1. Naqd pulsiz hisob-kitoblar va ularining tashkil qilinishi
To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishi
Download 40.06 Kb.
|
Banklarda naqd pulsiz hisob-kitoblarni tashkil qilish va ularning hisobi
2 . To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblar, ularning hisobi va rasmiylashtirilishiTo’lov topshiriqnomasi bu to’lovchi korxonaning uning bankdagi depozit hisobvarag’idan pul mablag’larining ma’lum bir summasini boshqa mijozning hisobvarag’iga o’tkazish xaqida o’ziga xizmat ko’rsatuvchi bankka bergan topshirig’idir. To’lov topshiriqnomasi 0505411002 shakldagi standart blankada to’lovchi tomonidan rasmiylashtirilib bankka topshiriladi. To’lov topshiriqnomalari orqali kuyidagi to’lovlar amalga oshiriladi: tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblar; notovar operatsiyalar bo’yicha hisob-kitoblar; Markaziy bankning me’yoriy hujjatlarida ko’zda tutilgan bo’lsa, bank ssudalari va unga ko’shilgan foizlarni qoplash uchun mablag’ o’tkazish; Hukumat qarorlari va bank qoidalarida belgilangan hollardagi bank to’lovlari. Ilgari to’lov topshiriqnomalari rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 kun ichida bankka topshirilishi mumkin bo’lib, shu davr ichida u haqiqiy bo’lib hisoblanar edi. «Naqd pulsiz hisobkitoblarni amalga oshirish to’g’risida»gi yangi Nizomga asosan to’lov topshiriqnomasi rasmiylashtirilgan kun bankka taqdim etilishi lozim, ya’ni topshiriqnomaning sanasi uni bankka taqdim etilgan kun bilan bir xil bo’lishi kerak, ular mos kelmagan holda to’lov topshiriqnomasi ijro uchun qabul qilinmaydi. Lekin byudjetga va byudjetdan tashqari fondlar bo’yicha to’lovlar bundan mustasno. To’lov topshiriqnomalarining bankka topshiradigan nusxalar soni to’lovchi va mablag’ oluvchilarning qaysi bankda joylashganligiga bog’liq. To’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalar bir bank bo’limi xizmatidan foydalansalar, topshiriqnomalar bankka uch nusxada taqdim etiladi. Topshiriqnoma nusxalarining har biri quyidagicha ishlatiladi: birinchi nusxa to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan, bankning to’rtburchak muhrining izi tushirilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi to’lov oluvchining hisobvarag’iga ilova sifatida mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning to’rtburchak muhr izi tushirilgan holda to’lovni oluvchi korxona vakiliga beriladi; uchinchi nusxa operatsiya bajarilgandan so’ng, bank bo’limining to’rtburchak shtampi izi tushirilgan, mas’ul ijrochi tomonidan imzo, to’lovni amalga oshirish va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda, to’lovchi korxona vakiliga ularning depozit hisobvarag’idan ko’chirma bilan birgalikda beriladi. Lekin har doim ham bir-biri bilan munosabatda bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bir bank xizmatidan foydalanmaydilar, chunki hisob-kitoblar bir hudud tashqarisiga chiqishi mumkin. Agar to’lovchi va mablag’ oluvchi korxonalarga bir hudud ichidagi yoki boshqa hududda joylashgan turli bank bo’limlari tomonidan xizmat ko’rsatilsa, to’lov topshiriqnomalari bankka ikki nusxada taqdim etiladi: birinchi nusxasi to’lovlar amalga oshirilgandan keyin bank mas’ul ijrochisi tomonidan imzo, to’lov amalga oshirilgan sana, bankning muhr izi tushirilgan va qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda kunlik hujjatlar yig’masiga tikiladi; ikkinchi nusxasi bank bo’limining muxr izi tushirilgan, bank mas’ul ijrochisining imzosi, to’lov amalga oshirilgan sana va topshiriqnomani qabul qilish sanasi ko’rsatilgan holda to’lovchi korxona vakiliga beriladi. To’lov topshirig’ida quyidagi rekvizitlar ko’rsatilishi lozim: a) to’lov topshirig’ining nomi va nomeri. b) to’lov topshirig’i to’ldirilgan sana, ya’ni kun, oy va yil. v) to’lovchining nomi, to’lovchi bankining nomi va kodi. g) to’lovchining hisobvaraq nomeri va identifikatsiya kodi. d) mablag’larni oluvchi korxona nomi, unga xizmat ko’rsatuvchi bank nomi va kodi j) mablag’ oluvchining hisobvaraq nomeri. z) to’lovlarning summasi raqam va yozuvlarda ko’rsatiladi. i) to’lovning maqsadi. 2-sxema. To’lov topshiriqnomalari bo’yicha hisob-kitoblardagi hujjatlar aylanish sxemasi Hisob-kitob markazi Mol sotuvchi korxona 1. Shartnoma 3 . To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar, ularning rasmiylashtirilishi va hisobga olinishi Naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan biri to’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar bo’lib, ular 1992 yil 1 avgustigacha respublika naqd pulsiz aylanishining qariyb 60-65 foizini tashkil etar edi. Markaziy bankining 1992 yil 6 iyundagi 78-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston xalq xo’jaligida hisob-kitoblarni tartibga solish, ularning holatini yaxshilash, hamda bozor talablariga moslashtirish maqsadida, 1992 yil 3 iyuldan boshlab mulkchilik shaklidan kat’iy nazar barcha korxona va tashkilotlar uchun talabnomalarning o’rniga yangi tartibdagi to’lov-talabnoma topshiriqnomasi bo’yicha hisob-kitoblar amaliyotga kiritildi. Shu bilan birgalikda, 1992 yil 1 avgustgacha to’lov talabnomalarining oborotda bo’lishiga ruhsat etildi. Lekin korxona va tashkilotlar to’lov talabnomasi orqali amalga oshiriladigan hisob-kitoblarga bir necha o’n yillab o’rganib qolganliklari sababli, Markaziy bankka to’lov talabnomasini amaliyotga qaytadan tadbiq etish bo’yicha ko’plab talab va takliflar kelib tushayotganligini hisobga olgan holda, bu masala qayta ko’rib chiqilib, 1996 yil 29 fevraldagi Markaziy bankining Xatiga asosan qaytadan muomalaga kiritildi. To’lov talabnomasi - bu mahsulot etkazib beruvchi va mablag’ oluvchilarning belgilangan summani to’lovchi bank orqali to’lashi to’g’risidagi talabnomani o’z ichiga olgan hisob-kitob hujjatidir. To’lov talabnomasi bo’yicha hisob-kitoblar «aktsept» shaklidagi hisob-kitoblar ham deb yuritiladi. Download 40.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling