1. Naflilik nazariyasining asosiy qoidalari. Naflilik funksiyasi, umumiy naflilik va chekli naflilik


-chizma. Naflilik darajasi turlicha bo‘lgan befarqlik egri chiziqlari


Download 191.46 Kb.
bet13/14
Sana18.06.2023
Hajmi191.46 Kb.
#1560213
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Kurs ishi Mikroiqtisodiyot

14-chizma. Naflilik darajasi turlicha bo‘lgan befarqlik egri chiziqlari.
Asosiy tayanch tushunchalar
Befarqlik egri chizig‘i – ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etuvchi chiziq.
Befarqlik kartasi – iste’molchining muayyan tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasviri.
Daromad samarasi – narx pasayganda iste’molchi pul daromadlarining sotib
olish layoqatining ortishidir.
Almashuv samarasi – tovar narxining pasayishi natijasida uning boshqa tovarlarga nisbatan arzonlashuvi hamda iste’molchining o‘z xaridini boshqa tovarlardan olib, ushbu tovarga ko‘chirishi natijasida xarid hajmining oshishi.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – talab hajmiga ta’sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi – iste’molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
XULOSA
Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi bilan jamiyatda bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan korxonalarning (firmalarning) xo‘jalik yuritish faoliyatini, ularning bozor sharoitidagi harakatini, cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llarini va shu asosda ularni samarali faoliyat yuritishlarini o‘rgatuvchi bilimga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bu masalalarni hal qilishda “Mikroiqtisodiyot” fanining ahamiyati katta, chunki bu fan iqtisodiyot fanining tarkibiy qismi bo‘lib, u korxonalar, firmalar, birlashmalar, uy xo‘jaliklari va bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining quyi qismida amal qiladigan barcha bozor sub'yektlarining faoliyatini keng miqiyosda tahlil etish asosida tegishli xulosalar chiqarib, qarorlar qabul qilish imkonini yaratadi. Bozor sub'yektlari deganda iste'molchilar, ishlab chiqaruvchilar (har xil mulkchilikka asoslangan kolrxonalar), yollanma ishchilar, mablag‘ qo‘yuvchilar, yer egalari-umuman iqtisodiyotni ishlashiga va rivojlanishiga ta'sir ko‘rsata oladigan har shaxs va xo‘jalik sub'yekti tushiniladi. Bu yerda davlat, xususiy va shu kabi boshqa sektorlarning ayrim korxonalari olinib, ulardagi daromadlar va xarajatlar, ishchilarning soni va ularni ish bilan ta'minlanishi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori, ularning bahosi va shu kabi qator boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlil etiladi. Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari faoliyatiga bevosita ta'sir etuvchi talab va taklif, foydalilik va iste'molchilarning bozodagi narxlarga munosabati, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot bahosi, raqobat shakllari, ishlab chiqarish omillari va ulardan oqilona foydalanish yo‘llari, umumiy muvozanat va davlatning bozorni boshqarishdagi roli va shu kabi qator boshqa masalalar o‘rganiladi.



Download 191.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling