1. Nazariy ma`lumot Masalalar yechish tartibi bo`yicha uslubiy tavsiyalar


Teorema: Ilgarilanma harakatdagi q


Download 124.95 Kb.
bet2/7
Sana21.11.2023
Hajmi124.95 Kb.
#1790613
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
09.Qattiq jismning ilgarilanma va aylan

Teorema: Ilgarilanma harakatdagi qattiq jismning hamma nuqtalari bir xil trayektoriya chizadi va har onda jism nuqtalarining tezlik va tezlanishlari bir-biriga teng bo’ladi.
Teoremani isbotlash uchun berilgan OXYZ qo’zg’almas hisoblash sistemasiga nisbatan ilgarilanma harakatni tekshiramiz. Jismning ixtiyoriy A va B nuqtalarini olib, ularning radius vektorlarini o’tkazamiz.
Shakldan (2.1)
tenglikni olamiz (2.2-shakl). Jism harakatlanganda va lar o’zgaradi.


2.1-shakl
. AA1=BB1 va AA1½½ BB1 bo’ladi. (2.1) dan vaqtga nisbatan hosila olamiz.
bunda
bo’lgani uchun (2.2)
A va B nuqtalar ixtiyoriy nuqta bo’lgani uchun ilgarilanma harakatdagi jismning hamma nuqtalarining tezliklari bir xilda bo’ladi degan natijaga kelamiz. (2.2) dan vaqtga nisbatan hosila olamiz.
bundan (2.3)
(2.3) tenglikdan ilgarilanma harakatdagi jismning hamma nuqtalarining tezlanishlari bir xilda bo’ladi, degan natijaga kelamiz. Shunday qilib, teorema isbotlandi. Ilgarilanma harakat ta’rifidan va isbotlangan teoremadan jismning ilgarilanma harakati uning biror nuqtasining harakati bilan aniqlanishini ko’ramiz. Bunday nuqta uchun ko’pincha jism og’irlik markazi olinadi.
(2.4)
C nuqtaning harakat tenglamalari jismning ilgarlanma harakat tenglamalari bo’ladi. Shuning uchun ilgarilanma harakatdagi jism kinematikasi nuqta kinematikasidan farq qilmaydi.


Qattiq jismning qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati.

Qattiq jism harakatlanganda uning ikki nuqtasi doimo harakatsiz qolsa, qattiq jismning bunday harakatiga qo’zg’almas o’q atrofidagi aylanma harakati deyiladi. Shu qo’zg’almas nuqtalardan o’tgan to’g’ri chiziqqa aylanish o’qi deyiladi. Aylanish o’qida joylashgan jism nuqtalari doimo harakatsiz bo’ladi.



2.2-shakl
Aylanish burchagining o’zgarishi P tekislikni P0 tekislikka nisbatan harakatlanishini ifodalaydi. Shuning uchun aylanish burchagi bilan vaqt orasidagi munosabat
. (2.5)
(2.5) ga jism aylanma harakat tenglamasi deyiladi. Agar (2.5) tenglik berilgan bo’lsa, vaqtning har bir paytdagi jismning holati ma’lum bo’ladi. Aylanish burchagi radianda o’lchanadi, u vaqtning bir qiymatli, uzliksiz, differensiallanadigan funksiyasi bo’ladi. Jism qo’zg’almas o’q atrofidagi holati bitta aylanish burchagi bilan aniqlangani uchun aylanma harakatdagi jism bitta erkinlik darajasiga ega bo’ladi.

Download 124.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling