Andijon Mashinasozlik instituti Iqtisodiyot fakulteti Menejment yoʻnalishi


Download 1.57 Mb.
Sana27.01.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1132836
Bog'liq
Taqdimot 3


Andijon Mashinasozlik instituti
Iqtisodiyot fakulteti Menejment yoʻnalishi
3-kurs K-10-20 guruh talabalari
Azamjonov Ixtiyor va Toshtanov Mirsalimning
Buxgalteriya hisobi fanidan tayyorlagan
Mustaqil ish
Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish hisobi
Reja:
  • Asosiy vositalar haqida umumiy tushuncha.
  • Asosiy vostilarning eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
  • Asosiy vositalarni qayta baholash va taʼmirlash hisobi.
  • Asosiy vositalarning chiqib ketish hisobi.

Xizmat muddati va qiymatidan qati nazar, quyidagilar asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumlab va yoppasiga ishlab chiqarish uchun yoki yakka tartibdagi buyurtmalarni tayyorlash uchun moljallangan, maqsadli yonaltirilgan asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyim-kechaklari, maxsus poyabzallar;
v) korpa-toshak anjomlari;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qoyiladigan asboblar va boshqalar);
d) oshxona anjomlari, shuningdek oshxona uchun dasturxon-sochiqlar;
e) tiklanishi boyicha xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul inshootlar) moslamalar va qurilmalar;
j) kamida bir yillik foydalanish muddatiga ega bolgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ov qurollari (trallar, torlar, qarmoqlar, matraplar, merejalar va boshqalar).
Asosiy vositalar tarkibida qonun hujjatlariga muvofiq korxona mulkiga otkazilgan yer uchastkalari ham hisobga olinadi. Kop yillik kochatlarga, yerni tubdan yaxshilashga, ijaraga olingan asosiy vositalar obektlariga kapital qoyilmalar har yili butun ishlar majmuasi yakunlangan sanadan qati nazar, hisobot yilida foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalarga tegishli xarajatlar summasida asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi.
Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobi birligi bolib inventar obekti hisoblanadi. Asosiy vositalarning inventar obekti sifatida barcha qurilmalari va anjomlariga ega bolgan obekt yoki muayyan mustaqil vazifalarni bajarish uchun moljallangan alohida konstruktiv asosdagi buyum yoxud butun bir yaxlitlikni ifodalovchi va muayyan vazifalarni bajarish uchun moljallangan konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmui tan olinadi. Konstruktiv jamlangan buyumlarning alohida majmuasi – umumiy moslamalarga va anjomlarga, umumiy boshqaruvga ega, bir poydevorda qurilgan, natijada majmuaga kiruvchi har bir buyum oz vazifasini mustaqil ravishda emas, balki faqatgina majmua tarkibida bajara oladigan bir yoki turli moljaldagi bitta yoki bir nechta buyumlardir.
Bitta asosiy vositada turlicha foydali foydalanish muddatiga ega bolgan bir nechta mustaqil obektlar mavjud bolgan holatda har bir bunday obekt buxgalteriya hisobida alohida mustaqil inventar obekti sifatida tan olinadi. Ikki yoki undan ortiq korxona mulki bolgan asosiy vositalar har bir korxona tomonidan asosiy vositalar tarkibida uning umumiy mulkdagi ulushiga mutanosib tarzda aks ettiriladi.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) korxonaga kelgusida aktiv bilan bogliq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bolsa; b) aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bolsa.
Mulkka egalik, xojalik yurituvi yoki tezkor boshqaruv huquqi asosida xojalik yurituvchi subektga tegishli bolgan asosiy vositalarning miqdori korxona balansiga kiritilishi lozim va asosiy vositalar buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasining 1-bolim hisobvaraqlarida yuritiladi
Asosiy vositalar obektlarining eskirishi – ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari yoqolib borishining va tozib borishining, buning oqibatida esa qiymat yoqolib borishining qiymat korsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablaglarni jamgarishni taminlashi kerak. Bunday jamgarishga amortizatsiya deb ataluvchi ajratmalarni xarajatlarga kiritish hisobiga erishiladi. Amortizatsiya (lotincha amortisatio – qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, korsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va otkazish korinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Soliq solish maqsadida amortizatsiya davlat tomonidan belgilangaq yagona meyorlar asosida boshlangich qiymatga nisbatan foizlarda hisoblanadi. Har bir obektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga toliq otkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bolish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlangich qiymatning 100 % idan oshishi mumkin emas).
2. Asosiy vositalar eskirishi (amortizatsiyasi) hisobi
Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa obektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslar); mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi; muzey qimmatliklari; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga otkazilgan asosiy vositalar; arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yollari, yolaklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bolgan obodonlashtirish inshootlari; qiymati ilgari toliq chegirilgan mol-mulk; asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga otkazilmagan kapital qoyilmalar. Yangi kelib tushgan asosiy vositalar boyicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan obektlar boyicha eskirish esa chiqib ketish oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab toxtatiladi. 5-sonli BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq amortizatsiya quyidagi usullardan birini qollash orqali hisoblanishi mumkin: – amortizatsiyani teng maromli (togri chiziqli) hisoblash; – bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli); – ikki barobar amortizatsiya meyori bilan qoldiqni kamaytirish usuli (kamayib boruvchi qoldiq usuli); – yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Kamayib boruvchi qoldiq usuli aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya summasining kamayib borishini anglatadi. Ushbu usulda eskirish meyori asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga kopaytiriladi. Odatda, bu usulda amortizatsiya meyori ikki baravarga oshiriladi. Misol uchun, agar 5 yillik xizmat muddatida meyor 20% (100/5)ni tashkil etsa, qoldiqni kamaytirish usulida meyor 40% (20%*2=40%)ni tashkil etadi. Ushbu belgilangan stavka (40%) har yilning ohirida asosiy vositalarning qoldiq qiymatiga nisbatan olinadi. Kamayib boruvchi qoldiq usulida amortizatsiya hisoblash:
Yuqorida keltirilgan misoldan korinib turibdiki, 1-yilda amortizatsiya ajratmalari tugatish qiymati ayirilmagan toliq boshlangich qiymat, yani som asosida aniqlandi. Foydalanish muddatining oxirgi yilida amortizatsiyani hisoblash uchun qollanadigan hisob-kitob shakli ozgartiriladi, chunki oldindan baholangan va moljallangan asosiy vositalarni tugatish qiymatini hisobdan chiqarishga olib keladigan miqdorda amortizatsiyani hisoblash mumkin emas. Shuning uchun oxirgi yilda hisob-kitob boyicha belgilangan 25,92 ming som (64 800*40%) orniga amortizatsiya 34,8 ming som miqdorida belgilanadi. Binobarin, oxirgi yilning yakunida asosiy vositalarning qiymati 30 ming somgacha kamaytirilgan va tugatish qiymatiga teng.
Yillar yigindisi usulida (kumulyativ usul) har yilgi amortizatsiya meyori amortizatsiya muddati yakuniga qadar qolgan amortizatsiyalanayotgan qiymatning bolagi sifatida belgilanadi. Bolak amortizatsiya ajratmalarining tugagunigacha qolgan tolik yillar miqdorini amortizatsiya muddatini tashkil qiladigan yollarning tartib sonlari yigindisiga bolib aniqlanadi. 5 yil foydalanish muddatiga moljallangan asosiy vositalar obekti uchun yillik raqamlar yigindisi quyidagini tashkil etadi: = 15 yil. Masalan, amortizatsiyalanayotgan qiymat 470 ming som ( ) bolgan holda har yilgi amortizatsiya ajratmalarini hisoblash quyidagicha boladi:
Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida ozgarmagan holda ketma-ket qollanilishi lozim. Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan meyorlar boyicha hisoblangan amortizatsiya summasi ortasidagi farq Ozbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.
3. Asosiy vositalarni qayta baholash va tamirlash hisobi
Asosiy vositalarni qayta baholash va tamirlash hisobi Asosiy vositalarni qayta baholash – asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Asosiy vositalarni qayta baholash «Asosiy vositalarni har yili 1 yanvar holatiga kora qayta baholash tartibi togrisida»gi nizom qoidalari boyicha: – har yili tashkilotlar tomonidan, mikrofirma va kichik korxonalardan tashqari; – uch yilda bir marta mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan (1-fevralgacha) 1-yanvar holatiga kora qayta baholash otkazilayotgan paytdagi narxlar darajasidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak. Asosiy vositalar qayta baholash natijasida hisob va hisobotda joriy qiymat boyicha aks ettiriladi. Asosiy vositalarning boshlangich qiymati qayta baholanishi mumkin (shu jumladan ozbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari boyicha vaqti-vaqti bilan).
Asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati qayta baholangan holatlarda qayta baholash otkazilgan sanadagi ularning jamlangan amortizatsiyasi asosiy vositalarning boshlangich (tiklash) qiymati ozgarishining tegishli indekslariga tuzatiladi hamda keyingi hisoblanadigan amortizatsiya qayta baholangan qiymati hisobidan amalga oshiriladi. Asosiy vositalar indeksatsiya yoli bilan yoki rasmiy tasdiqlangan bozor narxlari boyicha bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali qayta baholanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi ortgan summasi qayta baholash natijasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar” hisobvaragiga rezerv kapitali tarkibiga hisoblanadi. Asosiy vositalarning baholashdagi kamayish summasi qayta baholash natijasida “Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash boyicha tuzatishlar” hisobvaragi rezerv kapitalining mazkur obektning avvalgi hisobot davrlarida otkazilgan baholashdagi ortgan summasi atrofida kamayishiga tegishlidir.
Asosiy vositalarning haqiqatda mavjudligini aniqlash va ularning butligini nazorat qilish maqsadida korxonalar tomonidan vaqti-vaqti bilan, biroq ikki yilda kamida bir marta asosiy vositalarni inventarlash otkaziladi, kutubxona fondlari esa besh yilda bir marta inventarlanadi. Asosiy vositalarni inventarlash Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktyabrda EG/ son bilan tasdiqlangan Ozbekiston Respublikasining 19-son BHMS Inventarlashni tashkil qilish va otkazishda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. XYuS ning xohishiga kora asosiy vositalar kuyidagi ikki xil usul bilan qayta baholanishi mumkin: – togridan-togri qayta baholash usuli aniqrogi hisoblanadi, chunki u obektlarning joriy qiymati haqidagi axborotdan kelib chiqadi. Bu axborot esa baholanadigan obektga oxshash obektning qayta baholash davrida 1 yanvar holatiga shakllangan xujjatlar bilan tasdiqlangan alohida obektlar qiymati haqidagi; ishlaab chiqruvchi zavodlardan, savdo qiluvchi tashkilotlardan yozma ravishda olingan narxlar haqidagi; davlat organlarida mavjud bolgan narxlar darajasi haqidagi, shuningdek asosiy fondlar obektlarining narxlari haqidagi ommaviy axborot vositalarida va maxsus adabiyotlarda chop etilgan ekspertlik xulosalari malumotlariga asoslanadi;
– boshlangich (tiklash) qiymatini indeksatsiyalash usuli. Bu usul boyicha alohida obektlar Ozbekiston Respublikasi Statistika davlat qomitasi tomonidan ishlab chiqiladigan asosiy vositalar qiymati ozgarishi indekslarini qollagan holda qayta baholanadi. Asosiy vositalar togridan-togri usul bilan qayta baholanganda buxgalteriya hisobida hisobda turuvchi eskirish summasiga qayta baholangandan keyingi tiklash qiymatining qayta baholashdan oldingi qiymatga nisbati bilan hisoblanadigan qayta hisoblash koeffitsienti boyicha tuzatish kiritiladi. Asosiy vositalar indeksatsiyalash usuli bilan qayta baholanganda qayta baholash sanasi holatiga hisobda bolgan eskirish summasi (toliq eskirish hisoblangan obektlar ham bunga kiradi) tiklash qiymatigacha qayta hisoblashda asosiy fondlar qiymati ozgarishining tegishli indekslariga kopaytirilishi lozim. Tuzatish kiritilgan eskirish summasi bilan qayta baholashgacha bolgan eskirish summasi ortasidagi farq asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlar kreditida (oshgan taqdirda) va debetida (kamaygan taqdirda) zaxira kapitalini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi.
Eʼtiboringiz uchun rahmat
Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling