1. Nima sabab bilan eng qadimgi urug`chilik tizimi ham yakunlandi?


Download 20 Kb.
Sana22.09.2020
Hajmi20 Kb.
#130673
Bog'liq
2 dars testlar


1. Nima sabab bilan eng qadimgi urug`chilik tizimi ham yakunlandi?

A) Matriarxatga o‘tilishi bilan

B) Patriarxatga o‘tilishi bilan

C) Paleolit davriga o‘tish bilan

D) Mezolit davriga o‘tish bilan

2. .... - birgalikda yashagan va mehnat qilgan, umumiy mehnat qurollari va qurol-yarog‘larga ega bo‘lgan qarindoshlar jamoasidir?

A) Urug‘ B) Davlat

C) To‘da D) Qabila

3. O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha eng qadimgi manba?

A) "Avesto" B) "Injil"

C) "Qur'on" D) "Bibliya"

4. Qadimgi odamlarning qoldiqlari (skelet va boshchanoq) ni sinchiklab tekshirib ko‘rgan ... ularning tashqi ko‘rinishini qaytadan yaratishga, ming yillar davomida kishilarning tashqi qiyofasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni nazardan o‘tkazishga harakat qiladilar?

A) Arxeologlar B) Antropologlar

C) Etnograflar D) Lingvistlar

5. O‘zbekistonning qadimgi aholisi bilan Qadimgi Sharq elatlari o‘rtasida keng madaniy aloqalar boshlangan. O‘lkamizdagi o‘sha davrlarga oid ko‘hna qadamjolarni o‘rganish chog‘ida arxeologlar qaysi o‘lkalarning hunarmandlari tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?

A) Hindiston, Xitoy va Vizantiya

B) Hindiston, Eron va Mesopotamiya

C) Hindixitoy, Eron va Mesopotamiya

D) Hindiston, Arabiston va Kichik Osiyo

6. Matriarxat bu?

A) Ona urug‘i B) Ota urug‘i

C) Juft urug‘i D) Katta oila

7. Insoniyat tarixining boshlang`ich davri bo‘lib, bu paytda barcha mehnat qurollari umumiy bo‘lgan, hamma baravar ishlagan, bu davr qanday ataladi?

A) Urug‘chilik tuzumi

B) Ibtidoiy jamoa tuzumi

C) Qabilachilik tuzumi

D) Feodal tuzumi

8. Insoniyat rivojidagi birinchi bosqich kishilarning...?

A) Ibtidoiy to‘daga birlashuvi bo‘lgan

B) Urug‘ jamoasiga birlashuvi bo‘lgan

C) Davlat tuzumiga birlashuvi bo‘lgan

D) Feodal aloqalarga birlashuvi bo‘lgan

9. Behistun qoyalari qayerda joylashgan?

A) Erondagi Mozandaron shahrida

B) Erondagi Hamadon shahrida

C) Erondagi Kirmonshoh shahrida

D) Erondagi Persepol shahrida

10. Quyidagilardan qaysi birida qadimgi odamlarning kata jamoasi mujassam bo‘lgan?

A) Urug‘ jamoasi B) Feodal tuzum

C) Ibtidoiy to‘da D) Qabila ittifoqi

11. Makedoniyalik Aleksandrning O‘rta Osiyoga harbiy yurishlari haqidagi ma'lumotlar keltirilgan asar va u kimniki?

A) "Aleksandrning harbiy yurishlari", Arrianniki

B) "Buyuk Aleksandr tarixi", Kvint Kursiy Rufniki

C) " Aleksandr yurishlari tarixi", Arrianniki

D) "Aleksandrning yurishi", Arrianniki

12. Tarixda manbalar necha turga bo‘linadi?

1. Arxeologlar manbalar

2. Antropologlar manbalar

3. Yozma manbalar 4. Etnograflar manbalar

5. Moddiy manbalar 6. Lingvistik manbalar

A) 1, 2 B) 1, 3 C) 3, 5 D) 4, 6



13. Behistun yozuvlari qaysi hukmdor buyrug‘i bilan yozilgan?

A) Kir II B) Kserks C) Kambiz D) Doro I



14. Kimlar qadim o‘tgan zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar?

A) Arxeologlar B) Antropologlar

C) Etnograflar D) Lingvistlar

15. Ko‘hna qadamjolarni qazish chog‘ida arxeologlar qayerlik hunarmandlar tomonidan tayyorlangan sopol va metall idishlar, zargarlik buyumlarini topishgan?

1. Misr 2. Xitoy 3. Yunoniston 4. Hindiston

5. Eron 6. Mesopotamiya

A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6 C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6



16. Gerodot qanday asar yozgan?

A) "Tarix"

B) "Geografiya"

C) "Aleksandrning harbiy yurishlari"

D) "Tarixiy yilnomalar"

17. Gerodot qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?

A) Mil. avv. VIII asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi

B) Mil. avv. VII asr. Qadimgi Rim tarixchisi

C) Mil. avv. VI asr. Qadimgi Yunon tarixchisi

D) Mil. avv. V asr. Qadimgi Yunon tarixchisi

18. Kimlar hozir ham barhayot qabilalar va xalqlarni, qadimgi odamlarning saqlanib qolgan ko‘pgina udumlari, xo‘jalik va madaniyat an'analarini o‘rganadilar?

A) Arxeologlar B) Antropologlar

C) Etnograflar D) Lingvistlar

19. Quyidagi qaysi asarda O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati haqida ma’lumotlar beriladi?

A) “Tarix”

B) “Geografiya”

C) “Tarixiy yilnomalar

D) “Makedoniyalik aleksandr tarixi”

20. Mis-tosh davri bu?

A) Paleolit B) Mezolit

C) Neolit D) Eneolit

21. Kvint Kursiy Ruf qanday asar yozgan?

A) "Tarix"

B) "Aleksandrning harbiy yurishlari"

C) "Geografiya"

D) "Makedoniylik Aleksandr tarixi"

22. Jahondagi barcha xalqlar tarixi nimadan boshlangan?

A) Urug‘chilik tuzumi

B) Ibtidoiy jamoa tuzumi

C) Qabilachilik tuzumi

D) Feodal tuzumi

23. Strabon qachon yashagan va u qayerlik tarixchi va geograf?

A) Mil. avv. IV asr. Xitoy tarixchisi va geografi

B) Mil. avv. I asr. Rim tarixchisi va geografi

C) Mil. avv. II asr. Misr tarixchisi va geografi

D) Mil. avv. I asr. Yunon tarixchisi va geografi

24. "Avesto" da yurtimizning qadimgi tarixiy viloyatlari- ... aholisi madaniyatlari to‘g‘risida hikoya qilinadi?

1. So‘g‘diyona 2. Midiya 3. Xorazm 4. Parfiya

5. Baqtriya 6. Marg‘iyona

A) 1, 2, 3 B) 4, 5, 6

C) 1, 3, 5 D) 2, 4, 6

25. O‘rta tosh davri bu?

A) Paleolit B) Mezolit

C) Neolit D) Eneolit

26. ... - turmush va mehnat umumiyligi negizida birlashgan eng qadimgi odamlar jamoasidir?

A) Urug‘ jamoasi B) Feodal tuzum

C) Ibtidoiy to‘da D) Qabila ittifoqi

27. Kvint Kursiy Ruf qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?

A) I asr. Qadimgi Rim tarixchisi

B) II asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi

C) III asr. Qadimgi Yunon tarixchisi

D) IV asr. Qadimgi Misr tarixchisi

28. O‘rta paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?

A) Mil.avv. 1 mln – 100 ming yilliklar

B) Mil.avv. 100 – 40 ming yilliklar

C) Mil. Avv. 100 – 12 ming yilliklar

D) Mil.avv 40 – 12 ming yilliklar

29. Quyidagi qaysi voqeadan keyin jamoadagi yetakchilik asta-sekin erkak kishiga o‘ta boshlaydi?

A) Buyuk muzlik davri boshlanishi

B) Metallurgiya rivoji

C) mehnat qurollari va xo‘jalik shakllari takomillashuvi

D) Tevarak atrof haqida bilimlar boyib borishi

30. “Eneus” so‘zi qaysi tildan olingan?

A) Yunon B) Lotin

C) Ingliz D) Sanskrit

31. Arxeologlar insoniyat tarixini ibtidosini nima uchun "tosh davri" deb atashadi?

A) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini suyakdan yasagani uchun

B) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini temirdan yasagani uchun

C) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini sopoldan yasagani uchun

D) Eng qadimgi odamlar dastlabki mehnat qurollarini toshdan yasagani uchun

32. Ilk paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?

A) Mil. avv. 4 mln 400 ming yilliklar

B) Mil. avv. 3 mln 300 ming yilliklar

C) Mil. avv. 2 mln 200 ming yilliklar

D) Mil. avv. 1 mln 100 ming yilliklar

33. Tosh davrining bosqichlarini ketma-ketlikda joylashtiring?

A) Mezolit-Poleolit-Eneolit-Neolit

B) Neolit-Eneolit- Paleolit-Mezolit

C) Paleolit-Mezolit- Neolit-Eneolit

D) Eneolit-Neolit- Mezolit- Paleolit

34. So‘ngi paleolit nechanchi mingyilliklarni o‘z ichiga oladi?

A) Mil.avv. 1 mln – 100 ming yilliklar

B) Mil.avv. 100 – 40 ming yilliklar

C) Mil. Avv. 100 – 12 ming yilliklar

D) Mil.avv 40 – 12 ming yilliklar

35. Patriarxat bu?

A) Ona urug‘i B) Ota urug‘i

C) Juft oila D) Katta oila

36. Arrian qachon yashagan va u qayerlik tarixchi?

A) I asr. Qadimgi Xitoy tarixchisi

B) II asr. Qadimgi Yunon tarixchisi

C) III asr. Qadimgi Rim tarixchisi

D) IV asr. Qadimgi Misr tarixchisi

37. Insoniyat tarixida patriarxat bilan …

A) ibtidoiy jamoa tuzumi ham o‘z nihoyasiga yetdi

B) eng qadimgi urug‘chilik tuzumi ham nihoyasiga yetdi

C) buyuk muzlik davri ham o‘z nihoyasiga yetdi

D) ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tish amalga oshdi

38. Strabon qanday asar yozgan?

A) "Tarix"

B) "Aleksandrning harbiy yurishlari"

C) "Geogafiya"

D) "Tarixiy yilnomalar"

39. Qadimgi manbalarning qaysi birida O‘lkamizning qadimgi tarixiy viloyatlari Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm aholisi madaniyati to‘g‘risida hikoya qilinadi.

A) Behistun yozuvlari

B) Avesto

C) Sim Syan "Tarixiy yilnomalar"

D) Gerodotning 'Tarix" asari

40. Yangi tosh davri nima deb atalgan?

A) Paleolit B) Mezolit

C) Neolit D) Eneolit

41. Qadimgi tosh davri bu?

A) Paleolit B) Mezolit

C) Neolit D) Eneolit

42. Behistun yozuvlarida qaysi davlatlar sanab o‘tiladi?

1. So‘g‘diyona 2. Midiya 3. Xorazm 4. Parfiya

5. Baqtriya 6. Marg‘iyona

A) 1, 3, 5 B) 1, 3, 6

C) 2, 4, 6 D) 2, 4, 5

43. “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari yunoncha atalishi qanday?

A) “Aleksandr derbisi”

B) “Aleksandr aressiyasi”

C) “Aleksandr anabasisi”

D) “Aleksandr urubanans”

44. "Tarix" asari necha kitobdan iborat?

A) 9 B) 10 C) 11 D) 12



45. Quyidagi qaysi asarda o‘lkamiz qadimgi aholisi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi ?

A) “Tarix”

B) “Geografiya”

C) “Tarixiy yilnomalar”



D) “Behistun bitiklari”
Download 20 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling