1 Neftning kislorod saqlovchi birikmalari


Download 0.6 Mb.
Sana01.03.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1242215
Bog'liq
keraksiz


1 Neftning kislorod saqlovchi birikmalari

Kislorod saqlovchi birikmalar neft tarkibida juda kam holatda 10% (mass.) dan ortiq bo’lishi mumkin. Neftning ushbu komponentlari: kislotalar, ketonlar, fenollar va efirlar bo’lib, kamroq hollarda laktonlar, angidridlar, furan birikmalari bo’lishi mumkin. Ushbu moddalar kislorodli birikmalarning turli sinflariga mansub bo’lib, ularning tuzilishi neftning ushbu fraksiyadagi uglevodorod tuzilishiga ham javob beradi. Kislorod saqlovchi birikmalarning



asosiy qismi asosan yuqori qaynovchi fraksiyalarda bo’lib, kerosin fraksiyasidan boshlanadi. Dobryanskiy ma’lumotlariga ko’ra kislorod miqdorining 90-95% i smIlalar va asfaltenlarga to’g’ri keladi.
Bestujevning umumlashtirilgan ma’lumotlariga asosan neftning kislorod saqlovchi birikmalarida normal tuzilishga ega bo’lgan C1-C24 kislotalar, izo tuzilishga ega bo’lgan C4-C7 alifatik kislotalar (1-,3- metal hosilali va 1-etil hosilali), C11-C15 izoprenoid kislotalar, siklopentankarbon kislotalar va ularning mono-, di- va trimetil hosilali gomologlari, siklogeksankarbon kislota va ularning mono-, di- va trimetil hosilali gomologlari hamda turli siklopentilsirka kislotalar va siklopentilpropion kislotalar, C8– ikki asosli alifatik va aromatik kislotalar, C3-C6 alifatik va C13-C15 siklik ketonlar, hamma (uch) krizollardan iborat, turli ksilenollar va – naftol hamda boshqa murakkabroq tuzilishli birikmalardan iborat fenollar mavjuddir.
2 setan soni Engil gаzоyl (frаksiya 195 – 350 0 C). Uning zichligi 0,89 – 0,94 bo’lib, 40 – 80% аrоmаtik uglevоdоrоdlаrdаn ibоrаt. Setаn sоni 20 – 45 gа teng. Undаn dizel yoqilg’i kоmpоnenti sifаtidа fоydаlаnilаdi yoki undаn sаjа (qоrаkuya), nаftаlin, denаntren оlish uchun хоm аshyo sifаtidа оlinаdi.
Oktan soni — karbyuratorli yoki injektor ichki yonuv dvigateli yonilğilarining detonatsiyaga turğunligini ifodalaydigan koʻrsatkich. Yonilğining Oktan soni etalon yonilği aralashmasiga taqqoslab aniqlanadi. Etalon yonilgi sifatida izooktan (2, 2, 4-uch metilpentan) va geptan aralashmasi qabul qilingan. Izooktanning detonatsiyaga turgʻunligi 100, normal geptanniki nol deb olingan. Etalon yonilgʻi aralashmasidagi izooktanning foizlardagi miqdori sinaladigan yonilgʻining Oktan sonini belgilaydi. Yonilgining Oktan soni qancha katta boʻlsa, detonatsiyaga moyilligi shuncha kichik boʻladi. Avtomobillarda Oktan soni 66—98 ga teng benzin, siqish darajasi yuqori boʻlgan dvigatellarda Oktan soni yuqori ben-zinlar ishlatiladi.
Yonilg’ining oktan soni deb, izooktan va geptandan sun’iy tayyorlangan, detonatsiya turg’unligi sinalayotgan yonilg’inikiga teng bo’lgan aralashmadagi foyzda beriladigan(hajm bo’yicha) izooktan miqdoriga aytiladi.
Namunaviy yonilg’i sifatida ikkita uglevodorod aralashmasi olinadi.
1) Izooktan - S8N18 izomer tuzilishga èga bo’lgan parafin qatordagi uglevodorod bo’lib, detonatsiya bardoshligi 100 deb qabul qilingan.
2 ) Normal-geptan - C7H16 - parafin qatoridagi uglevodorod bo’lib, zanjirsimon normal tuzilishga èga, uning struktura formulasi quyidagicha:
Geptan kuchli detonatsiyalanadi, uning detanatsiyaga bardoshligi 0 ga teng.
Oktan sonini ikki xil yo’l bilan oshirish mumkin:
1) Prisadkalar - ya’ni tarkibdagi uglevodorolarni o’zgartirish yuqori oktan sonli uglevodorod qo’shish yo’li bilan (izoparafinlar, aromatik uglevodorodlar).
2) Detonatsiyaga qarshi birikmalar qo’shish yo’li bilan - ètil suyuqligi tarkibida (S2N4)4Rv qo’rg’oshin bo’lib, bu suyuqlik zaxarli bo’ladi. Ètil suyuqligi qo’shilgan benzin ètillangan deyiladi va ranglanadi.
4.


Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling