1. Mutahassislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari Mutahassislikka kirish fanining fanning asosiy manbalari


Mavzu: Talabalarni umumta`lim maktablarida tashkil etiladigan o‘quv va pedagogik amaliyotiga tayyorlash


Download 1.46 Mb.
bet15/29
Sana18.06.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1559452
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
magistr mus ish (1)

16.Mavzu: Talabalarni umumta`lim maktablarida tashkil etiladigan o‘quv va pedagogik amaliyotiga tayyorlash.
Reja:

  1. Talabalarni umumta`lim maktablarida tashkil etish

  2. Talabalarni pedagogik amaliyotiga tayyorlash

Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib, uni oqilona amalga oshirish bo‘lg‘usi pedagog kadrning kasbiy yetukligini ta’minlashga xizmat qiladi. Ma’lumki, muayyan yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kadr tayyorlash to‘plangan tajriba, ilmiy izlanishlar asosida tartibga tushirilgan ta’lim standartlari, shuningdek, uni huquqiy jihatdan ta’minlovchi me’yoriy hujjatlar, o‘quv-metodik adabiyotlar tizimi asosida amalga oshiriladi. Demak, bunda kadrlar tayyorlashda uzoqni ko‘zlab ish yuritiladi. Bu kadrlar tayyorlashning asosiy komponenti hisoblanadi hamda unga mamlakatimizda davlat ahamiyati beriladi. Ayni zamonda, uni ta’lim jaryonida qanday qo‘llash masalasi ham borki, bu borada ham yutuqlarimiz kam emas. Ko‘rinib turibdiki, oliy ma’lumotli kadr tayyorlashda o‘zaro uzviy bog‘langan ikki jarayon mavjudki, biri strategik mohiyat, ikkinchisi esa taktik mohiyat kasb etadi. Shuning uchun ham kadrlar, xususan, pedagogik kadrlar tayyorlashda strategiya va taktika tushunchalaridan foydalanish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu terminlarning harbiy sohaga tegishli ekanligi barchaga ma’lum, lekin ular boshqa sohalarda ham qo‘llana boshladi, jumladan iqtisodiyot va menejment yo‘nalishlarida bu termindan keng foydalanilmoqda, hatto ayrim fanlar shu termin bilan bevosita atalgan. Masalan, “Strategik menejment” degan mustaqil fan ham paydo bo‘ldi. Strategiya so‘zining elektron lug‘atlarda, fanda metodologiya, metodika ma’nolarida qo‘llanishi ham qayd qilingan. Shunisi aniqki, harbiy sohada va boshqa sohalarda bo‘lsin, bu termin boshqaruv, istiqbolni rejalashtirish san’ati degan tushunchani o‘zida aks ettiradi. Taktika so‘zi strategiyani amalga oshirish usuli, tarzi ma’nosini bildirib, ko‘zlangan maqsadni konkret sharoitlarda amalga oshirishda qo‘llanadigan prinsiplar, yondashuvlar va usullarni qamrab oladi. Shu jihatdan bu termin va tushunchalardan ta’lim tizimini rejalashtirish, uning mazmunini belgilash va konkret sharoitlarda uni amalga oshirishni ilmiy asoslashda, jumladan, pedagog kadrlarni tayyorlash bilan bog‘liq ilmiy qarashlarni shakllantirish, uni asoslash hamda pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoni modullarida foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlagan bo‘lar edik. Strategiya terminidan mamlakat, ayrim olingan vazirlik, oliy ta’lim muassasasi miqyosida foydalanish mumkin bo‘ladi va uning tayanch tushunchasi strukturasida istiqbol ma’nosi yotadi. Demak, strategiya tushunchasi ta’lim sohasida biror mamlakat, vazirlik yoki oliy ta’lim muassasasi istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan metodologik hujjatlar, o‘quv-me’yoriy hujjatlar, ta’lim resurslarini qamrab oladi va yetuk kadrlarni tayyorlash maqsadini ko‘zlaydi. Ko‘rinadiki, strategiya pirovard maqsad tushunchasi bilan uyg‘unlashib ketadi. O‘zbekiston Respublikasida ta’lim maqsadi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da aniq-ravshan belgilab berilgan . Shunday qilib, ta’lim strategiyasi jamiyatning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqiladigan va ta’lim jarayoniga joriy etiladigan bosh metodologiyadir. Taktika ishlab chiqilgan strategiyani amalga oshirish usulidir. Aytaylik, oliy ta’lim muassasasi 4 yil davomida bakalavr kadrni tayyorlab chiqarishi kerak. Buning uchun mamlakatimizda zarur bo‘lgan ta’limiy-tashkiliy hujjatlar to‘liq yaratilgan. Ana shu hujjatlarni konkret sharoitga tatbiq etish, faqat tatbiq etibgina qolmay, sifatli kadr tayyorlashga qaratilgan innovatsiya va ijodiy ishlanmalarni o‘quv jarayonida qo‘llash hamda bunda standart va nostandart metod va texnologiyalardan foydalanish, tashkilotchilikda avtorlik pozitsiyalariga ega bo‘lish, umumlashtirib aytganda, strategiyaning muvaffaqiyatini ta’minlashga qaratilgan xususiy yondashuvlarni amalga oshirish taktikadir. Taktika strategiyaning hayotiy mazmuni hisoblanadi. Avval ta’kidlaganimizdek, pedagogik kadr tayyorlashning strategik masalalari O‘zbekiston Respublikasida to‘la hal qilingan, muayyan darajada uni amalga oshirish taktikasi ham ishlab chiqilgan. Masalan, Davlat ta’lim standartlari strategik maqsadni ifodalasa, o‘quv reja uni amalga oshirish taktikasidan biridir yoki o‘quv rejani strategik ahamiyatli deb hisoblasak, ishchi o‘quv reja taktik ahamiyatlidir. Demak, strategiya va taktika munosabatlari tizimi ham amalda bor. Mavjud ta’lim resurslari vositasida sifatli pedagogik kadr tayyorlash strategik reja bo‘lsa, pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni taktik reja asosida amalga oshiriladi. Bu o‘rinda biz ta’lim tizimidagi barcha strategik va taktik munosabatlarga emas, balki o‘quv jarayonida talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasiga to‘xtalishni zarur deb topdik. O‘ylaymizki, bu zaruriyatga maxsus izoh berish ehtiyoji qolmaydi, negaki, uning mohiyati muammoni hal qilish chog‘ida ochiladi. Ma’lumki, talabalarni pedagogik faoliyatga tayyorlash ikki komponentdan – nazariy bilimlarni egallash va malakaviy (pedagogik) amaliyotdan iborat. Bu strategik reja bo‘lib, har ikki bosqich o‘ziga xos taktikani bildiradi, ya’ni nazariy bilimlar egallab bo‘lingach, amaliyotni o‘taydi. An’anadagi bu tizim o‘zini oqlab kelayotgandek taassurot qoldiradi. Shuning uchun ham bu tizimni o‘zgartirish haqida hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmay kelinmoqda. Amalda yosh pedagog kadr pedagogik faoliyat yuritishga qanchalik tayyor ekanligi nisbiy haqiqat bo‘lib qolmoqda. Faqat bir martagina, u ham bo‘lsa, oxirgi kursda malakaviy amaliyotdan o‘tishning o‘zigina sifatli kadr tayyorlashda kifoya emasligini hayot tasdiqlamoqda. Butun umrini bola ta’lim va tarbiyasi bilan o‘tkazishga hozir turgan, pedagogik faoliyat yuritishga huquq beruvchi diplomga ega bo‘lgan shaxs nazariy tayyor bo‘lsa ham, amaliy jihatdan uni to‘laqonli uddalay olmayotganligi rasmiy va norasmiy ravishda aytib kelinmoqda. Bu “yozilmagan haqiqat”ni tuzatish vaqti yetdi, balki uni ilmiy asoslarga qo‘yish lozim ham. Buning uchun esa pedagogik faoliyatga tayyorlash taktikasini ishlab chiqish lozim bo‘ladi. Bu taktik reja to‘g‘risida avval ham fikr yurtilgan edi , lekin uni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilmaganligi va oliy pedagogik ta’lim xizmatchilarida tashabbuskorlik yetishmaganligi tufayli bu taktik reja amalga oshmadi. Ma’lumki, yaqin o‘tmishda uzluksiz pedagogik amaliyot degan tushuncha bor edi, u ta’lim jarayoniga tatbiq etildi ham, uning ayrim joriy hujjatlari yaratildi, lekin uni amalga oshirish taktikasi ishlab chiqilmaganligi uchun ham tezda bekor qilindi. Unga ko‘ra, pedagogika oliy ta’lim muassasasi talabasi butun o‘quv faoliyati davrida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida quyi kurslarda passiv kuzatuvchi, yuqori kurslarda faol amaliyotchi sifatida qatnashishi ko‘zda tutilgan edi, lekin u davrdagi mutaxassis tayyorlovchi o‘quv rejalarida bu o‘quv turiga maxsus vaqt me’yori ham belgilangan bo‘lsa-da, passiv kuzatuvchilik faoliyatining o‘quv-metodik ta’minoti ishlab chiqilmadi, natijada bu reja barbod bo‘ldi. Hozirgi “Pedagogika” ta’lim sohasiga kirgan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalarida bu faoliyatni tashkil etishga vaqt me’yorlari belgilangan emas, bunga hojat ham yo‘q, chunki pedagogik faoliyatga tayyorlashni oqilona va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalangan holda tashkil etish mumkin. Shuni ta’kidlash joizki, nazariy bilimlarni berish va pedagogik faoliyatga tayyorlash jarayoni oliy ta’lim muassasalarida uyg‘un tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu taktik rejani amalga oshirmaslik, avval ta’kidlanganidek, pirovard natijada, tayyorlanayotgan pedagog kadrning sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Xorijiy mamlakatlarda nazariy ta’lim va amaliyotni bog‘lagan holda ta’lim berish tizimi “sendvich kurs” deb yuritiladi . Bunga ko‘ra, har bir modulda nazariy bilim olingach, talabalar shu bilimlarni peshma-pesh amaliyotda yo ko‘rib keladilar, yoki shu jarayonda ishtirok etadilar, natijada nazariya va amaliyot uyg‘unligi ta’minlanadi. Mamlakatimizda bu tizim oliy tibbiyot ta’limida muvaffaqiyat bilan ishlamoqda. Aslida “sendvich kurs” barcha oliy ta’lim muassasalari ta’limida qo‘llanishi zarur bo‘lgan taktik rejadir. Ayniqsa, oliy pedagogik ta’limda uning muhim o‘rni bor. Biz oliy pedagogik ta’limda “sendvich kurs”ning bosqichlarini quyidagicha belgilashni tavsiya etgan bo‘lar edik: 1. Pedagogik jarayonning kuzatuvchisi. Bunda 1-2-kurslardagi psixologiya, yosh fiziologiyasi va gigiyena, pedagogika nazariyasi fanlariga ajratilgan soatlar asosida amaliy va seminar mashg‘ulotlari vazifalarini bajarish maqsadida talabalar maxsus ishlab chiqilgan dastur (yoki xarita) asosida umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini bevosita kuzatadilar va ular to‘plagan materiallar professor-o‘qituvchi boshchiligida muhokama qilinadi. Umumiy psixologiyadan kuzatish dasturi ikki jihatni qamrab olishi zarur: 1) o‘quvchilarning mashg‘ulotga ruhan tayyorligi, motivatsiyasi (qiziqishi), diqqati, o‘qituvchi va o‘quvchilarning idrok qilishi, xotirasi, xayoli, fikr yuritishi hamda shu jarayonda ular temperamentining namoyon bo‘lishini; 2) o‘qituvchining dars o‘tishga ruhan tayyorligi, o‘quvchilarga umumiy ravishda va yakka tarzda murojaat qilishi, nutqidagi izchillikning saqlanishi va ta’sirchanligi, o‘quvchilarning psixik jarayonini boshqara olish imkoniyatlarini tahlil qilib, qo‘lidagi hujjat (karta)ning tegishli o‘rinlariga faktlarni qayd qilib boradi va u to‘plagan ma’lumotlar dars oxirida psixologiya bo‘yicha rahbar boshchiligida muhokama qilinadi. Bu psixologiya fanining seminar mashg‘ulotlari mazmuni asosida amalga oshiriladi. Yosh fiziologiyasi va gigiyena fani bo‘yicha o‘quvchilarning sinf partalarida o‘tirish holati, ularning yoshiga nisbatan o‘sish darajasi, sinfda gigiyena qoidalarining amal qilish holati, o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi, jismoniy imkoniyatlari, sezgi organlarining sog‘lomlik darajasi kuzatiladi, zarur hollarda bolalar klinikasidagi tibbiy xaritasi bilan tanishish lozim. Bu esa o‘quvchi shaxsini har tomonlama o‘rganish va shu asosda unga individual munosabatda bo‘lishni ta’minlaydi. Pedagogika nazariyasi bo‘yicha. Talabalar (ularning miqdori 2-3 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiq) sinf rahbariga biriktirib qo‘yiladi va sinf rahbarining tarbiyaviy ishlariga to‘laligicha yordamchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Ishni sinf rahbari hamda ta’lim muassasasining tarbiyaviy va ma’naviy sohadagi rejalari bilan tanishishdan boshlab, rejadagi barcha masalalarni hayotga joriy qilishda bevosita ishtirok etadi; ikkinchi tomondan, o‘qituvchining dars jarayonidagi faoliyatini kuzatadi: dars strukturasiga amal qilishi, uning tanlagan o‘qitish metodlari, ulardan foydalanish imkoniyatlari, o‘quvchilarning o‘zlashtirishlarini aniqlashda (baholashda) ularni qo‘llab-quvvatlash shakllari, pedagogik taktga amal qilishi, darsliklar bilan ishlash mahorati va boshqalar


Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling