1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar
Bozor — Iqtisodiyotda bozor
Download 173 Kb.
|
1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar
Bozor — Iqtisodiyotda bozor atamasi ostida bozor sub’yektlari (xaridorlar va sotuvchilar) orasidagi pul-mol almashinuvi tizimi tushuniladi.
1)Sotuvchilar bilan xaridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. B. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. B.da tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. B. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. B.da 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. B. iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.ga chikali, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar B.da sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi. Bozorning vazifalari © Ishlab chiqaruvchi resurs egalari va iste’molchilarni bog’lash asosida xizmatlar hamda resurslarning ayriboshlanishini ta’minlash © Ishlab chiqarishning uzluksiz takrorlanib turishiga yordam berish © Iqtisodiy resurslarning tarmoqlar, sohalar va korxonalar o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash © Iqtisodiyotni tartibga solish Bozorda sotuvchi mo’ljallagan narx taklif narxidir. Uning qarshisida xaridorning talab narxi turadi.O’rtadagi savdolashuv natijasida har ikki tomonga ma’qul narx paydo bo’ladi. Bu narx muvozanat narx deb ataladi Download 173 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling