1. Neolibiralizm va Keynschilik. Keyns g`oyalarining vujudga kelishi
Download 103.39 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Keyns ta‟limotlarining xususiyatlari hozirgi davrdagi axamiyati Neolibiralizm va Keynschilik.
- Keyns g`oyalarining vujudga kelishi
DJON MEYNARD KEYNS TA`LIMOTI VA NEOKEYNSCHILIK. NEOLIBERALIZM G`OYALARINING MOHIYATI VA AHAMIYATI Reja:
Keyns g`oyalarining vujudga kelishi Keyns ta‟limotlarining xususiyatlari hozirgi davrdagi axamiyati Neolibiralizm va Keynschilik. Jon Meynard Keyns (1883-1946) – hozirgi zamonning buyuk olimi- iqtisodchisi. Uning dunyoqarashi o`zi oldin bilim olgan, keyin o`qituvchilik qilgan Kembridj universitetida shakllandi. U A.Marshall qo`lida ta‘lim oldi. Ammo uning izidan bormadi, o`ziga xos yo`nalishda nazariya yaratdi. J.M.Keyns o`z tadqiqotlari asosida bir qator asarlarni nashr etdi. Ular ARS = S/ Y Agar umumiy daromad oshsa, unda kishilar ushbu oshgan daromadning bir qismini iste‘molga sarflasalar, ikkinchi qismini jamg`aradilar, ya‘ni Delta S q delta S = delta Y. J.M.Keynsning asosiy psixologik qonuniga muvofiq, daromadlarning o`sib borishi bilan jamg`armaga bo`lgan moyillik oshib boradi, ya‘ni milliy daromadning jamg`ariladigan qismi ko`payadi. Milliy daromad 0 100 200 300 400 500 Iste‘mol (S) 50 100 150 200 250 300 Jamg`arma (S) -50 0 50 100 150 200 Keyns jamg`arma va investitsiya o`rtasida bog`liqlikni aniqlab, agar jamg`arma bilan investitsiya o`rtasida katta, sezilarli uzilish paydo bo`lsa, u o`z navbatida iqtisodiy inqirozga olib kelishini isbotlab berdi. Agar investitsiyalar jamg`armalardan kam bo`lsa, u holda yalpi talab taklifdan kam va milliy daromad kamaya boradi. Agar investitsiyalar jamg`armalarga teng bo`lsa, yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o`zgarmay qoladi. Keyns g`oyalarining vujudga kelishi Multiplikator J.M.Keyns investitsiyalarning ko`payishi bilan milliy daromadning ko`payishi o`rtasidagi bog`liqlikni tahlil qildi. Investitsiyalarning ko`payishi milliy daromadning o`sishiga olib keladi va u qo`yidagi formula ko`rinishida ifodalanadi: D. Y = D. I Investitsiyalarning ko`payishi va uning natijasida milliy daromad va aholining ish bilan bandligining o`sishi maqsadga muvofiq iqtisodiy samara sifatida ko`riladi. Iqtisodiy samara multiplikator deb ataladi. Multiplikator – bu son koeffitsiyenti bo`lib, daromad o`sishi bilan ushbu o`sishni yuzaga keltirgan investitsiyalar o`simi o`rtasidagi nisbatni ifodalab beradi. Multiplikator atamasini birinchi marta ingliz iqtisodchisi R.Kan 1931 yili ishlatgan (ish bilan bandlik sohasidagi multiplikator). M = dY / d I, yoki M = 1/MRS Multiplikator nazariyasiga ko`ra, kishilarning jamg`armaga bo`lgan moyilligi qancha ko`p bo`lsa, multiplikatorning ahamiyati shuncha kam bo`ladi. To`la ish bilan bandlik sharoitida multiplikator amal qilmaydi, negaki bo`sh turgan resurslarning bo`lmaganligi sababli ishlab chiqarishni ortiqcha kengaytirib bo`lmaydi. Keyns bir qancha hisob-kitoblarga asoslanib, AQShning multiplikatorini aniqladi, u 2,5 ga teng ekan. Bu daromadlar o`sishi investitsiyalar ortishidan 2,5 marta ortiq degani, ya‘ni 1 dollar investitsiya 2,5 dollar daromad keltiradi (ish bilan bandlikni o`stirish – asosiy maqsad). Likvidlik ustunligi nazariyasi D.M.Keyns «likvidlik usutnligi» (odam o`zida naqd pul bo`lishini xohlash) tushunchasini kiritdi. O`z ishlarining yurishib ketishidan xavotirlanish, kelajakka ishonmaslik kishilarni naqd pul saqlashga undaydi. Kishilarning o`z uylarida naqd pul zaxiralarini ushlab turishi, J.M.Keyns bo`yicha, qo`yidagi sabab (motiv)larga bog`liq: harid qilish zarurligi (transaksion motiv); kutilmagan vaziyat uchun (ehtiyot shartdan); olib sotarlik sababi. Likvidlikka bo`lgan talab bilan foiz stavkasi o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud: foiz stavkasi qancha yuqori bo`lsa, odamlarda o`z aktivlarini naqd shaklda saqlashga bo`lgan xohish shuncha kam bo`ladi va aksincha. Download 103.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling