifatida qaralishi, turli pedagogik texnologiyalar hamda zamonaviy metodlarni qullanilishi ularni mustaqil, erkin fikrlashga, izlanishga, har bir masalaga ijodiy yondoshish, mas'uliyatni sezish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, tahlil qilish, ilmiy adabiyotlardan unumli foydalanishga, eng asosiysi, o’qishga, fanga pedagoga va o'zi tanlangan kasbiga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytiradi.
Bunday natijaga erishish amaliyotda o’quv jarayonida innovatsion va axborot texnologiyalarni qo’llashni taqozo etadi. Ular juda xilma-xildir. Biz ulardan ba'zilari haqida to'xtalib o'tamiz va ularni o'tkazish tartibi haqida qo'llanma beramiz. Ushbu qo'llanmada keltirilgan zamonaviy metodlar, yoki o’qitishning samarasini oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar talabalarda mantiqiy, aqliy, ijodiy, tankidiy, mustakil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini rivojlantirishga, raqobatbardor, etuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
O’qitish jarayonida turli texnologiyalardan foydalanish mumkin. Bularga quyidagilar kiradi.
««Aqliy hujum»» metodi – o’qituvchi talaba egallashi kerak bo'lgan mavzuni oddiydan – murakkabga tomon bosqichma bosqich loyihalab beradi.
«Tarmoqlar» metodi – talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikr doirasini kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o'rgatishga qaratilgan.

«3x4» metodi – talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g’oyalarni bera olishi, ta'lim jarayonida yakka, kichik guruh holda tahlil etib, xulosa chiqara olishi, ta'rif bera olishiga qaratilgan.


«Blits-o'yin» metodi – harakatlar ketma-ketligini to’g’ri tashkil etishga, mantiqiy fikrlashga, o'rganayotgan predmeti asosida ko'p, xilma-xil fikrlardan, ma'lumotlardan kerakligini tanlab olishni o'rgatishga qaratilgan.
«Intervyu» texnikasi – talaba savol berish, eshita olish, to’g’ri javob berish, savolni to’g’ri tuzishni o'rgatishga qaratilgan.
«Ierarxiya» texnikasi – oddiydan murakkabga, murakkabdan oddiyga o'tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlashga o'rgatishga qaratilgan.
«Bumerang» texnikasi – talabalarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha talabalarni baholay olishga qaratilgan.
«Talaba» treningi – talabalar bilan individual holda ishlash o’qituvchi va talaba o'rtasidagi to'siqni yo'q qilish, hamkorlikda ishlash yo'llarini o'rgatishga qaratilgan.
«O’qituvchi shaxsi» treningi – o’qituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «O’qituvchi shaxsiga qo'yiladigan talabalar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«Muloqot» texnikasi o’qituvchilarni auditoriya diqqatini o'ziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat ko'rsatishga, uni tashkil etishni o'rgatishga qaratilgan.
«Boshqaruv» texnikasi o’qituvchilarni auditoriyani boshqarishdagi usullari hamda talabalarni ish jarayonida boshqarish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga o'rgatishga qaratilgan.


Download 352.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling