1. Nizomiy Ganjaviy
Download 0.51 Mb.
|
Loyiha ishi BSB2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Nizomiy Ganjaviy
- 2. Xusrav Dehlaviy
- 3. Abdurahmon Jomiy
- 4. Alisher Navoiy
Farg’ona shahar 41-AFChO’DIO’TM ning 9-“E” sinf o’quvchisi Yahyoyeva Shahzodaning Ona tili va Adabiyot fanidan “Xamsa – o’zbek badiiy tafakkurining cho’qqisi” mavzusida tayyorlagan loyiha ishi Xamsachilik tarixi 1. Nizomiy Ganjaviy Sharq adabiyoti tarixida ilk bora xamsachilik an’anasini ozarbayjonlik shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan. U 1173-1201-yillar oralig’ida yozgan asarlarini jamlab , “Panj Ganj” (“Yetti xazina”) nomi bilan birinchi “Xamsa”ni dunyoga keltirgan. Ushbu asar quyidagi 5 dostondan iborat : 1. “Maxzan ul-asror” (“Sirlar xazinasi”) 2. “Xusrav va Shirin” 3. “Layli va Majnun” 4. “Haft paykar” (“Yetti go’zal”) 5. “Iskandarnoma” 2. Xusrav Dehlaviy Shahrisabzlik Xusrav Dehlaviy (1253-1325) o’zining “Xamsa”sini 1299-1301-yilllarda yozib tugatdi. Dehlaviyning “Xamsa”sidan : 1. “Matla ul-anvor” (“Nurlarning boshlanishi”) 2. “Shirin va Xusrav” 3. “Majnun va Layli“ 4. “ Hasht behisht” ( “Sakkiz jannat”) 5. “Oynayi Iskandariy” ( “Iskandar oynasi”) nomli 5 doston o’rin olgan. 3. Abdurahmon Jomiy Dehlaviy ijodidan 200 yil o’tib Jomiy va Navoiy o’z dostonlarini yozgan holda “Xamsa” yaratdilar. Abdurahmon Jomiy asari qolgan xamsachilarning asarlaridan farqli bo’lib , 7 dostonning birlashmasi hisoblanadi. Shuningdek , Xusrav va Shirin munosabatlarining o’rniga Yusuf va Zulayho juftligini gavdalantirgani bilan ham uning “Xamsa”si alohida ahamiyatlidir. Yuqoridagi 7 dostonning nomlari quyidagilardir : 1. “Tuhfat ul-ahror” ( “Erkinlar tuhfasi”) 2. “Subhat ul-abror” (“ Yaxshilar tasnifi”) 3. “Yusuf va Zulayho” 4. “Layli va Majnun” 5. “Xiradnomayi Iskandariy” 6. “Silsilat uz-zahab” 7. “Salomon va Absol” Jomiy o’z asarini “Haft avrang” (“Yetti taxt”) deb atagan. 4. Alisher Navoiy Alisher Navoiyning “Xamsa”si oldingi 3 asardan o’zgacha bo’lib , ona tilida – turkiy tilda yozilgan. 1. “Hayrat ul-abror” 2. “Farhod va Shirin” 3. “Layli va Majnun” 4. “Sab’ai sayyor” 5. “Saddi Iskandariy” Navoiyning “Xamsa”si Nizomiy,Dehlaviy va Jomiyning asarlaridan Shirinning muhabbatiga Xusravning o’rniga Farhod munosib ko’rilgani va voqealar orqali boshqa haqiqatlarni ko’rsatishi bilan ajralib turadi. Farhod dostonda shahzoda bo’lib gavdalanadi. Farhod orqali esa Navoiy haqiqiy shahzoda qanday bo’lishini vs otasiga qanday muomila qilishini ochib beradi. “FARHOD VA SHIRIN” Shirin va Farhod timsollari fors-tojik adabiyotida X-XI asrlardan boshlab Abulqosim Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiy Ganjaviyning „Xusrav va Shirin“, Xusrav Dehlaviyning „Shirin va Xusrav“, oʻzbek shoiri Qutbning „Xusrav va Shirin“ dostonlarida eng fidoyi oshiq va maʼshuqalar sifatida tasvirlangan. Alisher Navoiy Sharqda bu anʼanaviy ishqiy qissani qayta ishlab, uni yangidan shakllantirgan, Farhod va Shirinni dostonning bosh qahramonlari sifatida tasvirlagan va unga „Farhod va Shirin“ deb nom qoʻygan. Navoiy yigitlik davrida „Topmadim“ radifi bilan yozgan gʻazallarining birida yoshligida oʻzi qayta-qayta oʻqib, diliga jo qilgan dostonlar toʻgʻrisida soʻz yuritadi, unda shunday bir bayt bor: "Koʻp oʻkudum Vomiq-u Farhod-u Majnun qissasin, Oʻz ishimdin bulʼ ajabroq dostone topmadim". Demak, Navoiy yoshligidan boshlab mashhur oshiq va maʼshuqalar, shu jumladan, Farhod, Shirin haqidagi qissalarni koʻp va qayta-qayta oʻqigan. Shu bilan birga, bu dostonlar vaqt oʻtishi bilan uning shaxsiyati, shaxsiy his tuygʻulari ila birlashib ketgan va koʻnglida Farhod va Shirin haqida butunlay yangi bir doston gʻoyasi shakllana boshlagan. Bu ijodiy reja esa 1483-1484-yillarda amalga oshirilgan.
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling