1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar


Download 173 Kb.
bet5/15
Sana19.06.2023
Hajmi173 Kb.
#1620174
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1. Narx tushunchasi va unga ta`sir qiluvchi omillar

Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlab beradi.
Talab va taklif — bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari.
Talab (tovarlar va xizmatlarga talab) — xaridor, isteʼmolchining bozorda muayyan tovarlarni, neʼmatlarni sotib olish istagi; bozorga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan taʼminlangan ehtiyoj.Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab isteʼmol kattaligi miqdoridir. Tovarlar dunyosidagi xilma xillikka moyil ravishda talab hosil boʻladi.
Masalan, oziq ovqat tovarlari, sanoat mollari, maishiy va ijtimoiy xizmatlarga boʻlgan talablar tovarlarga talab tuzilmasini tashkil etadi. Mazmuni va harakati jihatidan haqiqiy, oʻsayotgan, barqaror qondirilgan, qondirilishi kechiktirilgan, qondirilmagan, meʼyordagi va boshqa talablarga boʻlinadi.
Talab miqdorining oʻzgarishiga bir qancha omillar taʼsir qiladi. Ularning orasida eng muhimi narx omilidir. Tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining oʻsishi va aksincha, narxning oʻsishi xarid miqdorining kamayishiga olib keladi.
Taklif — muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi: ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larning oʻz tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi.
Bozorda tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasida bevosita bogʻliqlik mavjud: narx qanchalik yuqori boʻlsa, boshqa sharoitlar oʻzgarmagan hollarda, sotish uchun shuncha koʻproq tovar taklif etiladi, yoki aksincha, narx pasayishi bilan taklif hajmi qisqaradi.
Masalan, 10 soʻm narxda 3 tovar birligi taklif etiladi, agar narx 15 soʻmga koʻtarilsa, taklif hajmi 5 birlikka qadar koʻpayadi, agar narx 20 soʻmga yetsa, taklif hajmi 6 birlikka yetadi. Shunday qilib, taklif miqdorining oʻzgarishlari taklif egri chizigʻida bir nuqtadan ikkinchisiga koʻchishida oʻz ifodasini topadi.



narx taklif
Egri chiziqning ijobiy ogʻishi tovar narxi bilan uning taklifi miqdori oʻrtasidagi bevosita bogʻliqlikni aks ettiradi.
Talab va taklifning tub mazmuni ularning narx orqali oʻzaro aloqadorlikda mavjud boʻlishidir. Bu aloqadorlik — talab va taklif qonuni bozor iqtisodiyotining obʼyektiv qonuni hisoblanadi. Talab va taklif qonuniga koʻra bozordagi taklif va talab faqat miqdoran emas, balki oʻzining tarkibi jihatidan ham bir-biriga moyil kelishi kerak, shundagina bozor muvozanatiga erishiladi. Bu qonun ayirboshlash qonuni boʻlib, bozorni boshqaruvchi va tartiblovchi kuch darajasiga koʻtariladi.
Unga koʻra bozordagi talab oʻzgarishlari darhol ishlab chiqarishga yetkazilishi kerak. Bozordagi talab va taklif nisbatiga qarab ishlab chiqarish surʼatlar va tuzilmasi tashkil topadi. Jamiyat bu qonundan bozor muvozanatiga aloqador omillarga taʼsir etish orqali foydalanadi.
2.Turli bozorlar va ularda narx belgilashni o`ziga xos xususiyatlari
Bozor murakkab mexanizm hisoblanadi. Bozordagi tovarlarning xilma-xilligi uning murakkab tuzilishga ega ekanligini asoslab beradi.
Jahon bozori rivojlangan davlatlar iqtisodini qamrab oladi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng jahon bozoriga hissa qo’sha boshladi.
1992 yilda O’zbekistonning mahsulotlari chet ellarga 870 million AQSh dollar miqdorida eksport qilingan bo’lsa, 2003 yilda bu ko’rsatkich 3725 mln. AQSh dollarini, 2007 yilda esa 8991,5 AQSh dollarini tashkil etdi. MDH davlatlariga qilingan eksport darajasi 47,5 foizni boshqa xorijiy davlatlarga 52,5 foizni tashkil etgan.
Bozorda tovarlar emas, balki xizmat ko’rsatishlar ham taklif etiladi. Bozorning turlari shartli ravishda quyidagi sinflarga ajratiladi.

I. Faoliyat ko’rsatish, darajasiga qarab:



  • asosiy bozor – bunda ishlab chiqarilgan tovarlarning asosiy qismi sotiladi;

  • qo’shimcha bozor – mahsulotlarning birqismi sotiladi;

  • samarasiz bozor – vaqtinchalik faoliyat ko’rsatadi;

  • salohiyatli bozor – ma’lum sharoitdagina rivojlana oladigan bozor;

  • sust bozor – yashashi yoki yashamasligi noma’lum bozor.

II. Mahsulotlarning sotilish turiga qarab:



  • ulgurji bozor;

  • chakana bozor

III.Tovarlar bilan ta’minlash darajasiga qarab:

  • muvozanatli bozor;

  • muvozanatsiz bozor;

  • taqchil bozor.

IV. Qonunga qarab:

  • qonuniy bozor;

  • xufiya bozor.

V. Raqobat kurashiga qarab:

  • erkin raqobat bozori;

  • monopolistik bozor;

  • oligopolik bozori;

  • sof monopolistik bozori.

VI. Tarmoq turiga qarab:

  • avtomobil bozori;

  • kompyuter bozori;

  • samolyot bozori va hokazo.

VII. Mazmuni va ishlatilishiga qarab:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling