1. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari Ijtimoiy bozor xo’jaligi konsepsiyasi Chikago monetarizm maktabi


Neoliberalizmning boshqa oqimlari


Download 30.85 Kb.
bet4/8
Sana04.02.2023
Hajmi30.85 Kb.
#1163749
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
7-MAVZU.

4. Neoliberalizmning boshqa oqimlari
F. Fon Xayek Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Avstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Avstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sosialistik xo’jalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks yettirmaydi. Uningcha, sosializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalarni o’zboshimchalik bilan tuzadigan tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik ro’y beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizasiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot to’g’risidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar.
Ingliz iqtisodchisi Fridrix Fon Xayek asli nemis bo’lib, asosiy faoliyatini Angliyada ko’rsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot
F. Fon Xayek bo’yicha Nobel mukofoti laureati bo’lgan. U o’zining «Qullik sari yo’l» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, ya’ni yakkahokimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xo’jalikda bozor tizimining «aralash» va «buyruqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini ko’rsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb e’lon qiladi, kapitalizm davrida yekspluatasiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sosialistik g’oyalari to’la tushkunlikka mahkumligi va o’z tabiatiga ko’ra halokatli yekanligini ta’kidlaydi.
Bu ta’limotga asoslanib, bir qancha mamlakatlarda hozirgi yaxshi tanish bo’lgan iqtisodiy siyosatlar ishlab chiqildi. Shular ichida neoliberalizmga asoslangan nemis nazariyotchisi, GFRning siyosiy va davlat arbobi Lyudvig Erxard (1897-1977) yaratgan nazariya «ijtimoiy yo’naltirilgan bozor xo’jaligi»ning asosini tashkil etadi. U o’z nazariyasini yaratdi va uni GFRda kansler Adenauyer davrida amalga oshirdi ham. Bu nazariyaning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat: erkin baholarning zarurligi, erkin raqobat, talab va taklifning muvozanati, iqtisodiyotning muvozanati; davlat bozor xo’jaligida shu shartlarni kafolatlashi va uning ijtimoiy yo’naltirilgan rivojlanishini ta’minlashi kerak. Bu g’oyalar L.Erxardning 1956 yilda chop etilgan «Barcha uchun farovonlik» kitobida ifodalab berilgan. Nemis olimlari A.Ryustov, Volter Oyken (1891-1950), shveysariyalik V.Rebke (1899-1966)lar ordeliberalizm, ya’ni «o’rta yo’l» ta’limotiga asos solgan bo’lib, ijtimoiy bozor uning bir varianti hisoblanadi. Ular «insonparvar jamiyat», «xo’jaliklarning ideal tiplari» haqida fikr yuritadilar.
Bu model «asoschilari»dan biri siyosiy iqtisodchi Vilgelm Rebke kapitalizm va sosializm orasidagi «uchinchi yo’l» borligini ko’rsatib berdi. Dunyoda rivojlangan mamlakatlar bo’lmish GFR, Shvesiya va boshqalar shu yo’lni tanladilar (Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti. T., «Sharq» NMK, 1996, 5-bet).
Dastlab 1961 yilda paydo bo’lgan «rasional kutilmalar» nazariyasi hozirgi davrda keng targ’ib etilmoqda. J.F.Mut tovarlar va qimmatli qog’ozlar bozoriga bag’ishlangan maqolasida «nima uchun biron bir qoida yoki formula hyech qachon narxlarning o’zgarishini to’g’ri prognoz qila olmaydi?» degan savolga javob berishga harakat qildi. Uning fikricha, amalda barcha mavjud informasiya savdogarlar tomonidan darhol qayta ishlanadi va ularning ko’ra bilishi, demak «kutilmalar» rasional bo’lib chiqadi.
70-yillarda keynschilik siyosati AQSh iqtisodiyotida makroekonomik masalalarni hal etish samarasiz bo’lib qoldi, shunda R.I.Lukas, T.J.Sardjent, N.Uolleslar Mutning maqolasida aytilgan g’oyalarni takomillashtirib, moliya aktividagi narxlar harakatini «rasional kutilmalar» asosida tushuntirib berdilar. Ularning fikricha, iqtisodiy agentlar ham o’z kutilmalarini siyosatchilar (davlat xodimlari) qo’lidagi informasiya asosida shakllantiradilar va o’z-o’zidan tushunarliki, iqtisodiyotga siyosatchilarning imkon boricha kamroq aralashuvi uchun harakat qiladilar. Amalda iqtisodiy agentlar narxlar prognozini shakllantirishda, ya’ni narxlar o’zgarishini kutganda, bozordagi haqiqiy baholarni aniqlash kabi usullardan foydalanar yekanlar. Bu kutilmalar har doim ham bexato bo’ladi, degani emas va ko’ra bilish mukammal emas, chunki iqtisodiyot tasodifiy, oldindan aytib bo’lmaydigan shok o’zgarishlariga uchrab turadi, bu esa narxlarning subyektiv kutilmalarining o’rtacha miqdoriga yoki «matematik kutilma»ga teng bo’ladi, bu aslida obyektiv taqsimotdir. Rasional prognoz yoki kutilma shunday xususiyatga egaki, kutilayotgan xato har doim nolga teng bo’ladi. R.I.Lukas «rasional kutilmalar» nazariyasi uchun 1995 yilda Nobel mukofoti laureati bo’ldi.

Download 30.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling