1. Nobel mukofoti, iqtisodiyot bo‘yicha mukofotning ta’sis etilish xususiyatlari 2


Download 78.5 Kb.
bet3/4
Sana06.04.2023
Hajmi78.5 Kb.
#1330164
1   2   3   4
Bog'liq
5-Mavzu (1)

Tashqi omillar:

  1. Jahon hamjamiyatining geopolitik tarkibida ijtimoiy dunyoqarashda chuqur sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish.

  2. Davlatlararo hamkorlikda integratsion jarayonlaming kuchayishi.

  3. Yagona xalqaro me’yorlar, qoidalar va andozalarga o‘tilishi bilan yagona siyosiy-iqtisodiy jarayonlaming shakllanishi.

  4. Sotsialistik, deb atalgan lageming parchalanishi va ma’muriy- buymqbozlik tizimining barham topishi.

  5. Moddiy turmush farovonligi va iqtisodiy o‘sish sur'atlari bo‘yicha G‘arbdan ortda qolishning kuchayishi va iqtisodiy tizim tanazzuli.

Ichki omillar:

  1. Mustabid tuzim qusurlari va direktiv rejalashtirishning salbiy oqibatlari.

  2. Davlat mulkchiligining yakkahokimligi tufayli mulkning va shaxsning ajratilishi va ijtimoiy serxarajatlilikning ortib borishi.

  3. Xarajatlami tejashdan manfaatdorlikning yo‘qligi, pirovardida esa, resurslami samarasiz taqsimlanishning kuchayishi.

  4. Mehnat unumdorligini oshirishdan rag'batlantirishning pasayishi va mehnatga ishtiyoqsizlik va loqaydlikning ortishi.

  5. Texnika va texnologiya rivojlanishidagi turg‘unlik.

  6. Iqtisodiy hayotda mulkning mutlaq davlatlashtirilishiga qarshilik munosabati sifatida pinhoniy iqtisodiyotning kuchayishi.

  7. Ijtimoiy hayotda talab va taklif muvozanatini ta'minlash samaradorligining pastligi.

Direktiv markazlashgan rejalashtirish tizimining hududlar va xo‘jaliklar talablarini qondirishda muvofiqlashtirish imkoniyatlarining cheklanganligi. Natijada quyi bo‘g‘inlarda - xaridor va sotuvchi, iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar orasidagi bevosita bog‘liqlikni ta’minlashga ma’muriy rejalashtirishning salbiy ta’siri.
Korxonalararo raqobatning yo‘qligi tufayli samaradorlikka moyillikning pastligi.
Xomashyo serxarajatligiga asoslangan investitsion talabning kuchayishi.
Sotsialistik xo'jalik yuritishda fondlaming markazlashgan taqsimotiga asoslanganligi tufayli ko‘proq resurslar taqchilligi namoyon bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotida esa sotish qiyinchiligi ishlab chiqarish qiyinchiligidan muhimroq hisoblanadi.
Korxonalami pul mablag'lari bilan ta’minlashda yagona davlat bank tizimining faol ishtirok eta olmasligi. Bank tizimining pul mablag‘lari oborotidan manfaatdorlikning pastligi. Ayniqsa, kredit siyosatining mijozlar moliyaviy imkoniyati bilan bevosita bog'lanmaganligi.
Davlat byudjeti vakolatining keng qamrovliligi turli bo‘g‘indagi xo‘jaliklar daromadiga bog‘liq bo‘lib, uning to‘planishi va taqsimlanishi to‘liq markazlashtirilgan. Korxonalaming byujdetdan moliyalashtirilishi zahiralardan samarali foydalanishni rag‘batlantirmagan.
Ma’muriy-buymqbozlik tizimining eng muhim ayanchli oqibatlaridan biri - mute shaxs «sovet kishisi» ning shakllanishi hisoblanadi. Mazkur shaxs tafakkuri mafkuraviy qarashlar, g‘oyaviy kurashlar, chalg'ituvchi dalillar tuzog‘iga asir qilindi. Taraqqiyparvar insoniyat erishgan yutuqlardan bebahra qoldi. Sobiq tizim o‘z iqtisodiy g‘oyalarida ish kuchining qayerlardadir tovar sifatida sotilayotganligini tanqid qiladi-yu, o'zidagi inson resurslariga e’tibor faqat kundalik moddiy ehtiyojlami arang qondirish darajasida qolib ketganligini inkor etadi. Keyinroq, 1999-yilga kelib, Birinchi Prezidentimiz LKarimov bu haqda ta'kidlaganidek: «Shunday ulkan salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatni kamsitadigan og‘ir ahvolga solib qo‘yib, u qonuniy haqli ravishda o‘ziga qarashli bo‘lgan mablag‘ni markazdan dotatsiya sifatida so‘rab, aytish mumkinki, yolvorib olishga majbur edi. Boz ustiga noinsoniy g‘oya hukmron boigan mustabid tizim o‘zining bor mafkuraviy kuchini, ommaviy axborot vositalarini, butun maorif tizimini ishga solib odamlar ongini keng miqyosda zaharlar edi. Ulaming milliy va diniy tuyg‘ularini qo‘pol ravishda kamsitar edi. 0‘z ona tilini, milliy an’ana va madaniyatini, o‘z tarixini bilmaslik, ko‘plab odamlaming shaxsiy fojiasiga aylanib qolgan edi. Milliy o‘zlikni anglashga bo‘lgan tabiiy intilish johilona inkor etilardi....
...Biz eski tizim o‘z o‘mini osonlikcha bo‘shatib bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini tez va yengil o‘z ta’siri iskanjasidan chiqarmasligini yetarli darajada tassavvur qilishimiz va hisobga olishimiz zarur edi». Yuqoridagilami va boshqalami hisobga olgan holda 0‘zbekiston mustaqillik davrida ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor munosabatlariga o‘tishni zamr, deb topdi.
Jahon sivilizasiyasining hozirgi davri va rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti. O’zbekistonning mustaqilligi va erkin taraqqiyoti-jahon sivilizasiyasiga qo’shilish yo’li. Taraqqiyotning o’zbek modeli jahon sivilizasiyasining tarkibiy qismi ekanligi. O’zbekistonning jahon sivilizasiyasiga qo’shiluvining asosiy yo’nalishlari


Ma’lumki jahon sivilizasiyasi deganda biz Sharq va G’arb sivilizasiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizasiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi ja­miyatni tushunamiz. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan Yer yuzidagi hayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrguzaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi.
Bugungi tahlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo’lishi jahon sivilizasiyasining asosiy maqsadi va yo’nalishiga aylandi. Respublikamizda bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bi­lan hamoxang kechmoqda. Zero, jahon sivilizasiyasi xalqlar va millatlar, davlatlar va turli hududiy sivilizasiyalarning umumiy tizimidir.
Ayrimlik, o’ziga xoslik va umumiylik o’rtasidagi munosabatni teran anglash hozirgi zamon jahon sivilizasiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi.
Yer yuzidagi har bir mamlakat jahon sivilizasiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo’lib, ularning o’zaro ta’siri, hamkorligi sivilizasiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.
To’g’ri, bu tizim tarkibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmoqli tarkiblar ham bor. Ular ko’p jihatdan jahon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan jarayonlarning yo’nalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, kichkina Vatikan yoki Lixtenshteyndan tortib Germaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki Fransiyagacha o’z o’rni, o’ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni qanchaligidan qati nazar, BMTda teng ovozga ega. Demak, tarkiblar ti­zimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jahon sivilizasiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib boradi.
Jaqon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mam­lakat esa ayrimlik va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Bu holda Osiyo yoki Markaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa. O’zbekiston alohidalikni ifodalaydi. O’zbekiston mustaqillikka erishganiga ko’p bo’lmaganiga qaramay, jahon hamjamiyatida o’z o’rniga ega. Uning Markaziy Osiyodagi mavqyei esa bu mintakaning asosiy taraqqiyot yo’nalishlarini ko’p jihatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan holda mustaqil rivojlanadi va jahon hamjamiyatiga qo’shilib boradi. Bunday qo’shilish ko’p qirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, xukuqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jahon hamjamiyatiga qo’shilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo’lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tgan xalqlarning jahon hamjamiya­tiga qo’shilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro xukuq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini himoya etish, demokratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Jahon sivilizasiyasiga qo’shilish natijasida nafaqat iqtisodiy sohada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muhim ijobiy o’zgarishlar ro’y beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o’rtasida bir-biriga ishonch, o’zaro hurmat, hamkorlik hamda sodir bo’ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o’zaro kelishuv, konsen­sus asosida hal qilishga intilish vujudga keladi. Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan bahramand bo’lish xohish-istagi shakllanadi. Xalqlarning bir-biri bilan jipslashish tendensiyasi yaxlit, bir butun sivilizasiyani, insoniyatni e’zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Ya’ni, milliylik va umuminsoniylikning uyg’unligi jahon sivilizasiyasida yaqqol namoyon bo’ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi.

Download 78.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling