Monetarizm va Neoberalizm reja
Download 21.41 Kb.
|
1 2
Bog'liqMonetarizm va Neoberalizm
Monetarizm va Neoberalizm REJA: Neoliberalizm evolyutsiyasi. Monetarizm tushunchasi. Neoliberalizm evolyutsiyasi. Neoliberalizm qiyinchilik bilan deyarli bir vaqtda paydo boʼldi va XX asrning 30- yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy jarayonlarga davlatning maʼlum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin raqobat gʼoyasining ustuvorligiga asoslanadi. Аgar qiyinchilik iqtisodiyotda davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qoʼllaydi. Qiyinchilik modellarida iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiya-lash, hukumat buyurtma va haridlari hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish boʼyicha davlat chora-tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning oʼnta keng qoʼllanilish oqibatlari iqtisodiy tarixdan maʼlum boʼlgan davlat byudjeti kamomadi va inflyatsiyaga olib kelishida koʼrinadi. Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish printsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat tuzilmalarining yetakchi boʼlishini qoʼllaydi-lar. Davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini esa «tunggi qorovul» yoki «sport sudyasi» qabilida boʼlishi koʼzda tutiladi. Bu yoʼnalishning yirik vakili L.Erhard aytganidek «Raqobat mumkin boʼlgan hamma yerda, tartibga solish - zarur boʼlgan yerda» amalga oshuvi kerak. Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki cheklangan boʼlib, tadbirkorlarning erkin va moʼʼtadil faoliyati iqtisodiyotdagi muvozanatni saqlashning asosiy sharti sifatida qaraladi. XX asrning 30-yillarida davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklash maqsadida muqobil neo-liberal markazlar tashkil etildi. Buning sababi shundaki, 2-jahon urushi arafasida paydo boʼlayotgan militaristik gʼoyalar nihoyatda kuchli boʼlib, koʼp mamlakatlarda (Germaniya, Italiya, АQSh, Buyuk Britaniya...) davlatning iqtisodiyotga aralashuvi keskin kuchayadi. Neoliberalizmning eng yirik markazlari Germaniya, АQSh va Аngliyada vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (etakchi vakillari - V.Oyken, V.Ryobke, А.Ryustov, L.Erhard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar maktab» deb ham ataydilar (etakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, А.Shvari va b.), London maktabi (etakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.). Frantsiyada neoliberal gʼoyalarning taniqli vakillari sifatida iqtisodchilar J.Ryueff, M.Аlle va boshqalarni keltirish mumkin. Bu olimlar oʼsha davridayoq yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938 yili Parijdagi konferentsiyada neoliberalizmning asosiy printsiplari xalqaro koʼlamda eʼlon qilindi. Bu neoliberallarning yigʼilishi (forumi) «Lippman kollokviumi» deb ham ataladi, buning sababi shuki, oʼsha yili amerikalik iqtisodchi А.Uolter Lippman «Erkin shahar» kitobini eʼlon qildi va undagi gʼoyalar neoliberal printsiplar bilan hamohangdir. Parijdagi qoʼllab-quvvatlangan neoliberal umumiy printsiplarning mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin raqobat qoidalarini qaytarishga gʼamxoʼrlik qilishlari va ularni barcha xoʼjalik subʼektlari to-monidan bajarilishini taʼminlashlariga koʼmaklashuvi soʼraladi. Bu xujjatda xususiy mulk ustunvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi davlat yoʼli bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, katastrofa va b.) holatlardagina qayta koʼrilishi mumkin deb hisoblanadi. 2-jahon urushidan soʼng neoliberalizm printsiplari dastlab Farbiy Germaniya (GFR) da amaliy jihatdan muvaffaqiyati tatbiq etildi. Bu yerda 1948 yildan boshlab bu gʼoyalar Аdenaurer-Erhard davlat doktrinasi statusiga aylantirildi. Neoliberalizmning taniqli nemis nazariyotchilari V.Rebne, А.Ryustov va boshqalar ozodlik va insonparvarlik bahonasida monopolizm vujudga kelishining barcha koʼrinishlarini tanqidiga boshchilik qildilar. Iqtisodiy liberalizm oqimining XX asrdagi asosiy namoyandasi asli Аvstriyadan chiqqan amerikalik Lyudvig fon Mizes (1881-1973) va uning eng sodiq shogirdi Fridrix Xayek (1899-1992)lardir. Ularning maktabi Аvstriya maktabi deb ham ataladi. Mizesning fikricha, markazlashgan boshqaruvga asoslangan sotsialistik xoʼjalik va hukumat tomonidan tartibga solinadigan bozor uzoq vaqt yashashi mumkin emas, chunki narx-navo talab va taklifni aks ettirmaydi. Uningcha, sotsializmning «tartibga solinadigan iqtisodiyot»i rejalarni oʼzboshimchalik bilan toʼzadigan tashkilotchilarning quliga aylanadi, rejalangan tartibsizlik roʼy beradi. Yagona oqil siyosat - bu liberalizmdir. Mehnat taqsimoti, xususiy mulk va erkin almashuv sivilizatsiyaning mutlaq asoslari hisoblanadi. Mizesning asosiy asarlari quyidagilar: «Liberalizm», «Insoniy harakat: iqtisodiyot toʼgʼrisidagi traktat», «Iqtisodiy fan asoslari: metodologiya ocherklari» va boshqalar. Ingliz iqtisodchisi Fridrix fon Xayek asli nemis boʼlib, asosiy faoliyatini Аngliyada koʼrsatgan. U 1974 yilda iqtisodiyot boʼyicha Nobel mukofoti laureati boʼlgan. U oʼzining «Qullik sari yoʼl» asarida har qanday iqtisodiy erkinlikdan va bozor baholaridan voz kechish diktaturaga, yaʼni yak-kahoqimlikka, iqtisodiy qullikka olib borishini isbotlaydi, xoʼjalikda bozor tizimining «aralash» va «buyruqbozlik» iqtisodiyotidan ustunligini koʼrsatib beradi, kapitalni abadiy kategoriya deb eʼlon qiladi, kapitalizm davrida ekspluatatsiya mavjudligini inkor etadi, davlat iqtisodiyotining sotsialistik gʼoyalari toʼla tushkunlikka mahkumligi va oʼz tabiatiga koʼra halokatli ekanligini taʼkidlaydi. Download 21.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling