1. Natural sonlar. Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar


Download 140.58 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi140.58 Kb.
#1494925
  1   2   3
Bog'liq
Matem 1 dars


Matematika_#1(AsA)
1.Natural sonlar.
Narsalarni sanashda ishlatiladigan sonlar natural sonlar deb ataladi.
Raqamlar o‘nta: 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 0
Masalan: 18, 905, 3 410, 10 201, 1 678 314.
Bu natural sonlarning o‘nli yozuvi deb, sonlar esa o‘nli sanoq sistemasida yozilgan deyiladi.
Natural sonlar sanoq tartibida ketma-ket yozib chiqilsa,
1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, ... natural sonlar qatori hosil bo‘ladi.
Natural sonlar qatorida 1 eng kichik natural sondir. Natural sonlar qatori cheksizdir.
0 natural son emas.
2.Natural sonlarni o’qish. (Sonni o‘qish uchun chapdan o‘ngga qarab sonning har bir sinfidagi birliklari soniga shu sinf nomini qo'shib ketma-ket aytib chiqiladi. Eng oxirgi birlar sinfi nomi o‘qilmaydi. Agar sinfning har uchala xonasida 0 turgan bo'lsa, bu sinf nomi ham o‘qilmaydi.)

a ) 175478750 b ) 1242124 c ) 102485 d ) 1448723659
e ) 415015412 f) 125432356 g) 14546478 h) 948210124 i) 4575254164
3.Natural sonlarni yozish.(Raqamlar bilan yozing.)
a) Bir million sakson bir_________________ b) to’rt ming to’rt________________
c) sakkiz trillion besh yuz ikki _______________ d) Ikki million o’n sakkiz______________
e) O’ttiz uch ming sakkiz yuz besh________________ f) O’n uch million uch yuz
4.Natural sonlarni taqqoslash.
<” kichik deb o’qiladi. 2 < 4. (2 kichik 4 dan). “>” kata deb o’qiladi. 5 > 1. ( 5 katta 1 dan).
Turli xonali sonlarni o‘zaro taqqoslaganda qaysi birining xonalari ko‘p bo‘lsa, o‘shanisi katta bo’ladi.
5612 > 963
4 xonali 3 xonali
Bir xil xonali sonlarni taqqoslash
a) 8512 > 3925. Chunki, 8 > 3.
b) 3842 > 36 18. Chunki, 3=3, lekin 8 > 6.
d) 65 437 > 65 432. Chunki, 6=6, 5=5, 4=4, 3=3, lekin 7 > 2.
Sonlarni taqqoslang va yulduzcha o’rniga “<” yoki “>” belgisini qo’ying:
a) 456 500 * 49 900 ____ b) 5 000 * 49 999 ____ e) 36 106 * 36 099____
f) 8 720 000 * 8 720 019___ g) 77 417 * 8432___ h) 930 000 * 1 000 001___
(Bir xil xonali sonlarni o‘zaro taqqoslashda, ularning chap tomonidan boshlab bir xil nomdagi xonalarida turgan raqamlarini ketma-ket o‘zaro taqqoslab borish kifoya. Birinchi uchragan, bir-biridan farqli bu raqamlardan qaysi biri kichik bo‘lsa, o‘sha son kichik boladi.)
Taqqoslang:
a) 10 _ 18; b) 75 _ 79; d) 147 _ 170; e) 11 876 __ 11 765; f ) 2 660 008 __ 2 665 001;
g) 6 877 500 600 __ 6 876 999 999.
Quyidagi sonli tenglik va tengsizliklarning qaysilari to‘g‘ri?
a) 322 + 128 = 450; b) 25 • 22 = 5500; d) 132 : 11 = 18 - 6; e) 58 • 65 = 15625 : 25; f) 24 • 28 < 625;
Quyidagi sonlarning ba’zi raqamlari o’rniga yulduzchalar qo’yilgan. Ulardan qaysi biri katta ekanligini toping va tengsizlik ko’rinishida ifodalang: a )923** va 924** b ) *157** va *1567*
114 dan katta, lekin 133 sonidan kichik hamda oxirgi raqami 3 bilan tugaydigan sonni aniqlang.
5. Natural sonlarni yaxlitlash. ( Yaxlitlash - biron bir ulushli sonlarni taqribiy yaxlit son bilan almashtirish).
Masalan: a) 24 soni 20 bilan 30 sonlari (o‘nliklari) orasida joylashgan: 20 < 24 < 30 kichik onlik katta o‘nlik 24 soni chamalanganda - kichik yoki katta o‘nliklardan birortasi olinadi. 24 soni yaxlitlanganda esa - bu songa eng yaqin o‘nlik olinadi. 24 soniga 30 soniga qaraganda 20 soni yaqin.
Chunki, 24 - 20 = 4, 30 - 24 = 6 bo'lib, 4 < 6. Demak, 24 o'nlar xonasigacha yaxlitlanganda 20 olinadi va 24 = 20 kabi yoziladi va «24 taxminan 20 ga teng» deb o'qiladi.
b)25 sonini o'nlar xonasigacha yaxlitlang.
20 < 25 < 30 va 25 soni 20 dan ham 30 dan ham bir xil uzoqlikda, ya’ni 25 - 20 = 5, 30 - 25 = 5 va 5 = 5. Bunday holatda katta o'nlik - 30 olinadi: 25 = 30.
Quydagi sonlarni o’nlar xonasigacha yaxlitlang. a) 784=___ b) 777=___ C) 997=____
Quydagi sonlarni yuzlar xonasigacha yaxlitlang. a) 784=___ b) 747=___ C) 997=____
6. Natural sonlar ustida 4 xil amallar.
A) Natural sonlarni qo’shish.
Bir-biriga qo‘shiluvchi sonlar - qo‘shiluvchilar(4,3), qo‘shish natijasi esa yig‘indi deb ataladi(7). Xususan, 4 + 3 ham yig‘indi deb yuritiladi. ( 4+3=7)
Qo‘shiluvchilarning o’rnini almashtirgan bilan yig‘indi o‘zgarmaydi.
Sonlarni qo’shing: a) 27+39+13+11= b) 116+37+14+43= c) 198+36+102+64+75= d) 527+108+11+73+39+92= e) 217+125+49+111+83+75= f) 18+39+27+12+23= g) 29+87+21+51+13= h) 122+193+27+78+15= i) 401+223+49+77+5= j) 303+144+67+56+137= k) 38+94+12+16= l) 155+46+5+54+30= m ) 326+157+74+43+229= n ) 845+136+155+164+208= o ) 773+111+257+89+201=
Yig‘indini qulay usulda hisoblang: a) 325 + 484 + 675= b ) 321+337+363= d )234 +456+166=
Qulay usulda qo‘shishning guruhlash qonunini qo’llab yig‘indini hisoblang:
a) (6347 + 3747) + 6253; b) 9999 + (4701 + 20 200); d) (44 888 + 69 999) + 10 001; e) 18 856 + (1544 + 3322).
Yig indini qulay usulda hisoblang: a) 325 + 484 + 675; e) 448 + 323 + 52 + 77; b) 321 + 337 + 363; f) 123 + 978 + 277 + 22; d) 234 + 456 + 166; g) 511 + 245 + 855 + 89.
Yig indini qulay usulda hisoblang:
a) 11 + 12 +13 + 14 + 15 + 16 + 17 + 18 + 19 + 20;
b) 23 + 25 + 27 + 29 + 31 + 33 + 35 + 37;
d) 5 + 10 + 15 + 20 + ... + 100;
e) 94 + 84 + 74 + ... + 24 + 14 + 4.
Fermer xo‘jaligida birinchi kuni 125 t, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 42 t ko‘p kartoshka terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 28 t ko‘p kartoshka terib olindi. Uch kunda jami necha tonna kartoshka terib olindi? Javob:_____

Download 140.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling