1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar


Download 173 Kb.
bet10/15
Sana19.06.2023
Hajmi173 Kb.
#1620174
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar

Oligopoliya –tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi  hukmronlik holati hisoblanadi. Oligopolist - ishlab chiqaruvchilarga  O`zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko`mir (Angrenshahri, Surxondaryo  viloyatining Sariosiyo (Sharg`un) va Boysun tumanlarida joylashgan)ishlab chiqarishni,telefon aloqa kompaniyalarinimisol keltirish mumkin.Oligopoliya sharoitida narxning shakllanishi tarmoqdagi tovar ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo`llaniluvchi «ergashish» hamda «inkor  etish» hatti-harakatlari orqali izohlanadi. 
«Ergashish» holatida bir oligopolist tomonidan narx bo`yicha qilingan o`zgarish (narxning  pasayishi yoki oshirilishi)ga qolgan oligopolistlar tomonidan ham  ergashish,ya‘ni shunday o`zgarishlar qilish kuzatiladi.Odatda,bozorda o`z tovarlariga narxni pasaytirish orqali iste‘molchilari soni hamda sotish hajmini oshirishga qaror qilgan oligopolist hatti-harkatiga javoban qolgan oligopolistlar ham narxlarni pasaytiradilar.  
Natijada narxning umumiy pasayishi ro`y berib,bozordagi ulush oldingi holda qoladi, ya‘ni oligopolistning hatti-harakati samara bermaydi.
«Inkor etish» holatida bir oligopolist tomonidan narx  
bo`yicha qilingan o`zgarish (narxning pasayishi yoki oshirilishi)ga  
qolgan oligopolistlar tomonidan inkor etish, ya‘ni hech qanday javob  
o`zgarishlari qilmaslik kuzatiladi. Ko`pincha bunday holat oligopolist  
tomonidan o`z tovariga narxni oshirgan chog`ida ro`y beradi, ya‘ni  
qolgan oligopolistlar tovarlari narxlarini oshirmaydilar. Natijada,  
narxni oshirgan oligopolist o`z iste‘molchilarini yo`qotib, bozordan  
siqib chiqariladi.  
3.Bozor muvozanati.Maksimal va minimal narxlar
Bozor qanday paydo boʻlganligi haqida gapirishdan oldin tarixga bir nazar solamiz. Natural xoʻjalikda hamma oʻz ehtiyojlarini oʻzi yetishtirgan mahsulotlari evaziga qondirgan. Bu bir maʼnoda qulay boʻlishi mumkin, toki Siz hech kimga bogʻliq boʻlmaysiz, mutlaq avtonomiyada umr kechirasiz.(Gap avtonomiya haqida ketganda, hozirgi kunda dunyoda roʻy berayotgan voqealarni chetlab oʻtib boʻlmaydi. Iqtisodiyot boshidan kechirayotgan inqiroz davrida eng kam zarar koʻrgan davlatlar-bu avtonomlashgan, jahon iqtisodiyoti va bozoriga yuqori darajada integratsiyalashmagan davlatlar boʻlib chiqdi. Bu narsa shu kabi iqtisodiy siyosatning ham oʻziga yarasha ijobiy tomonlari borligidan dalolat beradi.) Keyinchalik, mehnat ixtisoslashuvi va boshqa omillar natijasida inson oʻz ehtiyojini qondirish maqsadida boshqa odamlarga ham murojaat qilishiga toʻgri keldi. Ushbu narsani bir misolda koʻrsatsa boʻladi. Masalan, ikkita turli kasb egalari- dehqon va chorvador kuniga 8 soat ishlaydi deb faraz qilaylik. Dehqon 1 kg un ishlab chiqarish uchun 2 soat sarflaydi, chorvador 1 kg qaymoq ishlab chiqarish uchun 4 soat sarflaydi. Unning bozordagi narxi 1000 soʻm, qaymoqniki-2000 soʻm boʻlsin. Dehqon kuniga 4 kg un =4000 soʻm, chorvador 2 kg qaymoq=4000 soʻm ishlaydi. Endi dehqon qaymoq yemoqchi boʻlsa, 6 soat vaqtini sarflab 1 kg qaymoq oladi. Bunga sabab, u dehqonchilik bilan shugʻullangan, uning hayoti dehqonchilikka ixtisoslashgan. Qaymoq ishlab chiqarish uchun chorvadorga nisbatan 1,5 marta koʻproq vaqt sarflaydi. U 6 soat ichida 1 kg qaymoq va ish kunidan qolgan 2 soat ichida 1 kg un ishlab chiqaradi. Uning kunlik mehnat unumdorligining puldagi ekvivalenti 3000 soʻm boʻladi. Agar dehqon dehqonchiligini davom ettirib, qaymoqni oʻzi ishlab chiqarishi oʻrniga, 2000 soʻmga, yaʼni 2 kg unga sotib olganida, unda 1 kg qaymoq va 2 kg un qolar edi. Xuddi shunday vaziyatni chorvadorga un kerak boʻlganida ham kuzatish mumkin. Demak, mahsulotlarni oʻzi ishlab chiqargandan, birovdan sotib olgan arzonroq boʻlar ekan.
Shunday qilib bozor yuzaga keldi. Oddiy barter usulidan keyin, pullar ham paydo boʻldi. Endi mahsulotlar bozorda sotilishi uchun ataylab tovar shaklida ishlab chiqarilar, bozorda sotilib, daromad evaziga yana xomashyo-tovar sotib olinar edi. Shu yoʻsinda ishlab chiqarish sikli davom etardi. Hozirgi kunda ham bozor shu tarzda faoliyat yuritadi.

Download 173 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling