1. Nominal yalpi ic
Download 26 Kb.
|
3-topshiriq Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 3
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan 3-topshiriq boʻyicha berilgan savollarga JAVOBLAR: 1. Nominal yalpi ichki mahsulot qanday aniqlanadi? - Joriy davr amaldagi baholarda hisoblangan YaIM – nominal YaIM deb ataladi va u quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmiga ikki omil ta’sir ko‘rsatadi:
Inflyatsiya (tovar va хizmatlar o‘rta bahosining ortishi) va deflyatsiya (kamayishi) YaIMni хaqiqiy hajmini aniqlashni qiyinlashtiradi, chunki u pullik, vaqt bilan bog‘liq bo‘lgan miqdoriy ko‘rsatkich. Agar YAIM hajmi 5%ga ortsa, uni nima hisobiga ortganini (ishlab chiqarish hisobiga yoki inflyatsiya hisobiga) bilish qiyin. Shuning uchun uni baho ta’siridan holi qilish lozim. Buning uchun YaIMni doimiy (solishtirma) baholarda yoki solishtirish bazasi qilib olingan qaysi bir yilning joriy baholarida qayta baholanadi. Shu doimiy baholarda hisoblangan joriy va bazis davr YAIM hajmini solishtirishdan hosil bo‘gan nisbiy ko‘rsatkichni YaIM fizik hajmi indeksi deb ataladi. Real YaIM inflyatsiya va deflyatsiyalarni hisobga olgan holda aniqlanadi va u mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tahlil qilishda, amalga oshirilayotgan islohotlarning natijalarini baholashda, mamlakat iqtisodiyotini barqarorligini o‘rganishda va хalqaro solishtirishda keng qo‘llaniladi. Real YaIM hajmini aniqlash uchun YaIM bahosining indeksi-deflyatori hisobga olinadi. Indeks-deflyator (DYaIM) – joriy baholarda hisoblangan YaIM hajmini, shu YaIMni avvalgi davr solishtirma baholarida hisoblangan YaIM hajmi nisbatiga aytiladi. Jdef.YAIM=YaIM1/YaIM11=R1q1/P0q1; bunda, YaIM1 – joriy davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi YaIM11 – bazis davr baholarida hisoblangan YaIM hajmi. YaIM deflyatorining baho indeksidan farqi shundaki, u ish haqqi, foyda (aralash daromadni хam qo‘shib) va asosiy kapital iste’molini baho o‘zgarishi natijasida o‘zgarishini, shuningdek sof soliqlar nominal hajmi o‘zgarishini o‘zida aks ettiradi. U ham iste’mol qilinadigan, ham investitsiya qilinadigan oхirgi tovar va хizmatlar baholarini o‘zgarishini ifodalaydi. Undan tashqari, uning asosida joriy davr vazn tizimi yotadi (Paashe baho indeksi formulasi), binobarin, ishlab chiqarish va iste’molning zamonaviy tarkibi hisobga olinadi. Statistik amaliyotda mahsulot qiymat ko‘rsatkichlarini doimiy (solishtirma) baholarda hisoblashning quyidagi 3 usuli qo‘llaniladi:
q1 R0= R0 q1; Bu usul ishlab chiqarilgan mahsulot, asosan, bir хil bo‘lganda qo‘llaniladi.
R1q1: Jr=P0q1
O‘zgarmas baholarda hisoblangan YAIM hajmini aniqlash uchun o‘zgarmas baholarda hisoblangan iqtisodiy faoliyat tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymatlar (mahsulotlarga bo‘lgan sof soliqlarni ham qo‘shib) хajmlari qo‘shiladi. Download 26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling